O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet57/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1.Yem-xashak o‘tlarining ozikaviy, o‘tmishdosh sifatidagi ahamiyati qanday?
2.Bedaning oziqaviy qimmati, haroratga, namlikka, oziqa moddalariga talabi?
3.Qaysi rivojlanish fazasida bedani o‘rish tavsiya etiladi?
4.Bedani urug‘lik uchun yetishtirish xususiyatlarini tavsiflang?
7-MAVZU: ILDIZMEVALI O’SIMLIKLAR AHAMIYATI. XAShAKI LAVLAGI YETIShTIRISh TEXNOLOGIYaSI.


Reja:
1.Ildiz mevali ekinlar vakillari, ahamiyati, tarqalishi.
2.Xashaki lavlagi, ishlatilishi, navlari va yetishtirish texnologiyasi.
3.Qand lavlagi biologiyasi, ishlatilishi, navlari va yetishtirish texnologiyasi.
4.Sabzi biologiyasi, ishlatilishi, navlari va yetishtirish texnologiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: Epikotil, gipokotil, qand lavlagi, hashaki lavlagi, bargli lavlagi,, xo‘raki lavlagi, boshcha, bo‘yincha, xususan ildiz, perikambiy, ksilema, floema, kambiy, chetdan changlanish, yong‘oqcha, tuganakcha, kuchsiz ishqorli.
Xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Xashaki lavlagi va sabzi sershira, oson hazmlanuvchi va yaxshi ta’mli ozuqa hisoblanadi. Ildizmevalar kimyoviy tarkibiga ko’ra uglevodli-oson hazmlanuvchi ozuqa hisoblanib, hayvonlar ozuqa rasionida shakar-protein nisbatini (100 g proteinga 120-150 g uglevod to’g’ri kelishi talab etiladi) muvofiqlashtirish imkonini beradi. Hayvonlar ozuqasida bahor, kuz, qish oylarida bu balans buziladi, buni silos yoki senaj bilan qoplab bo’lmaydi.
Bu ekinlar tarkibida mineral moddalar va aminokislotalar hayvonlar organizmi uchun kerakli miqdorda bo’ladi. Ularning kulida o’rtacha 3,4 % kaliy, 1,1 % fosfor, 0,7 % kalsiy va 0,35 % magniy, kobalt, mis, rux, marganes mikroelementlari bo’ladi.
Idizmevalarda oqsil moddalar oz 2-2,2 % bo’lishiga qaramasdan, bu moddalar almashinilmaydigan aminokislotalar-lizin, metionin, argininlardan iboratdir.
Ildizmevalarning barglari ham yaxshi ozuqa hisoblanadi. Barglari ildizmevasiga nisbatan protein, vitaminlar, quruq moddaga boy hisoblanib, ular yangi, siloslangan holatda foydalaniladi. Shuningdek, barglaridan o’t talqoni va donador ozuqa tayyorlash mumkin.
Tomme ma’lumoti bo’yicha xashaki lavlagi ildizmevasining 100 kilogrammida 11,5 ozuqa birligi va 0,3 kg hazmlanuvchi oqsil, bargida esa 9,3 ozuqa birligi va 0,7 kg hazmlanuvchi oqsil bor. Sabzi ildizmevasida 13,7 ozuqa birligi 0,4 kg hazmlanuvchi oqsil, bargida 16,5 ozuqa birligi hamda 1,5 kg hazmlanuvchi oqsil bor.
Ildizmevalar hayvonlar organizmida yaxshi hazm bo’ladigan ozuqa bo’lganligi uchun, ular dag’al ozuqalar (somon, poxol va boshqalar.) bilan birga foydalanilganda ularning hazmlanishini yaxshilaydi va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi.
Ildizmevalar orasida sabzi to’yimliroq bo’lib, uning qizg’ish ildizmevali navlari A vitaminiga boydir, bu vitamin hayvonlarning o’sishi, rivojlanishini tezlatuvchi va mahsuldorligini oshiruvchi hisoblanadi.
Bu ekinlar qator oralari ishlanadigan bo’lganligi uchun ulardan keyin dala begona o’tlardan ancha toza bo’ladi, shuning uchun ular boshqa ko’pchilik ekinlarga yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi.
Xashaki lavlagi O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi. Sabzi ham barcha viloyatlarda ekiladi, ammo u, ko’pincha, sabzavot sifatida foydalaniladi.

Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish