Nayrang ishlatish motivi.
Xiylayu nayranglar o‘ylab topish, shu orqali
o‘z ziyrakligi, topqiriligini namoyish etib, g‘animni mahv etish motivi
Alpomishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Alpomish Kayqubodni qalmiq eliga shoh etib
tayinlash uchun unga yuksak ta’rif beradi. 0‘zi ham Kayqubodning xizmatiga
shay ekanligini aytadi. Buni ko‘rgan qalmiqlar Alpomishday pahlavon
Kayqubodni o‘zidan yuqori ko‘ryapti, ertaroq uni axtarib topib, Alpomishni
114
ta’zirini berdirishimiz kerak ekan, deya fikrga boradilar. Kayqubodni shoh etib
tayinlashga bajonidil rozi bo‘lishadi:
“ Alpomish yugurib qiladi xizmat,
Hayron qoldi qarab turgan jamoat,
“Bu qanday gap bo‘ldi cho‘pon azamat,
Yurtdan o‘tgan botir qiladi xizmat.
Tavba denglar bu ish qanday alomat.
Ilgaridan Kayqubodni bilmabmiz,
Zindondan chiqqanda xabar bermabmiz,
Biz burundan shohga kuyov qilmabmiz,
Kayqubodni oldimizga solmabmiz,
Cho‘pon deb bilmabmiz bunday kishini,
Endi ko‘rdik Kayqubodning ishini.”
Qalmiqlami Kayqubod xizmatiga tobe etish maqsadida o‘ylab topilgan
navbatdagi xiyla Alpomish yurtiga qaytar chog‘ida amalga oshiriladi. Yurtning egalari,
saroy ayonlari-yu, vazirlar kun kelib Kayqubodni cho‘pon sanab, unga fitna uyushtirib,
taxtdan tushirib yubormasligi uchun go‘yoki Kayqubod buyrug‘iga binoan, Alpomish
jazosini olishi kerak, deb yana zindonga tashlanadi. Shohning bu qahridan saroy
ayonlaridan tortib, oddiy xalqqacha junbushga keladi:
“Kayqubodning ishi ajab alomat.
Hech buni odam sinab boimadi,
Alpomish bu xonga xarba qilmadi,
Qayta boshdan yana chohga tashladi”.
Qalmoq yurti bari qoyil boiadi.
Sinasob bo‘p endi odamlar yotdi.
El tinchidi Kayqubod turib ketdi,
Zindonning boshiga u zamon yetdi,
Borib chohda hakimbekni ko‘ribdi.
Ot-anjomi bilan u xonni
Zindondan chiqarib endi olgandir,
Qalmoq bari so‘ngra seni qo‘ymas, deb
Maslahatman shu hillani qilgandir ”.
1
Ma’lumki, eposda alpning tug‘ilishidan oldingi shart-sharoitlar qahramon
bog‘liq bo‘lgan jamoaning istaklari va ong osti kechinmalarida o‘z aksini topgan
orzulari ifodasidan iborat bo‘ladi. “Alpomish” dostoni davlat boshqaruvi
shakllanayotgan paytda paydo bo‘lganligi ayon bo‘ladi. Shunga ko‘ra yangi shoh taxt
vorisi bolishiga qaramay, homiy kuchlar tomonidan azaldan “tanlanganligi”, eranlar
tarbiyasini olib alp sifatida yetilishi, o‘z qahramonliklari bilan xalq tomonidan hurmat-
e’tiborga loyiq topilib qabul qilinishi, hatto o‘zidagi ilohiy kuchni ko‘rsatib, tangrining
inoyati bilan tug‘ilgan kishi ekanligini isbotlashi lozim boiadi. Demak, Alpomish ota-
onasi va qabiladoshlarining ong osti kechinmasidagi orzu-istaklari sifatida namoyon
bo‘ladi. Zero, chor-atrofdagi dushmanlardan himoyalanishni istagan xalq
Alpomishday qahramonning tug‘ilishini orzu qilar edi. Bu “Alpomish” dostonining
115
yuzaga kelishiga asos bo‘lgan eng muhim sabablardan biridir.
Dostonning tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb etuvchi nuqtasi baxshi tomonidan
hikoya qilinadigan dastlabki voqealar bayonidan boshlanadi. Shoir qadimgi o‘n olti
urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy, Alpinbiy, Boybo‘ri, Boysari biylar
(urug‘ boshliqlari) o‘tganini hikoya qiladi. Demak, aka-uka Boybo‘ri va Boysarigacha
Boysun-Qo‘ng‘irot elatidagi hayot bir maromda favqulodda hodisalarsiz kechgan
ekan. Ammo Boybo‘ri va Boysariga kelganda, ular farzand ko‘rmadilar. Mana shu
holatning o‘zi bizga “endi nimadir bo‘ladi” degan xabami berayotgandek tuyiladi.
Bundan keyingi hayotda muayyan o‘zgarishlar bo‘lishiga farzand yo‘qligi bilan
tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Chunki xalqimizda uzoq kutilgan yoki Yaratgandan tilab-
tilab olingan farzand hamisha favqulodda ro‘y beradigan yangiliklardan xabar beruvchi
omil sifatida baholanadi. Xalq bu farzandning dunyoga kelishi zarurligini asoslash
uchun juda chiroyli badiiy vaziyatni o‘ylab topgan: chupron to‘yi mazkur holatning
yechimiga aylanadi. Boybo‘ri va Boysarini to‘yda o‘ta haqorat bilan kutib olishadi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va yana ko‘p viloyat, hududlarda to‘yga otda borgan
mehmonning oti jilovini chavandozdan olib maxsus tayyorlangan joyga bog‘lash va
ulov oldiga beda tashlash odati bor. Bu udum hozir ham saqlangan. Boybo‘ri va
Boysariga esa hech kim e’tibor qilmaydi. To‘yda etakdan joy tegadi. Oshning
qoldig‘ini suzib berishadi. Bunday munosabatdan aka-uka ranjiydi. Ayni shu paytda
bir chapanitob boybachchaning gapi haddan oshib ketadi. U odam: “Bu to‘y
o‘g‘illining o‘g‘lidan, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?” - deb
ulaming nafsoniyatiga tegadi. Aka-uka sakson tillani chupronga tashlab turadilar, lekin
to‘yda yeyilgan oshning qarzi faqat to‘yda berilgan osh bilan uziladi. Buning uchun
esa asosli sabab bo‘lishi - yo o‘g‘ilga sunnat to‘yi qilish, yo qiz uzatishda yurtga osh
berib, to‘y xabarini qilish shart.
Doston matnini o‘qir ekanmiz, xalq og‘zaki ijodidagi epik asarlarga xos
xususiyatlardan biri – farzandning yetishmovchiligi oxir pirovardida xursandchilik
bilan yakunlanishiga guvoh bo‘lamiz. Asarni yaratishdan nazarda tutilgan bosh
maqsad farzand dunyoga kelganidan keyin boshlanadi. “Alpomish”da ham Boybo‘ri
o‘g‘il va qiz ko‘rdi, Boysari qizli bo‘ldi. Ana shu yangilikdan so‘ng qahramonlik eposi
o‘z zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy vazifani bajarishga kirishadi. Taniqli olimlar
V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov bu vazifani qabila urug‘chilik munosabatlarining
yemirilishi va mamlakatni boshqaruvchi davlat tizimining vujudga kelishi bilan
bog‘laydilar. Bu g‘oya keyinchalik M.Saidov tomonidan rivojlantirildi. Olimning
fikricha, mamlakatni boshqaruvchi davlatni vujudga keltirish g‘oyasi jamiyat yoshlari
Hakimbek, Qaldirg‘och, Barchin tomonidan ilgari suriladi. Hakimbek “zakot”
tushunchasini o‘ylab topdi. Uning otasiga aytgan zakoti ramziy ma’noni ifodalaydi.
Uni islom dinidagi zakot deb qabul qilish to‘g‘ri emas. Uzoq o‘tmishda soliq
yig‘uvchini zakotchi deb atash odati bo‘lganligini hisobga olsak, Alpomishning taklifi
soliq ekani ravshanlashadi. Boysari nutqida bu ma’no yanada aniqlashadi. U akasining
o‘g‘li borligini yuziga solganini, akasiga zakot berguncha o‘zga yurtda juzya berib
yashagani ma’qul ekanini ta’kidlaydi. Vaholanki, islomda zakotdan hech kim voz
kechgan emas. Aksincha, har bir odam Allohning zakot berishga yetkazgani uchun
shukr qilgan. Qolaversa, islomiy zakot iqtisodiy qiyinchilikdagi odamga beriladi.
116
Dostonda esa Boybo‘ri zakotni o‘ziga berishni talab qilmoqda. Ustiga-ustak
belgilangan zakot hajmi bitta uloqdan iborat. Ma’lum boMadiki, Boysari bor-yo‘g‘i
bittagina uloqni zakotchilarga topshirsa, o‘zining Boybo‘ri hukmida ekanini tan oladi.
Boysari esa bu holat ro‘y berishini istamaydi. U o‘zini Boybo‘riga har tomonlama teng
deb biladi. Yana bir vaziyatga e’tibor bering. Boysarining qalmoq yurtiga ko‘chishini
Barchin ma’qullamaydi. Natijada, u Alpomishni qo‘llaydi. Xullas, Alpomish
tug‘ilgunga qadar totuv yashayotgan el endilikda ikkiga bo‘linadi. Endi Alpomish
zimmasida bo‘lingan aholini o‘z harakati bilan birlashtirish vazifasi turadi. Bu vazifani
bajarish uchun Alpomish qalmoq yurtiga safar qilishi va musofirlikda yashayotgan
yurtdoshlarini Boysun-Qo‘ng‘irotga qaytarishi kerak. Mazkur maqsadni amalga
oshirish rejasi baxshi tomonidan juda asosli tuzilgan: Barchinga qalmoq alplari sovchi
qo‘yishadi. Barchin xat yozib, Alpomishni Qalmoqqa chaqiradi. Ammo Boybo‘ri
o‘g‘lining o‘zga yurtga safar qilishini istamaydi. U maktubni sandiqqa yashirdi. Ana
shu sabab bilan doston voqealarining faol rivojlanishi Qaldirg‘och harakatiga
bog‘lanadi. Uning tashabbusi bilan Alpomish qo‘riq vositasida Boychiborga ega
bo‘ladi va otasining ixtiyoriga qarama-qarshi ravishda Barchinga uylanish uchun
Qalmoqqa jo‘naydi. Qalmoqda esa uni katta sinov kutayotgan edi. Professor M.Saidov
fikricha, bu sinovni, aslida, kelajakda davlat boshqarishni bo‘yniga oladigan Alpomish
uchun Barchin o‘ylab topadi. Uning mulohazasiga ko‘ra davlat boshqaruvchisi zotdor
otga, sifatli yoyga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga u odam jang san’atini, ayni
paytda yoydan o‘q otishni bilishi, jismonan baquvvat bo‘lishi shart.
10-Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: |