Guli –sariq ayrim jinsli, onalik gullari yirik bo‘ladi. Guli xashoratlar yordamida changlanadi.
Mevasi –ko‘p urug‘li uzun bandli, sharsimon, cho‘zinchoq. Eti qizil, pushti, goho, oq yoki sariq, mazasi shirin yoki kam shirin bo‘ladi.Meva tarkibida 5,7-13 % qand bo‘ladi.Mevaning vazni 2 -20 kg. bo‘ladi.
Urug‘i – yassi, tuxumsimon, uzunligi 0,5-2,0 sm, chetida kertigi bo‘ladi, rangi qizil, qorA*. 1000 tasini vazni 60-150 g.
Xashaki tarvuz –o‘z xususiyatiga egA*. Ildizi baquvvat, yaxshi rivojlangan.
Bargi yirik, kalta bandli. Guli yirik, och sariq rangli. Otalik gullarning bandi uzunroq bo‘ladi.
Mevasini shakli sharsimon, ponasimon – cho‘zinchoq, bo‘ladi.Eti och yashil, tarkibida 1,2 – 2,6% qand bo‘ladi, vazni 10 – 15 dan 25 -30 kg gacha bo‘ladi.
Urug‘i yassi, tuxumsimon, kertigi bo‘lmaydi .
Qovoq 4 ta kenja turkum va 25 turni o‘z ichiga oladigan Cucurbita L. turkumiga kiradi. Mamlakatimizda ekiladigan qovoqlar har xil morfologik va xo‘jalik – biologik belgilariga ega bo‘lgan quyidagi uchta turga bo‘linadi.
1.Yirik mevali qovoqlar – Cucurbita maxima
2. Qattiq po‘stli qovoqlar- Cucurbita pepo
3. Muskat qovoqlar - Cucurbita mushata
1. Yirik mevali qovoq- C. maxima Duch.Poyalari silindirsimon, tukli dumaloq, juda uzun. Qovoqning palagi yoyilib o‘sadi, ammo tik o‘sadigan xillari ham bor.Poyasi qirrali, egatchali, dag‘al tikonlar bilan qoplangan. Bargi 5- ta bo‘lakli, tukli, to‘q yashil rangli bo‘ladi. Yirik, buyraksimon ichi sal o‘yiqli. Guli ayrim jinsli. Otalik gullari barg qo‘ltiqlarida bir nechta bo‘lib joylashadi, onalik gullari yon shoxlarida bittadan joylashadi.Mevasi teskari tuxumsimon,sharsimon, cho‘zinchoq, tolali shirin etiga ega, uning tarkibida 4-8% qand bo‘ladi.Urug‘i mayda, o‘rtacha, ponasimon, oq, och sariq bo‘ladi, tarkibida 36-52% moy bo‘ladi, 1000- tasini vazni 200-300 g.
2. Qattiq po‘stli yoki oddiy qovoq - C. Pepo L. Poyalari qirrali bo‘lib, egatchalari bor, barglari to‘q yashil, uchi o‘tkirlashib ketgan, besh yaproqli. Barglari, poyalari va meva bandlari qattiq tikanchalar bilan qoplangan. Qovoqning bu turi uzun palakli o‘simliklarni ham, kalta palak chiqarib, tupla bo‘lib o‘sadigan o‘simliklarni ham o‘z ichiga oladi. Mevalari boshqa turlarning mevalariga qaraganda maydaroq, ko‘pincha tuxumsimon shaklda, sarg‘ish- zarg‘aldoq yoki och sariq tusda, yo‘l-yo‘l naqshli bo‘ladi. Mevasining shakli va katta kichikligi jihatidan bir-biridan ajralib turadigan juda ko‘p navlari bor. Meva bandi qirrali, prizmatik shakldA*. Mevasining eti sertola, boshqa turlardan ko‘ra dag‘alroq. Qattiq po‘stli qovoq to‘rtta kenja turni o‘z ichiga oladi. Uzun palakli qovoq ssp. pepo ( palagi uzun bo‘ladigan asosiy navlari va uzun palakli kabachki), palagi kalta yoki tupli qovoq. ssp.Ievicunlis(kabachki, patisson, qiyshiq bo‘yin), manzarali qovoq- ssp. Polimorfa, yovvoyi holda o‘suvchi qovoq - ssp. faxbanA*.
Do'stlaringiz bilan baham: |