Nazorat uchun savollar
1«Energetik yem-xashak yetishtirish asoslari» fanining predmeti va vazifalari
2.«Energetik yem-xashak yetishtirish asoslari» fanining oldiga qo‘ygan maqsadi
3.«Energetik yem-xashak yetishtirish asoslari» fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
2-MAVZU: XASHAKI DONLI O’SIMLIKLAR AHAMIYATI. ARPANiI YETIShTIRISh TEXNOLOGIYASI.
REJA: .
1.Xashaki donli o’simliklarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
2.Xashaki donli ekinlarning ekin maydonlari, hosildorligi, O‘zbekistonda donchiligini rivojlantirish istiqbollari.
3.Arpaning ahamiyati, ishlatilishi, ekin maydonlari, botanik tavsifi, biologik xususiyatlari.
4.Arpa yetishtirish texnologiyasining muxim elementlari. O‘zbekistonda ekiladigan arpa navlari.
Tayanch so’z va iboralar: Don, donli ekinlar, sut, mum, to’la, organogenez, rivojlanish fazalari, yetishtirish texnologiyasi, navlar.
Donli ekinlar O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligida katta iqtisodiy, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega. Aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda, chorvachilikni konsentrat va omuxta yem, sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda donli ekinlar muhim o‘rinni egallaydi. Don yetishtirishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin don yetishtirishni ko‘paytirish, mamlakat aholisi, xalq xo‘jaligining donga bo‘lgan talabini respublikada yetishtirilgan don hosili hisobiga qondirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajarildi, farmonlar, qonunlar qabul qilindi. Asosiy ekin g‘o‘za hamda yem-xashak ekinlari maydonlari qisqartirildi va boshoqli don ekinlari maydonlari keskin oshirildi. Respublikamizda 4,3 mln gektar sug‘oriladigan, 730 ming gektar lalmikor ekin maydonlari bor. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin boshoqli don va boshqa donli ekinlar hosildorligi yildan-yilga ortib bormoqdA*. Boshoqli don ekinlarining hosildorligi sug‘oriladigan yerlarda 1992-1994 yillarda 22 s/ga, 2004 yili 41 s/ga yetdi. Hosildorlikning ortishi hamma donli ekinlar bo‘yicha kuzatilmoqda.
Mamlakatimizning donga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji 6,0-6,5 mln. t.ni tashkil etadi. Kelajakda mamlakatimizda don yetishtirishni ko‘paytirish asosan hosildorlikni oshirish, jadal o‘stirish texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqdA*.
Orol dengizi muammosi mavjudligi mamlakatimizda ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga don yetishtirishni ko‘paytirish imkoniyatlarini cheklaydi Hozirda hosil yetishtirishda suvni, energiyani tejaydigan, tuproq unumdorligini oshiradigan, donli ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish amalga oshirilmoqdA*.
Jahon dehqonchiligida donli ekinlar maydoni umumiy ekinlar maydonining 70 % dan ortig‘ini tashkil qiladi. Har yili dunyoda donli ekinlar 700 mln ga dan ortiq maydonga ekilmoqdA*. O‘rtacha don hosildorligi 24,1 s/ga ni tashkil qilgan.
Istiqbolda mamlakatimizda ham aholi jon boshiga o‘rtacha 500 kg don ishlab chiqish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqdA*.
Do'stlaringiz bilan baham: |