O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Hikmatli so‘zlar
. Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar 
o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Yangi 
maqollarning paydo bo‘lishi allomalar, dono adiblar aytgan hikmatli so‘zlar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkirlar donoligi-donishmandligining javohirlaridan biri 
bo‘lgan hikmatlar odamzotga dunyodagi tirik mavjudotlarni gultoji-a’losi bo‘lgan 
inson va insoniylik haqida saboq beradi. Har bir hikmat bitmas tuganmas xazina 
javohirlar konidir. Inson mol-dunyo, pul sarflab topa olmaydigan ma’naviy-axloqiy 
boyliklarga hikmatlar tufayli ega bo‘ladi.
Chunonchi Sa’diy aytganidek:
Go‘zallik dunyosi hikmat ichida,
Lazzatning asosi hikmat ichida.
Buzilgan fe’lila aynigan xulqning,
Eng o‘tkir da’vosi hikmat ichida.
- Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, yomonlik qilma.
- Qalbingni rohatda bo‘lishini istasang pok va xolis niyatli bo‘l.
- Yalqovlik muhtojlikning eshigidir.
- Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir.
- Sukuk-salomatlikni, yaxshilik-izzatni, saxiylik-ulug‘likni keltiradi.
Ibn Sino: Uch narsa aqlga kuch beradi: olimlar suhbati, tajriba va sabot, uch 
narsa aqlga zarar keltiradi : tadbirsizlik, hafsalasizlik va shoshqaloklik.
Tahliliy nazar bilan o‘rganib, qiyoslasangiz agar, xalq ma’naviy-axloqiy 
boyligining durdonasi, qaymog‘i bo‘lgan hikmatlarda asosiy hayotiy tajribalar, 
odamlarning orzu-o‘ylari, his-tuyg‘ulari o‘zining falsafiy ifodasini topgan. hikmatlar 
tufayli insonlar o‘tmish bilan, ajdodlari bilan hamnafas bo‘ladi, ularning o‘gitlari, 
pand-nasihatlari, chaqiriqlari, ogohlantirishlari zamirida qanday falsafiy g‘oya, 
ma’naviyat saboqlari yotganlikni ilmiy idrok etadi, ulardan o‘zi uchun muhim hayotiy 
xulosalar chiqarib oladi. hikmatlar inson ma’naviyati va tafakkuri mahsuli sifatida 
odamning aqliga aql qo‘shadi, bilim saviyasini boyitadi va chuqurlashtiradi, zehnni 
o‘tkirlashtiradi, to‘g‘ri, rostgo‘y, mehnatsevar, mard, jasur, sabotli va matonatli 
bo‘lishga o‘rgatadi, eng yaxshi fazilatlarni targ‘ib etadi.
Hikmatlari zamirida insonparvarlik, xalqparvarlik, Vatanparvarlik g‘oyalari 
ustivorlik qiladi. Mehnatga, el-yurtga muhabbat, poklik, halollik, to‘²rilik, rostgo‘ylik, 
saxiylik kabi insoniy sifat va xislatlar targ‘ib qilinadi, dilozorlik, xudbinlik, johillilik, 
yalqovlik, tanballik, egrilik, badxulqlik, zominlik, manmanlik, takabburlik singari 
salbiy xislatlar qoralanadi. 
Tarixda biz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy ijodi bilan 
tanishar ekanmiz, aforizm deb atalmish muallifi aniq dono va hikmatli so‘zlarga duch 
kelamiz.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida o‘nlab hikmatli so‘zlarni 
uchratamiz: “Yesa, ichsa oxir bari och to‘yar, Ko‘zi och ochligin o‘lganda 
qo‘yar”.“Kishiga chiroydir uyat-andisha,U asrar nojo‘ya ishdan hamisha”. Aynan 
shunga o‘xshash fikr Ahmad Yassaviy she’rida shunday keladi: “Al hayoyu minal 
iymon” – Rasul aytdi”, ya’ni Hadisdan olingan parcha: “Hayo iymondan nishonadur”, 


125 
- deyiladi. Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq” dostonida “Vale kiysang atlas, 
unutma bo‘zing” misrasini yozadi. Bu misra “Boy bo‘lsang, chorig‘ingni unutma” 
hikmatli so‘ziga mos keladi.
 
O‘zbek tilidagi hikmatli so‘zlar to‘plamini 1923-yilda “O‘zbekcha otalar so‘zi” 
(to‘plovchi va tuzuvchi Mullo Bekjon Rahmon o‘g‘li) deb nomlashgan.
Alisher Navoiy hikmatlari bilan qurollangan barkamol avlod jahonga yuz tutadi, 
Dunyo ilm ahli bilan umumbashariy mavzularda hech qo‘rqmasdan bellasha oladi. 
Zero, hazrat Alisher Navoiy bitganidek:
Agar hikmatga bo‘lsa iltifoting 
Ki, bo‘lsin Nuh umricha hayoting.
Agar bilim olishga, dunyoning siru sinoatlarini o‘rganishga o‘zingda xohish topa 
olsang, o‘zingni shunga ko‘niktira olsang, olgan bilimlaring kelgusida o‘zingga 
asqotadi, deydi shoir. Bu hikmatni bir qarashda o‘quvchiga yaxshi niyatda uzoq umr 
berilishini so‘rab bildirilgan tilak sifatida qabul qilishimiz mumkin. Biroq nima uchun 
aynan Nuhning umrichalik umr to‘g‘risida fikr yuritilmoqda, shoir hikmatining mag‘zi 
ham shunda-da. Ushbu savolga Nuh ismli payg‘ambar bo‘lganligini uning hayoti, 
faoliyati haqida Rabg‘uziyning “Qissayi Rabg‘uziy” asaridagi “Nuh va kema” 
hikoyatini og‘zaki so‘zlab berish orqali javob topish va o‘quvchiga tushintirish 
mumkin. 
O‘z vujudingga tafakkur aylagil. 
Har ne istarsen, o‘zingdin istagil. 
Ilm olish qiyinchiligidan qo‘rqqan odam bilim ololmaydi, bu yo‘lning 
mashaqqatlariga sabr va bardosh, qunt va chidam bilan harakat qilgan odamgagina ilm 
xazinasining eshiklari ochiladi. Har bir odam o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zi kurashmog‘i 
zarur. Bunung uchun o‘z imkoniyatlarini chamalab ko‘rmog‘i, shu ish mening 
qo‘limdan keladimi, uddalay olamanmi, yo‘qmi deb o‘zini imtihon qilmog‘i, 
imkoniyatni faqat o‘zidan qidirmog‘i lozim. SHundagina, boshqalardan najot so‘rab 
o‘tirmaydi, o‘z-o‘ziga suyansagina orzu-niyatlari ro‘yobga chiqadi, deya yoshlarga 
murojaat qiladi shoir. O‘rni kelganda o‘z bilimiga ishonmay, turli xil yo‘llar bilan, 
o‘zgalarning ko‘magida oliy o‘quv yurtlariga kirib qolayotgan yoshlarimizning 
keyinchalik o‘qishni uddalayolmay talabalar safidan chiqarilayotganligini ham 
ta’kidlab o‘tish joizdir.
 
Odami ersang demagil odami, 
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Kimki o‘zini haqiqiy insonlar qatorida ko‘rishni istasa, xalqning g‘amu 
tashvishini o‘zining kulfati deb qaramog‘i lozim. Xalqning og‘irini engil qilish g‘ami 
bilan yashagan odamgina haqiqiy inson sanaladi. Ushbu so‘zlarni Navoiy shunchaki 
o‘git sifatida aytmagan, balki o‘zi ham bu ezgu fikrlarga amal qilgan. Kishilar g‘amida 
bo‘lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko‘rsatish shoir hayotining mazmuniga aylangan. 
O‘zining vaqf erlaridan kelgan daromadlarini mamlakatni obod etish, xalq farovonligi 
yo‘lida sarflagan. Kanallar qazdirgan, madrasa, kutubxona, shifoxona qurdirgan, 
Muhtoj kishilarga kiyim-kechak tarqatgan, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlagan. 
Madrasalarda ilm toliblariga maosh to‘lagan.
 
Nazorat savollari: 


126 
1. Maqol tarixi haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? 
2.Maqollarning yo‘qolib ketishi uchun qanday sabablar bor? 
3. Maqollarning badiiy mukammalligi haqida qanday mulohazalarga egasiz? 
4. Bola ta’lim-tarbiyasida maqollarning o‘rni qanday? 
5. Maqollar ko‘proq qanday mavzularni o‘zida mujassamlashtiradi? 
6. Yozma adabiyot vakillarining maqollardan foydalanish usullari haqida 
nimalar bilasiz?
7. Maqollar qanday xususiyati bilan mataldan farqlanadi? 
8. Ibratli so‘zlar qachon maqolga aylanishi mumkin? 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish