7-mavzu:
Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik
xususiyatlari
Hozirgi o‗zbek tilining lug‗at tarkibi (so‗z boyligi) o‗zbek tilining
butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi
so‗zlarning paydo bo‗lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir.
Umuman, har qanday til o‗z lug‘at tarkibi va grammatik qurilishiga ega
bo‗ladi. Lekin xalqlar o‗rtasidagi uzoq tarixiy
davrlar mobaynida davom
etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham
shubhasiz, o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik,
leksik va
boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‗tib o‗zlashib ketadi. Bunday o‗zaro
ta‘sir etish ayniqsa leksikada bo‗ladi.
O‗zbek xalqi ham o‗z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan
iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‗lgan va bu xalqlarning tili
o‗zbek tiliga ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini qoldirgan. Xususan, boshqa
tillardan o‗zbek tiliga ko‗plab so‗zlar o‗zlashganini shu ta‘sir bilan
izohlash mumkin.
Natijada, o‗zbek tili lug‗at tarkibida shu tilning
o‗ziga xos leksik qatlam bilan birga o‗zlashgan qatlam ham yuzaga
kelgan.
O‗z qatlamga o‗zbek tilining o‗ziniki bo‗lgan, shuningdek, turkiy tillar
uchun umumiy bo‗lgan so‗zlar kiradi. O‗zbek tili lug‗at tarkibida turkey
tillar uchun umimiy bo‗lgan so‗zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday
so‗zlar barcha so‗z turkumida bor. Masalan: tosh, tog‗, yer, bosh, suv, til,
kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta,
indin, ilgari va boshqalar.
O‗zbek tilining bevosita o‗zininki bo‗lgan
asosiy leksik qismini
shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‗ziga xos
qonun -qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‗zlar tashkil etadi. Bunda
uch holat kuzatiladi:
1) asli o‗zbekcha so‗zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan
so‗zlar: qatnashchi, terimchi, qotishma, qo‗llanma, turg‗un, bolalarcha kabi;
2) o‗zlashma so‗zlardan o‗zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan
so‗zlar;
a) tojikcha so‗zlardan yasalgan so‗zlar: jangchi, mardlik,
sabzavotchilk, do‗stlik, pulsiz, xastalanmoq; b) arabcha so‗zlardan
yasalgan so‗zlar:
rahbarlik, qimmatli, ovqatlanmoq; v) ruscha-
baynalmilal so‗zlardan yasalgan so‗zlar:
sportchi, betonlamoq;
3) boshqa tillardan o‗tgan yasovchi vositalar yordamida o‗z va
o‗zlashma so‗zlardan hosil qilingan so‗zlar: tilshunos, mehnatkash,
kitobxon, vagonsoz, ilmiy.
O‗zlashgan qatlam.
Forscha-tojikcha so‗zlar. Fors-tojik tilidan so‗zlar tovush
o‗zgarishlarisiz olingan. So‗z o‗rtasi va oxirida qo‗sh
undoshlar keladi,
tarkibida no-, ba-, be-, hamkabi old qo‗shimchalari bo‗ladi. Masalan:
andisha, barg, bahor, daraxt, farzand, daromad, buromad, ozoda,
noma‘lum, bedarvoza, hamkasb.
Arabcha so‗zlar. Arab tilidan o‗zlashgan so‗zlarning ko‗pchiligi fan
va dinga oid bo‗lib, asosiy qismi fors tili orqali kirgan. Masalan: adabiyot,
kitob, oila, davlat, mehnat, muqaddas, san‘at, a‘lo, mutolaa, doim, inshoot
kabi.
Ruscha-baynalmilal so‗zlar. Rus tili va u orqali g‗arb
tillaridan
o‗zlashgan so‗zlar fan-texnika, siyosiy-iqtisodiy sohalarga oid. Bu so‗zlar
ikki usulda: aynan va kalkalab olish bilan o‗zlashgan. Bunday so‗zlar
o‗rtasida undoshlar yonma -yon keladi, so‗z oxirida qo‗sh undoshlar,
qorishiq
tovushlar, old qo‗shimchalar ishlatiladi. Masalan: benzin,
vokzal, stol, deputat, dialect, diagramma, budjet, sentabr, metal,
interaktiv kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: