ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan,
o‗zbek tilida qo‗llanib kelgan terminlar quyidagicha almashtiriladi:
Abstrakt – mavhum, avtograf – dastxat, adaptatsiya – moslashish,
administratsiya – ma‘muriyat, direktiva – ko‗rsatma, krizis – tanglik va b.
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo‗lish tarixini qadimdan
boshlashimiz zarur. Umumturkiy meros bo‗lmish O‗rxun-Enasoy va
boshqa yodnomalarda o‗z ifodasini topgan qag‗an, budun,
baliq
(―shahar‖ ma‘nosida), sab (―kengash‖ ma‘nosida), bitikchi (―kotib‖
ma‘nosida), alp (―qahramon‖ ma‘nosida) kabi terminlar buning yaqqol
misolidir. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‗zgarishlar, tabiiyki, o‗zining leksik
qatlamlarida ham o‗z ifodasini topadi. Bu fikrimizni M.Koshg‗ariyning
―Devonu lug‗otit turk‖ asaridagi quyidagi
ijtimoiy-siyosiy terminlar
misolida ham ko‗rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (―jamoa‖
ma‘nosida), bachèg‗ (―ahd‖ ma‘nosida), beg, æarlèg‗, boæ (―qabila‖
ma‘nosida), æag‗è, bulg‗aq (―fitna‖ ma‘nosida), æer (―mamalakat‖
ma‘nosida) va hokazo.
O‗sha davr ijtimoiy-siyosiy terminologiyasing muhim
xususiyatlaridan biri shundaki, ularning ba‘zilari hozirgi kunda ham o‗zbek
va qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo‗llanib kelinmoqda (el -
el, boy-bay, ont-ant). H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib
olingan XI-XIV asrlar yozma yodgorliklari tilidagi qiyoslash uchun olingan
ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlardan bugungi kunda uyg‗ur
tilida-348, qozoq tilida-220, qirg‗iz tilida-244, turk tilida-370, o‗zbek
tilida
esa-390 tasi ishlatilar ekan. 2. O‗zbek tilining ijtimoiy-siyosiy
terminologiyasi, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus
tilidan va yevropa tillaridan kirgan o‗zlashmalar hisobiga boyiy boshladi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi har qanday o‗zgarish uning terminologiyasida
ham o‗z izini qoldiradi. Ijtimoiy-siyosiy terminologiya
deganda siyosiy
tuzum, ijtimoiy va siyosiy guruhlar, partiyalar, oqimlar va ularning
vakillari, hukumat yig‗ilishlari
va muassasalari, davlatni boshqarish va
uning organlari, dunyoqarashlar,
mulkiy munosabatlar, ichki va tashqi
siyosat, ijtimoiy-siyosiy hujjatlar, axloq masalalari, xullas,
ijtimoiy-
siyosiy hayot bilan bog‗liq tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar
majmuyi tushuniladi.
O‗zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologik lug‗ati 1976-yildayoq
nashr etilgan edi.
Topshiriq.
Quyidagi tayanch so‗z va iboralarning ma‘nosini izohlang.
zamin, mehr-muhabbat, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar,
urf-odatlar,
yel-yurt ravnaqi, shaxsiy manfaat, fidoyilik, madaniy meros, sadoqat,
jasorat,
xalq farovonligi, ilm-fan va madaniyat ravnaqi.
Do'stlaringiz bilan baham: