maqolalardan iborat bo‗ladi. Ularda fikr kichik
hajmdagi ommabop jumlalar
orqali ifodalanadi.
Zarur o‗rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
«muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so‗ziga ko‗ra,
muxbirimiz voqea ro‗y bergan joydan xabar beradi...» va hokazo iboralar
qo‗llanadi. Har bir xabarga ta‘sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi
sarlavhalar qo‗yiladiki, bu hol o‗quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun
barchaga barobarmi?», «Kafolat va‗da emas», «Chetlatilgan mutaxassis»,
«Tuya ko‗rdingmi – yo‗q», «Chumchuq so‗ysa ham qassob so‗ysin»). Ayrim
hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham
beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‗shilib ketadi.
Ommabop
uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‗zgusidir.
Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va
birikmalar bo‗ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat,
siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b.
Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim
xususiyati axborot berish va ta‘sir qilish,
soddalik, tushunarlilik, ta‘sirchanlik,
adabiy til me‘yorlariga qat‘iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga
ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladigan, asosan,
ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko‗rinishidir. Publitsistik uslub
o‗zining obrazliligi, hissiy-ta‘siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi,
aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy -
siyosiy
masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiysiyosiy masalalarni hal
etishga undashning faolligi, o‗ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning
ko‗p qo‗llanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning o‗xshash
tomonlaridir.
Publitsistik va badiiy uslubning ham o‗xshash tomonlari mavjud. Ikkala
uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan ko‗proq foydalaniladi. So‗z
va terminlar siyosiy ma‘nosining badiiy uslub
elementlari bilan qorishgan,
uyg‘unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada
ko‗taradi va uning ta‘sirchanligini oshiradi. Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy
terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat‘iy
qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo‗llanilishi bu uslubning o‗ziga xos
xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid,
sovuq urush,
ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy
istiqlol mafkurasi, xalq e‘tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat
munosabatlari,
jamiyatimizning
faol
ishtirokchisi,
mafkuraviy
bo‗shliq,
xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta‘siriy so‗zlar va birikmalardan,
maqol va
hikmatli so‗zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so‗zlar bu
uslubda sarlavha nomi bo‗lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada
yorqinroq bo‗lishini ta‘minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog‘ qoladi. Bizdan ozod va
obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: