22
Mazkur asarlar oldingi ikkita simfoniya –
plakatlarni, inqilob to‘g‘risidagi
filmlar musiqasini, inqilob shoirlari yozgan she’rlar asosida yaratilgan “O‘nta xor
poema”ni (1951) aks ettirgan.
O‘n birinchi simfoniyada (1957) juda ko‘p iqtiboslar mavjud.
Qo‘shiqlar D. Shostakovich uslubidan o‘tkazilib, syujetga bo‘ysundirilgan va
murakkab lirik-dramatik harakatga kiritilgan: “Saroy oldi maydoni”, “To‘qqizinchi
yanvar”, “Abadiy xotira”, “Bong”.
Simfoniyaning bosh qahramoni – xalq, uning obrazani ochib berilishi
Musorgskiyning opera dramalarini eslatadi.
Kinomatografik usullar simfoniyaga yorqin plastik obrazlarni kiritadi va syujet
motivlarini kuchaytiradi (24, 50 ).
Kinomatografik montaj, yopirilib kelish texnikasi, har xil ko‘rinishdagi
harakatlar qo‘llanilganda D. Shostakovichga xos bo‘lgan va xalq qo‘shig‘idan
ajralmaydigan, har bir qismda paydo bo‘layotgan
kuyning kengayish tamoyili
“Abadiy xotira” rekviyemida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tariladi.
Bu yerda “Siz qurbon bo‘ldingiz” motivi sekinlik bilan D. Shostakovichga xos
bo‘lgan intonatsiyali monologga o‘tadi.
O‘n ikkinchi simfoniya (1961) haqida kompozitorning o‘zi shunday yozgan edi:
“Mazkur simfoniya birinchi rus inqilobiga bag‘ishlangan O‘n birinchi simfoniyani
hayolan davom ettiradi. Simfoniya uning xotirasiga bag‘ishlanadi. Hozir simfoniyani
tugatdim. Ishimdan qoniqdim. Ammo biroz vaqt o‘tgach unga tanqidiy ko‘z bilan
qarayman” (264, 242).
O‘n birinchi simfoniyadan farqli ravishda, O‘n ikkinchi
simfoniyada inqilob
mavzusi epik shaklda berilgan. Bu esa o‘z navbatida, rivojlanish jarayonida
mavzularni yaqinlashtirdi, ularni finalda birlashtirdi
va boshqa qismlarga,
shuningdek, butun bir tsiklga tarqalgan variatsiya tamoyilini kuchaytirdi.
D. Shostakovichning davomchilari – kompozitorlarning bir qismi (Y. Ivanov,
V. Tormis) mavzu masalasini epik shaklda yechardi va o‘z milliy madaniyatiga
o‘ziga xos intonatsiya va obrazli jihatlarni kiritdi. Boshqalari esa (R. Shedrin, K.
23
Xachaturyan) keskin dramatik yechimlarni qayd etib, kontrastli ifodaviy vositalar
tizimi bilan ish olib borardi.
Sakkizinchi kvartetdagidek O‘n uchinchi simfoniyaning (1962) beshta qismi bir
tomondan
kontrast monologga, ya’ni g‘azab, norozilik, fashizimni fosh etish
monologiga, boshqa tomondan kishining ma’naviy inqirozi monologiga aylanadi.
Baslar xori, bas solo va orkestr uchun yozilgan (Y. Yevtushenkoning she’ri) tufayli
simfoniya oratoriya asarlariga yaqinlashadi.
So‘z, ovozning melodik rechetativi barcha qismlarda katta g‘oyaviy-obrazli
yukni o‘z zimmasiga oldi. Buni “Babiy yar”, “Yumor”, “Magazinda”,
“Qo‘rqinchlar”, “Karyera” asarlar tuzilmasidan anglasa bo‘ladi.
Ayni orkestr epizodlari simfoniya ma’nolarini belgilaydi,
yaxlit harakatni
kuchaytiradi, mazmunni qayd etadi. Falsafiy va publitsistik fikrlar simfoniyada bir
yaxlitlikka aylanadi.
Yovuzlik va kamchiliklarni rad etib, D. Shostakovich insonning oliy
ma’naviyatini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: