113
Bir kecha yotmoqqa tolib bo‘laman,
Bu sababdan mazgil so‘rab turaman”.
Alpomish shu zayl mozorotda tunab qolish uchun chiltanlardan joy so‘raydi.
Chunki, “bu yer chiltanlaming mazgilgoh joyi edi. Shohimardon piri chiltanlaming
suhbatida edi, shu vaqtda ravzaga jo‘nab ketib borayotib edi. Shohimardon pir
chiltanlarga aytdi: Bui bacha bizning muridimiz bo‘ladi, bugun sizlarga mehmon
bo‘ldi, ko‘nglini naza qilmay, vaqtini xushlab jo‘natingizlar”. Hakimbekni chiltanlar
suhbatiga chorlab, vaqtini xushlaydi. Shundan so‘ng Barchinning ruhini olib kelib,
Alpomishning ruhini uchrashtiradi.
Alpomishning asosiy raqiblari qalmoq yurtidan bo‘lishida ham muhim ma’no
bor. Bundan qo‘ng‘irot elatining ruhiyatida eng katta xavotir qalmoq qavmidan
kutilganligi anglashiladi. Qalmoqlar bilan kurash lavhalari esa kuchli hukmdomi orzu
qilgan qo‘ng‘irotlaming ong osti kechinmalaridagi istaklarini ramziy ifoda etadi.
“Alpomish” dostonida Alpomishning o‘z oilasiga qaytishini tasvirlashda baxshi
doston eshitayotgan tinglovchilarga turli yo‘llar bilan hayotda ziyrak bo‘lish kerak,
degan o‘gitni ham berib o‘tadi. Xususan, Qultoy Alpomishning Alpomishligiga
ishonmaydi. Shundan keyin Alpomish chap yelkasidagi Qultoy panjasining dog‘ini
ko‘rsatadi. Shundan keyin Alpomish Qultoy qiyofasida yurtdoshlari bilan uchrashadi.
Bu ko‘rinishlar tasvirlangan doston sahifalari xuddi badiiy filmdagi ekran lavhalarini
eslatadi va har safar “Qultoy”da Alpomish belgilari namoyon bo‘ladi. To‘yga
ketayotgan xotinlaming tugunlarini mutlaq bo‘shatadi. Bir qozon oshni pishmay turib
quritadi va h.k. Xuddi shunga o‘xshagan nozik belgi Yodgoming yoy ko‘tarishida
baxshining o‘ta mahoratli tasviri bilan ifodalanadi. Yodgor Arpa ko‘lida yotgan o‘n
to‘rt botmon yoyni to‘yxonaga olib kelishi kerak edi. Baxshi bu o‘rinda shunday deydi:
Jahon titrar Yodgor ovozasiga,
Quloq soling bu so‘zning mazasiga.
O‘n to‘rt botmon parli yoyni sudrab
Kelib qoldi Qo‘ng‘irot darbozasiga.
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Alpomish” variantida nikoh musobaqasi va qirib
tashlash sahnasi yo‘q. Faqatgina to‘y o‘yinlari tanib olish vositasi sifatida saqlanib
qolgan. Lekin boshqa variantlar bilan solishtirilganda bu epizodning birinchi roli
qahramonlik yakunida yaqqol ko‘rsatib beriladi. Alpomish eski (bobosidan qolgan)
misdan yasalgan 14 botmonlik kamonini ko‘tarish va undan o‘q uzish maqsadida
chiqib ketadi. To‘y mehmonlari Alpomish qaytib kelmadimikan deb shivirlashni
boshlaydilar. Kamonni qahramonning o‘g‘li Yodgor keltiradi. Qozoq variantida
Yodgor battol qalliqlarni birma-bir nishonga oladi va ularga jarohat yetkazadi.
Alpomish bahodirlik kamonidan birinchi bo‘lib Ultontoz taraflga o‘tib ketgan
sotqin qorajonni o‘ldiradi, ikinchisi oltin oshqovoqqa borib tegadi.
Do'stlaringiz bilan baham: