O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I BOB 



OLTMISHINCHI VA YETMISHINCHI YILLAR KOMPOZITORLAR 
IJODIDAGI TEXNIKA VA USLUB MUAMMOLARI 
Tayanch so‘zlar:
Publitsistik yondashuv, polistilistika, iqtiboslar, konflikt 
tizimi. 
XX asrninng 60-yillarida davlat siyosatida yuzaga kelgan o‘zgarishlar san’atda 
kengroq aytganda, madaniyatda erkinlik shabadalarini esishiga turtki bo‘ladi. “60-chi 
yillar avlodi” tarixga shu nom bilan kirib, alohida, o‘ziga xos ijodiy yo‘nalishlarga 
asos yaratadi. Kundalik hayotda kechayotgan o‘zgarishlar san’atdagi turli xil 
izlanishlarda aks etadi.
Bu davrni tarixan qiyoslaydigan bo‘lsak, yangi obrazlilikni yaratish uchun 
izchillik bilan sinovlar olib borilgan inqilobdan keyingi dastlabki o‘n yilliklar esga 
tushadi.
Ammo u davrdan farqli o‘laroq, endi izlanishlar yuqori sifatli sathda olib borilar 
edi. Chunki madaniyat bolalik davridan o‘tib, yetuklik davriga kelgan edi. Shunga 
qaramsdan unda 20-yillar an’analari aniq ko‘rinib, kengayib borar edi.
Inqilobdan keyingi dastlabki o‘n yilliklardagidek mamlakatning ma’naviy 
hayotida teatr va she’riyat katta o‘rin egalladi. Bu davr “Sovremennik” (rejissor 
O.Yefremov) postanovkalari, ularning ma’naviy maksimalizmi, ishonchi va oddiyligi 
bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi. “Sovremennik” bilan bahs olib borgan va 
uning tarki dunyosiga qarshi ravishda sahnaga teatr jozibadorligi, quvonchini olib 
kirgan A. Efros teatrida yangi bosqich boshlangan edi. 
G. Tovstonogov Leningrad KDTda ma’noli, nozik, jozibali va keng ko‘lamli 
mumtoz asarlarning sahna ko‘rinishlarini yaratdi (195, 110
).
Teatr musobaqasida 
“Dunyoni larzaga solgan o‘n kun” (rejissor Y. Lyubimov) kabi postanovkada - 
Meyerxoldning siyosiy teatrini qayta hayotga qaytargan Tagankada - drama va 
komediya teatrining publitsistik ovozi eshitilardi. Kinoda publitsistikaning yangi turi 
paydo bo‘ladi.
M. Rommning “Oddiy fashizm” filmida hujjatli kadrlar mushohada talqinlar 
bilan berilib, ular hujjat ta’sirini kuchaytiradi. Arxiv kinohujjatlari asosida yaratilgan 



filmda ikki qatlam, ya’ni o‘tmish – kinoxronika materiallari va hozirgi kun ekranda 
sodir bo‘layotgan voqealarni anglayotgan M. Rommning kuchli dil og‘rig‘i bilan 
to‘yingan, chin insoniy izohlari mavjud.
60-yillarda kinoda falsafiy pritcha janri, ya’ni T. Abuladzening “Iltijo” asari 
paydo bo‘ladi. Asosiy rolda I. Smoktunovskiy ishtirok etgan, o‘zining intonatsiyasi 
bilan zamonaviy teatrga yaqinlashgan mumtoz adabiyotning namunasi 
G.Kozintsevning “Gamlet” filmi yangicha talqini bilan ajralib turadi. 
1961-yilda V. Grossmanning “Hayot va taqdir” romani paydo bo‘ldi. Mazkur 
asar 1941-1945-yil urushi va stalinchilik haqida eng haqiqatli va ahamiyatga ega 
bo‘lgan epik roman hisoblanadi. Biroq romanning qo‘lyozmasi “Znamya” jurnalining 
tahririyatidan olib qo‘yilgan edi. 
Tarix haqida barcha narsalarni gapirish mumkin bo‘lgandan keyin va 
muhlislarga musiqa, adabiyot, dramaturgiya va kino asarlari qaytarib berilgandan 
so‘ng, ya’ni 27 yil o‘tgach, mazkur asar nashr etildi. 60-yillarda esa bu yo‘nalishda 
birinchi qadamlar bosilgan edi. 
Shunday qilib, 60-yillar avlodi XX asr boshi 20-yillar she’riyatini o‘zi uchun 
kashf qilishdi. Bu ma’naviy qatlam uzoq vaqt davomida jamiyatdan ajratilib 
qo‘yilgan edi. A. Blok, V. Bryusov, A. Axmatova, M. Svetayeva, B. Pasternak 
asarlari qaytadan o‘qila boshlandi. Asta-sekin M. Bulgakovning ijodi davr san’atiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. 
Rojdestvenskiy, A. Voznesenskiy, Y. Yevtushenko, B. Axmadulina,
N. Matveyeva kabi yoshlarning she’rlari baralla eshitildi. B. Okudjava va
V. Visotskiylarning qo‘shiqlarida yangi shoirona matnlar aytila boshlandi. Davr 
kompozitorlari oldingi yil va bugungi kun she’rlarida romans, turli xil vokal, dasturiy 
simfonik janrlar uchun mavzular topishdi. 
Dramaturgiya, adabiyot, musiqa va kinoda o‘zlarining badiiy uslublari shakllana 
boshlandi, o‘ziga xos individual ijodkorlar paydo bo‘ldi. Umuman olganda, san’at 
yaratgan ma’naviy qadriyatlarni ishlatishga intilish alomatlari mavjud edi. Oldingi 
o‘n yillarga qaraganda hayot izlanishlari bilan to‘yingan ancha mazmunli va kuchli 
tajriba paydo bo‘ldi. 


10 
Fan-texnika rivoji, qadimgi madaniyatni oldingi davrga qaraganda chuqur 
o‘rganish borliqqa va insonga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirdi. Dunyo turli kontrastlar 
ko‘rinishida, inson esa individual psixologik shaxs sifatida qabul qilina boshlanadi. 
Insoniyat tabiat mikrodunyosiga kirishi va kosmosga chiqishi natijasida inson o‘ta 
katta hajmdagi ma’lumot va kommunikativ aloqalar ta’sirida bo‘ladi. Televideniye va 
kompyuterlar davri keladi (bu haqda keyingi bo‘limda so‘z boradi). 
Davr ruhini, uning ratsionalistik tabiatini va ulkan hissiyotini aks etish uchun 
ijodkorlar o‘tgan asrlar va XX asr san’atiga murojaat qilib, yangi vosita va shakllar 
izlaydi. 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish