Laboratoriya ishi № 10.
Senaj etilishi va uning sifatini aniqlash.
Laboratoriya P A S P O R T I
Mashg’ulotning maqsadi. Talabalar mavzuni o’zlashtirish jarayonida chorvo mollari uchun tayyorlangan va bosilgan senaj sifatini va massasini xisoblashni urgatish..
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Senaj bosiladigan inshoatlar mulyajlari, loyixalari, xisoblash mashinalari, darslik va uslubiy kullanmalar, muzlatgich, proyektor,rangli rasmlar, jadvallar, darslik va uslubiy qullanmalar, tarqatma materiallar.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar:
1.O.Mirzayev-Yem-xashak yetishtirish- (darslik) Toshkent, 2014.
2. Oripov R., Xalilov N. - O’simlikshunoslik - T.2007
3.U.Norqulov. Yaylovlar meliorasiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari. O’quv qo’llanmA*. T.2017.90.bet
4.Q.Haydarov, M.Mahmudov “Yaylovshunoslik”. Darslik. Toshkent. 2010 y
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Sh.Mirziyoyev Yerkin va farovon demokratik O’zbekiston davlarini birgalikda barpo yetamiz. Toshkent, “O’zbekiston” NMIU, 2017y.
2.Sh.M.Mirziyoyev Qonun ustivorligi va inson manfatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va halq farovonligining garovi. “O’zbekiston” NMIU, 2017y
3.Sh/M/Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston” NMIU, 2017y
4.O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami, 2017y., 6-son, 70-moddA*.
REJA
Uslubiy ko’rsatma
Yeksperemental qism
1.Senaj bosish uchun foydalanilgan xom ashyo turiga qarab baho berish.
2.Senajning hidiga qarab baho berish.
3.Senajning o’rish davriga qarab baho berish.
Uslubiy ko’rsatma
Yaxshi sifatli senaj xushbo’y hidli bo’ladi yoki undan meva hidi keladi. O’rta sifatli senaj yangigina javdar non hidiga o’xshash hid tarqatadi. Yaxshi senajning rangi o’simlikning turiga qarab yashil, qoramtir yashil, sarg’ish yashil tusli bo’ladi.
Yomon sifatli senaj qoramtir, kulrang va qora rangda bo’ladi, Shuningdek, mog’orlagan, irigan, chirigan ham bo’lishi mumkin.
Yaxshi sifatli senaj 16-20 ball bilan baholanadi va I sinfga kiritiladi; o’rta sifatli senaj 12-15 ball bilan belgilanib, II sinfga ajratiladi; yomon sifatli senajga 7-9 ball beriladi va III sinfga taalluqli deb hisoblanadi.
Senajni molga berishdan oldin uning sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi. Bunda yeng avvalo senajning hidi, rangi, o’simlik poyasining tuzilishi holati tekshiriladi. So’ngra organoleptik jihatdan ko’rikdan o’tkazilib, Yaxshi, o’rta va yomon sifatli deb baho beriladi. Keyin kimyoviy laboratoriyada zootexnik tahlili o’tkazilib, tarkibida protein, yog’, uglevod, kletchatka, karotin moddalari va organik kislotalar miqdori hamda ularning bir-biriga nisbati aniqlanadi. Bulardan tashqari, mog’orlash, chirish, achish darajasi va begona narsalar aralashmasi bilan ifloslanganlik holati tekshirib chiqiladi.
Yaxshi sifatli senaj xushbo’y hidli bo’ladi yoki undan meva hidi keladi. O’rta sifatli senaj yangigina javdar non hidiga o’xshash hid tarqatadi. Bunday hid massa me’yordan ortiq qizib ketganligini bildiradi. Uning organik moddalari Yaxshi hazm bo’lmaydi. YOmon sifatli senajdan mog’or, taxir-achigan yog’, sirka kislotasi, go’ng, tuzlangan selyodka hidi keladi.
Yaxshi senajning rangi o’simlikning turiga qarab yashil, qoramtir yashil, sarg’ish yashil tusli bo’ladi. YOmon sifatli senaj qoramtir, kulrang va qora rangda bo’ladi, Shuningdek, mog’orlagan, irigan, chirigan ham bo’lishi mumkin.
O’simlik poyasining tuzilishi Yaxshi sifatli senajda butun holda saqlanadi. YOmonida yesa poya irib yopishib ketgan bo’ladi. Massani qo’lga olibushlaganda qo’lga yopishadi va qo’lga qora rang yopishadi.
Yaxshi senajda yog’ kislota mutlaqo bo’lmaydi. O’rta sifatlisida 5% yog’ kislota bo’lishi mumkin, boshqa xil kislotalar yesa 8-14% atrofida hosil bo’ladi.
Senajning bahosi ball bilan o’lchanib, uch sinfga bo’linadi:
Yaxshi sifatli senaj 16-20 ball bilan baholanadi va I sinfga kiritiladi; o’rta sifatli senaj 12-15 ball bilan belgilanib, II sinfga ajratiladi; yomon sifatli senajga 7-9 ball beriladi va III sinfga taalluqli deb hisoblanadi.
Senajga beriladigan ball ko’rsatkichlari uning tarkibidagi oziq moddalarning miqdoriga, massaning hidi va rangiga qarab belgilangan ballarning yig’indisidan iboratdir. Ballni aniqlash uchun quyidagi shkaladan foydalanish tavsiya yetiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |