MAQOLLAR VA ULARLARNING MAVZU JIHATIDAN
TURLARI. HIKMATLI SO‘ZLAR
Reja:
1.
Maqol – mantiqiy mushohada namunasi va dono gap donishmandlik
mahsulidir.
2.
Maqol janrining mavzu doirasi va badiiy talqini.
3.
Hikmatli so‘zlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.
Buyuk mutafakkirlarning hikmatlilari – odob-axloq manbai.
Darsning_maqsadi.'>Tayanch tushunchalar:
Xalq og‘zaki ijodi, folklor, maqol, hikmatli so‘zlar.
Darsning maqsadi.
Maqol janrining xalq og‘zaki ijodida tutgan o‘rni, mavzu
doirasi, hikmatli so‘zlar ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish.
Darsning
metodik ta’minoti.
Ko‘rgazmali o‘ quv qurollari, fol’klorshunos
olimlarning kichik janrlarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va
monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning mazmuni
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan
badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida
maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql,
117
turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [ڶوق] – qavlun –
gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi
so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til
tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar
og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak
hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda
“qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol
keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da
esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan.Xullas,
maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi.
Dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan
o‘zaro yaqin janr deyarli yo‘q. Masalan, ruscha “Shilo v meshke ne utaish” (bigizni
qopda yashirib bo‘lmas) – o‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda
“Yeast and West, home is best” (Sharqmi, G‘arbmi, uying eng yaxshisi) – o‘zbekcha
“O‘z uying, o‘lan to‘shaging”; Vetnamda “Risoval drakona, poluchilsya chervyak”
(Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bo‘lib chiqdi) – o‘zbekcha “Men dedim o‘ttiz
– Alloh dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Yego v seni ne puskayut, a on lezet v komnatu” –
o‘zbekcha “O‘ziga yeng bo‘lmagan, o‘zgaga en bo‘larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum
qo‘ymasdan, egasi jo‘ja sotmoqchi” – o‘zbekcha “Jo‘jani kuzda sana”; ruslarda “Na
chujoy strane i vesna ne krasna” (o‘zga yurtda bahor go‘zal emas) – o‘zbekcha “O‘zga
yurtda
shoh
bo‘lguncha,
o‘z
yurtingda
gado
bo‘l”
ma’nolarini
ifodalaydi.Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani
paremiologiya deb atashadi. Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z,
ibora, maqol, matal ma’nosini beradi. Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.
1.
Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.
2.
Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar
ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi.
3.
Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifolanadi. Bu hukm
musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
4.
Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai
nazardan umumlashtiradi.
5.
Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida
“Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata
olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on
bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” tadqiqotida dala safarlarida yozib
olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida biroz o‘zgarish bilan
yashayotgan quyidagilarni uchratamiz: “Otug‘ uzguch birla o‘churmas” – O‘t alanga
bilan o‘chirilmas; “Tog‘ toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar” – “Tog‘ tog‘ bilan
118
uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Õt tesa, ag‘iz kuymas” – o‘t
degan bilan og‘iz kuymaydi; “Tulki o‘z iniga ursa, uzuz o‘lur” – tulki o‘z iniga qarab
hursa, qo‘tir bo‘ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o‘rniga “Holva degan bilan
og‘iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado bo‘ladi” degan maqollar
qo‘llanmoqda. Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini
qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni
chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga
arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha
maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Agar “Uyga palos yarashur, xotinga libos”
maqoli maishiy hayotga taalluqli bo‘lsa, “Yozda miyang qaynasa, qishda qozoning
qaynar” maqolida vaqtni bekor o‘tkazmaslik, aql bilan ish ko‘rish insonga hayot
imkonini yaratishi qayd etiladi, “Vaqting ketdi – baxting ketdi” maqolida esa falsafiy
mazmun ifodalangan bo‘lib, inson taqdirida Vaqt tushunchasining qanchalar muhim
ekanligi ta’kidlangan. Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi
hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon,
tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan.
Ammo bu mavzularni yana ko‘paytirish ham, kamaytirish ham mumkin. Muhimi,
mazmun yetakchi bo‘lgan tasnifda masalani har tomonlama ifodalashga urinish aniq
seziladi. “Bulbul chamanni sevar, Odam – vatanni”. Mazkur maqolda inson ruhiy
olamida Vatan tushunchasining ahamiyati qayd etilgan. Maqoldagi Vatan so‘zida faqat
muayyan hudud, manzil, o‘rin-joy, tabiat aks etgan, desak yanglish bo‘ladi. Bu so‘z
ma’no jihatdan ajdodlar ruhi, ma’naviy meros obidalari, qadriyatlar, millat birligi,
mentalitet xususiyatlari bilan uyg‘unlashadi. Bulbul chamanda qanchalar yayrasa,
inson o‘z vatanida shunchalar erkin his qiladi. Bulbulni bog‘larsiz, gulzorsiz,
chamansiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, odamni o‘z ona diyorisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Bu maqolni aytganimiz zahoti Zokirjon Furqatning chet ellardagi azobini
ta’riflab o‘z vatanini sog‘ingani yodga tushadi: “G‘amingda kecha – tong otquncha
yig‘lar, Tong otg‘och, dag‘i kun botquncha yig‘lar”. Vatan haqidagi maqollarda
qiyoslash, taqqos yetakchidir: Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, O‘z yurtingda gado bo‘l.
Ma’lum bo‘ladiki, bu maqol avvalgi namunadagi mazmunni chuqurlashtiradi. Moddiy
ta’minotdan ko‘ra ma’naviy ehtiyoj muhimroq ekani ifodalanadi. Tajribasiz odam
hayotdagi hamma muammoni iqtisod bilan o‘lchaydi. Uning uchun turmush to‘kinligi
har qanday tushunchadan afzaldek tuyiladi. Lekin Boburdek shoh o‘z diyorini eslab
azoblanganidan xulosa chiqarsak, maqoldagi fikrning qanchalar aniq va ibratli tarzda
berilgani ma’lum bo‘ladi. Endi boshqa bir maqolga murojaat qilaylik: Ona yurting
omon bo‘lsa, Rangi-ro‘ying somon bo‘lmas. Bu maqolda shaxsning ona yurtida
yashashi va istiqomat qilishi undan ma’lum burchni ham talab qilishi ifodalangan.
Inson o‘z yurtida bemalol yashashi mumkin. Ammo bu yurt omon bo‘lsa, ya’ni tinch
bo‘lsa, erkin-ozod bo‘lsa. Yurt tinchligi, erkinligi, ozodligi esa xalqning o‘z yurtiga
bo‘lgan iymonli munosabati oqibatida vujudga keladi. Agar xalq og‘zaki ijodi
asarlarini tahlil qilsak, Vatan mavzuiga alohida e’tibor berilganiga guvoh bo‘lamiz.
Tarixiy ma’lumot va hujjatlar bevosita xalq farzandlarining ajdodlar vasiyatiga sodiq
ekanliklarini tasdiqlamoqda. Qayta-qayta ko‘p namunalarda vatan ozodligi, erkinligi
haqidagi ta’kidning kuchayishi bejiz emas. Ko‘pincha, bu maqollarda vatan va el
119
tushunchasi uyg‘unlashadi: Eling omon bo‘lsa – sen omon. Eling, yurting bo‘lmasa,
Oying kuning bo‘lmasin. Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi
haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi.
Bularning hammasi o‘zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor
farzandlarga ega ekanini dalillaydi. Xalq maqollarining uzoq o‘tmish mahsuli ekanligi
ayrim namunalarni bugungi kunda tushunish oson emasligini ham izohlaydi. Ba’zan
maqollar qatorida shundaylari ham uchraydiki, hatto umumiy fikr nima bilan bog‘liq
ekanligini anglash qiyin bo‘lib qoladi. Masalan: “Bir pul berib yig‘latdim, ming pul
berib yupatdim” maqolini olaylik. Bu maqolning mohiyatini maqoldagi fikr yo‘nalishi
va qarshilantirish usulidan taxmin qilish mumkin, xolos. Ya’ni umumiy mazmunda
nojo‘ya qilingan harakat yoki tadbir oxir oqibatda insonga qo‘shimcha tashvish
keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Sen shunday harakat qilginki, bu
harakating yomon oqibatlarga olib kelmasin, deyilmoqda. Ammo nima uchun bir pul
berib yig‘latsa, ming pul berib ovutadi yoki yupatadi. Bu muammoni hal qilish uchun
tarixga murojaat qilamiz. Qadim zamonlarda aza paytida yig‘lab beradigan maxsus
odamlar bo‘lgan ekan. Ularni “giyrandi” deb atashgan. Aslida “giyrandi”
“giryandi”dan olingan bo‘lib, “yig‘lamoq” fe’li bilan ma’nodoshdir. Uyida biror yaqin
odami o‘lsa, mayit egasi giyrandini chaqirgan. U aza davomida ma’lum haq evaziga
yig‘lab berishni bo‘yniga olgan. Lekin giyrandi o‘z san’atini shunday egallashi ham
mumkin ediki, mayit egasi bu aytuvlarga, bu dod-fig‘onga, bu nolalarga chidamasdi.
Shunda u giyrandidan yig‘lamaslikni iltimos qilgan. Giyrandi esa atayin avjga chiqqan.
Natijada uni yig‘idan to‘xtatish uchun ko‘proq haq berilgan. Maqolda arzimagan haq
evaziga yig‘lovchini chaqirish, ammo uning jim bo‘lishi uchun katta pul berish voqeasi
aks etgan. Shunday qilib, maqollar mazmuni ularning o‘zi va tabiati kabi sirli olamga
egadir. Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun
jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan iste’moldan
chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin. Maqollarning
iste’moldan chiqishida quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
1.Tarixiy hayotning o‘zgarishi. Ijtimoiy hayotda maqolni qo‘llash ehtiyojining
yo‘qolishi oqibatida maqol xalq esidan chiqadi. Omoch seni to‘ydirgay, Omboringni
to‘ldirgay. Omoch ishlatish asta-sekin yo‘qola borgan sari bu maqol ham iste’moldan
chiqqan.
2.Tarixiy so‘zlar ishtirokidagi maqollar vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Qoziga
bersang suyar, Bermasang – so‘yar.
3. Ayrim maqollar og‘zaki ijodning og‘zakiligi belgisi ta’sirida yo‘qolishi ham
mumkin. Bir avlod qo‘llamagan maqol o‘limga mahkum. Xitoy xonining gazmoli
ko‘p, lekin o‘lchamay kesilmaydi. Ba’zan maqolning bir qismi yashaydi, ikkinchisi
yo‘qoladi.Ash tatig‘i tuz, jug‘rin jemes. (Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolg‘iz
tuzning o‘zi yeyilmaydi). Bu maqolning birinchi qismi hozir ham bor, ammo ikkinchi
qismni biz tasavvur ham qilmaymiz. Yuqoridagi sabablar maqolning yo‘qolishiga olib
keladi. Ayni paytda maqollarimiz namunalarining boyish manbalari ham yo‘q emas.
Ular quyidagilardan iborat:
1.Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar natijasida yangi maqollar vujudga keladi.
Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng “Vatanni sevmoq
120
iymondandir” hikmatli so‘zini qo‘llash ommalashdi. Dastlab, bu maqolsifat jumlaning
Abdulla Avloniy yozgan “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida Muhammad
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi ekani aytilgan edi. Ammo bu hikmatli so‘z xalqimiz
orasida ko‘p qo‘llanmagan. Mustaqillikdan so‘ng eng ommaviy maqolga aylanib ketdi.
2.Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy,
ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. “Olma og‘ochidan olisga
tushmas” maqoli “Yabloka ot yabloni daleko ne padayet”ning tarjimasi. Bugungi
kunda bu maqolning kelib chiqishi bizni deyarli qiziqtirmaydi.
3.Yangi maqollarning paydo bo‘lishi allomalar, dono adiblar aytgan hikmatli
so‘zlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqollar o‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan
yana ham diqqatga sazovordir. “Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan yaxshiroq”,
“Qizi borning nozi bor”, “Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash”
kabi maqollar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda
qo‘llanadi. “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas”, “Egrining omochi yerga
botmas”, “O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” kabi maqollar bilan tanishganimizda
ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda “Shamol bo‘lmasa, daraxtning
uchi qimirlamas” maqoli o‘z ma’nosida ham qo‘llanadigandek tuyiladi. Ammo bu
hikmatli so‘zni hech kim o‘z ma’nosida deyarli qo‘llamaydi. Aslida, hayotda uchrab
turadigan turli mish-mishlarning rost ekanligini ta’kidlash maqsadida bu maqolni esga
olish odat tusiga kirgan. “Tuhmatchining omochi yerga botmas” maqolida bir oz g‘alati
fikr ilgari surilgandek tuyiladi. Omochning yerga botmasligi bilan tuhmatchining
qanday aloqasi bo‘lishi mumkin, degan mulohaza paydo bo‘ladi. Ammo aynan shu
o‘rinda “omoch” deganda, bevosita yer haydashda foydalaniladigan asbob emas, balki
tuhmatning natijasi nazarda tutiladi. “Yer” so‘zi iymonli, rostgo‘y odamga nisbatan
qo‘llangan. Ya’ni tuhmatchining tuhmati rostgo‘y va pokiza odamga hech qanday
salbiy ta’sir ko‘rsata olmasligi ta’kidlanmoqda. Binobarin, maqol matni bilan
tanishganda, yoki uni eshitganda, qanday maqsadni nazarda tutib qo‘llanganiga e’tibor
berishimiz lozim. Aks holda aytilgan maqolning asl ma’nosini tushunmay qolishimiz
mumkin. Xalq og‘zaki ijodi asarlarini o‘rganish ularni yozib olishdan boshlanadi.
Asarning yozib olinishi esa folklorshunoslik fanining shakllanishidan darak beradi. Bu
jihatdan qaraganda, o‘zbek folklorshunosligidagi dastlabki harakat XI asrga
taalluqlidir. XI asrda Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-turk” asariga (1074)
maqollar, qo‘shiqlar, rivoyat, afsona va boshqa janrga mansub namunalarni kiritdi.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dala sharoitida olim yozib olgan ijod durdonalarida
bevosita bizning ajdodlarimiz ham ishtirok etgan. Mahmud Koshg‘ariy otalar so‘zini
eslamoq ma’nosida, avvalroq aytganimizdek, “sav” atamasini keltiradi. Keyinchalik
Alisher Navoiy maqoldan misol keltiradi va “masal” atamasidan foydalanadi.
Filologiya fanlari doktori, professor X.G.Ko‘ro‘g‘li Safaviylar davri (XV-XVI asr)da
turkiy maqollar to‘plangani, ammo bu majmuaning yo‘qolgani haqida ma’lumot
bergan. 1926-yilda “O‘zbek maqollari” (to‘plovchi va tuzuvchi Sherali Ro‘zi) nashr
etildi. Shu paytdan “maqol” atamasi janr sifatida keng o‘rin oldi, deyish mumkin.
Shundan keyin B.Karimov, Sh.Rizo, O‘.Azimov, O‘.Xolmatov, H.Zarif, M.Afzalov,
S.Ibrohimov, S.Xudoyberganov, R.Jumaniyozov, M.Ahmadboyeva, E.Siddiqov,
T.Mirzayev, K.Imomov, G‘.Jahongirov, S.Qosimov, Z.Husainova, B.Sarimsoqov,
121
A.Musaqulov, M.Jo‘rayev kabi o‘nlab olim va ziyolilar xalq maqollarini to‘plash va
o‘rganishda faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, 1987, 1988 yillarda ikki jilddan iborat
“O‘zbek xalq maqollari” kitoblarining nashr ettirilishini bu sohadagi alohida voqea
sifatida ta’kidlash mumkin. Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli
olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar so‘z
san’atining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi,
mazmunan serma’noligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida
og‘izdan og‘izga o‘tib yashashini ta’minlagan omillardir. San’at asari qimmatini
belgilovchi eng talabchan sinov vaqt hisoblanadi. Ayniqsa, vaqt sinovi talabiga og‘zaki
asarning javob berishi o‘ta muhimdir. Har qancha tashviqotlarga qaramay sho‘ro
tuzumida kolxoz afzalligi maqtalgan maqollarning umri qisqa bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi
haqidagi maqtov dostonlar ham yaratilgani zahoti esdan chiqib ketdi. Haqiqiy
maqollarning shakllanishi uzoq davrni qamraydi, ammo badiiy mukammal va hayot
tajribasi aks etgan maqolning umri boqiy bo‘ladi. “Qonni qon bilan yuvib bo‘lmas”
maqolini Mahmud Koshg‘ariy “Qanig‘ qan bilan jumas” tarzda keltirgan. Bu maqol
olim qalamiga tushguniga qadar necha asrlar yashaganini faqat taxmin qilish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, maqollarning badiiy mukammalligi ularning hayotiyligini,
umrboqiyligini izohlar ekan. Ayni choqda badiiy go‘zallikning bevosita so‘z tanlash,
tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. Ularning ayrimlarini esga
olib o‘tamiz:
1. Qarshilantirish (tazod).“Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘”. Bu maqolda
“yaxshi”, “yomon”; “bog‘”, “dog‘” so‘zlari qarama-qarshi ma’nolarni bildiradi va shu
bilan birga “bog‘” – “dog‘” so‘zlari chiroyli qofiyani ta’minlaydi.
2. Tovushdoshlik (alliteratsiya, assonans).“Boy boyga boqar, suv soyga
oqar”.Maqolda “B”, “Y”, “R”, “S” kabi undosh tovushlar alliteratsiya – undosh
tovushlar uyg‘unligini, “O”, “A”lar esa assonans – unli tovushlar o‘xshashligini
ko‘rsatadi va maqol qimmatini oshiradi.
3.Metafora – ko‘chim (istiora).“Otning yag‘iri toyga qolar”.Bu maqolda “ot”
so‘zidan qarindosh-urug‘chilikdagi katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan.
Odatda mahallada biror odamga baho berish lozim bo‘lsa, birinchi navbatda, u
shaxsning ota-onasi esga olinadi. Katta avlod tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik shu
zahoti farzandga ko‘chiriladi. Natijada, inson hayoti davomidagi har bir xatti-harakat
mahalladoshlar, qarindoshlar tomonidan nazoratda ekani anglashiladi. Maqol
mazmunan har bir inson yoshidan qat’i nazar kelajakda ota, ona bo‘lishni orzu qilsa,
keyingi avlodiga “yag‘iri”ni qoldirmasligi kerak, degan ma’no anglashiladi va katta,
yosh avlod tarbiyasining muayyan to‘g‘ri tizimda bo‘lishi uchun asos tayyorlanadi.
Maqolda istiora san’ati yetakchilik qiladi. “Et bilan tirnoqni ajratib bo‘lmas”
maqolidagi “et” va “tirnoq” so‘zlari qarindosh-urug‘; ota-bola; aka-uka ma’nolarini
bildiradi. Bu misolda sinekdoxa san’ati ham bor. Ya’ni butunning tarkibiy qismi orqali
yaxlit narsa ifodalangan.
4.Sifatlash. “Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin”. Maqolda
insonlar o‘rtasidagi munosabat faqat moddiy narsa bilan emas, shirin muomala bilan
qadrlanishi qayd qilinmoqda. “Bug‘doy non”, “bug‘doy so‘z” birikmasida sifatlash
san’ati qo‘llangan.
122
5.Jonlantirish (tashhis).“O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar”. Bu maqolda
odamlarni toifalarga: pulli-pulsiz, amalli-amalsiz, foydali-foydasizga ajratib muomala
qilish o‘sha shaxsning xalqdan ajralib qolishiga sabab bo‘lishi aks etgan. Ikkinchidan,
biror muammoni hal qilishda faol ishtirok etgan odam, ko‘pincha, ish bitganidan so‘ng
esdan chiqishi ifolangan. Ya’ni o‘tin yorgan bolta ish bitganidan so‘ng o‘sha joyda
qolishiga qiyoslangan. Xullas, maqollar badiiyati ularning yaratilishi ustida avlod-
avlod millat vakillarimizning ijod qilish saviyasi qanchalar yuqori bo‘lganidan darak
beradi. Yozma adabiyot vakillari asarlarida xalq maqollari og‘zaki va yozma adabiyot
ijodiy hamkorligining ko‘prigi darajasida muhimdir. Har bir ijodkor mumtoz adabiyot
davrida bo‘ladimi, hozirgi zamonda bo‘ladimi xalq vakili hisoblanadi. U iqtidorli
shaxs, avvalo, o‘zbekning tarbiyasida voyaga yetadi. Xalq bilan birga yashaydi, millat
vakili mentalitetini o‘zlashtiradi. Shu bilan birga ijodida asarlarini o‘qiyotgan ommaga
o‘zining xalq vakili ekanini uqtirmoqchi ham bo‘ladi. Bu maqsadni amalga oshirishda
maqol eng samarali omil sifatida xizmat qiladi. Yozma adabiyotda maqollardan
foydalanishning uch ko‘rinishi mavjud:
1. Xalq maqoli aynan keltiriladi. Alisher Navoiydan Muqimiygacha,
Cho‘lpondan O‘tkir Hoshimovgacha o‘z asarlarida fikrni ixcham va tushunarli
ifodalash maqsadida maqol matnidan aynan foydalanganlar. “Masaldurkim uyqu
o‘limdir” (Alisher Navoiy).“Otning o‘limi, itning bayrami” (Abdulla Qahhor).
2. Maqoldagi ayrim so‘zlar o‘zgaradi, ma’no saqlanadi.“Otalarda bir so‘z bor,
eshit og‘ajon,Bosgan izidan qaytmas, o‘lsa ham arslon” (Hamza).Bu misralarda shoir
“Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan” maqolidan ijodiy foydalangan.
3. Shoir biror fikrni maqoldagi ma’nodan foydalanib ifolaydi. Bir qarashda bu
fikr mustaqildek ko‘rinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq maqollaridagi ma’noni o‘ziga
xos boshqa so‘zlar bilan ifolaganini anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy g‘azallaridan
birida “O‘lturur mahramni sulton, ganji pinhon aylagach”, - degan misra bor. Unda
xo‘jayin, sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, ya’ni eng yaqin xizmatlarini
bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror yerga ko‘milganidan so‘ng ortiqcha
guvohdan qutulish uchun uni o‘ldirishi aytilgan. Ehtimol, shoir zamonasida aynan
shundaq maqol bo‘lgandir. Ammo biz bu maqolning borligidan bexabarmiz. Lekin
undagi ma’no bugungi kunda mavjud va biz avvalroq esga olgan “O‘tin ayirgan bolta
maydonda qolar” yoki “Ishim bitdi, eshagim loydan o‘tdi” kabi maqollar mazmunini
ifodalaydi. Ba’zan mumtoz shoirlar g‘azaldagi baytlarning har birida biror maqolni
misol qilib ham keltirgan hollar uchraydi. Xususan, XIV-XV asrlarda yashagan taniqli
shoir Lutfiyning quyidagi g‘azaliga e’tibor bering: Ayoqingg‘a tushar har lahza gesu,
Masaldurkim: “Chirog‘ tubi qorong‘u”.Tutarmen ko‘zki ko‘rsam orazingni, Ki derlar
“Oqqon oriqqa oqar suv”. Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin “Kishining ko‘zidur ore
torozu”. Ko‘zung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa
hindu”. Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”. Bu g‘azalda
ajoyib so‘z sohibi mavlono Lutfiy o‘zining ma’shuqasiga bo‘lgan ko‘ngil izhorini so‘z
marvaridlaridan tizilgan marjondek ifodalay olgan. G‘azalning mazmuni go‘zal va
mo‘’jaz doston ma’nosini beradi: Ayoqingg‘a tushar har lahza gesu, Masaldurkim:
“Chirog‘ tubi qorong‘u”. Baytda yorning qaddi tik shamga o‘xshatilmoqda. Shamning
yonayotgan pilikdan pastki qismi qorong‘i bo‘ladi. Yorning yuzi yonayotgan shamga
123
qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzunki, yuzi yorug‘, pastki qismi qorong‘i
ko‘rinadi. Tutarmen ko‘zki ko‘rsam orazingni, Ki derlar “Oqqon oriqqa oqar suv”.
Shoir o‘zini bir paytlar suv oqqan ariqqa o‘xshatadi. U oqqan ariqqa suv oqishini kutib
umid qilmoqda: ko‘z tutib yorning visoliga yetmoqchi. Ma’shuqaning oshiq huzuriga
kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda.
Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin “Kishining ko‘zidur ore torozu”. Xalqda odamning
ko‘zini toroziga o‘xshatish haqida maqol bor. Mening ko‘zim taroziga o‘xshagani
uchun bir pallasida oy va quyosh bo‘lsa, ikkinchi pallada ma’shuqa. Ma’shuqamning
yuzini ortiq ko‘rganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh
esa ikkinchi pallaga joylashgan va ma’shuqa go‘zalligiga chidash bermay osmonga
uchib ketgan. Ko‘zung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki “Qo‘rqar qaydakim qon ko‘rsa
hindu”. Mumtoz adabiyotda ma’shuqaning ko‘zi va xolini qoraligi uchun hindga
o‘xshatish an’anasi bor. Bu o‘rinda shoir yorining ko‘zini hindga o‘xshatmoqda. Hind
qondan qo‘rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki, sening ko‘zing
hind bo‘lsa ham ko‘z yoshlarimning qondek oqishidan qo‘rqmayapti. Agar
qo‘rqqanida edi, rahm qilardi, men vaslingga yetar edim va ko‘z yoshlarim to‘xtar edi.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: “Tilaganni tilogu”. Mazkur bayt g‘azalda
ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir o‘z
ma’shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni so‘ramoqda. Men odamlar “Tilagan
tilagiga yetadi” deganlaridek, senga vaslingga yetish uchun iltijo qilaman va agar
odamlarning gapida haqiqat bo‘lsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman,
demoqchi. Ma’lum bo‘ladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon
bo‘lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ikkinchi jihatdan, g‘azal vositasida biz XIV-
XV asrlarda xalq orasida mashhur bo‘lgan maqollar matni bilan tanishish imkoniga
ega bo‘lmoqdamiz. Ayrim iqtidorli yozuvchilar badiiy asarlarida qahramon nutqida
qo‘llagan maqol orqali ularning dunyoqarashi, fe’li haqida kitobxonda tasavvur hosil
qilishga erishganlar. Misol uchun Abdulla Qodiriy o‘zining “O‘tkan kunlar” romanida
Yusufbek hoji nutqida “Zo‘ri behuda miyon meshi- kanad” (tojik maqoli: ortiqcha
zo‘riqsang, belingni sindirasan), xizmatkor ayol To‘ybeka nutqida “Teng tengi bilan,
tezak qopi bilan” maqolini keltiradi. Maqollarni qo‘llashdanoq Yusufbek hojining
ilmli, fors tilini biluvchi ziyoli ekani, Mirzakarim qutidor xizmatkorining esa sodda,
ilm ko‘rmagan, bor gapni lo‘nda va aniq aytishga o‘rgangan ayol ekani seziladi. Xullas,
xalq maqollari yozma adabiyot vakillari tomonidan ularning iqtidorini namoyon
qilishga yordam bergan. Folklorshunoslikda bunday foydalanishlar folklorizm deb
yuritiladi. Xalq maqollari shakl va mazmun jihatdan matallarga yaqin janr hisoblanadi.
Matallar ham ixcham matnga ega ekanligi bilan maqolga o‘xshaydi. Matal, odatda,
notiq nutqi tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo‘llanganda tugal fikr
anglatmaydi. Masalan, xalqimizda “Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan
qilich qinidan chiqar” degan maqol bor. Agar maqolning yarim matnini “Falonchi ilon
inidan chiqadigan qilib gapirdi” tarzida qo‘llasak, biz matal aytgan bo‘lamiz va
“Falonchi yaxshi gapirdi” ma’nosini bildiramiz. Chunki “ilon inidan chiqadigan” so‘z
birikmasi alohida aytilsa, mustaqil ma’no anglatmaydi. Ma’lum bo‘ladiki, matal shaxs
nutqini go‘zallashtirish uchun xizmat qilar ekan, xolos. Maqol esa mataldan mustaqil
ma’no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |