,
yog`mir (yomg`ir), supra
(
surpa) kabilar.
2. So‗z tarkibidagi ayrim tovushlar tushirib qoldirilgan holda talaffuz
qilinadi. Masalan, usha (ushla), to`r (to`rt), so`rma (so`rama), tashama (tashlama),
kabi.
3. Tovushlar orttirilgan holda talaffuz qilinadi. Masalan, chechmoq
(yechmoq).
4.
So‗zlar
qisqartirilgan
holda
talaffuz
qilinadi.
Qopti
(qolibti), kepti (kelibti), opkel (olib kel), opti (olibti) kabilar.
Oddiy so‗zlashuvlarga xos bu xildagi talaffuzlar dialekt va shevalarning
ta‘siri natijasida bo`lib, adabiy normalarga mos kelmaydigan holatlardir.
So‗zlashuv
uslubining
lug`aviy
va
grammatik
xususiyatlari.
So‗zlashuv uslubida ham boshqa uslublarda bo`lgani kabi umumiste‘mol so‗zlari
asosiy lug`aviy qatlamni tashkil etadi. Chunki, umumiste‘-mol so‗zlarining katta
qismi kundalik turmushni aks ettiruvchi so‗zlardir. Bunday so‗zlar barcha uslub
turlarida keng qo`llaniladigan, uslubiy bo`lmagan neytral so‗zlardir; ota, ona, aka,
uka, singil, non, suv, tuz, osh, tosh, oy, quyosh, yulduz, qish, yoz, bahor, yamoq,
ichmoq
,
uxlamoq, turmoq, oq, qizil, yaxshi, yomon, qora, tez, lekin, erta, kech,
kunduz, men, sen, u va boshqalar hutq uslublarini birlashtirib turuvchi
umumiste‘mol so‗zlaridir. Shu bilan birgalikda, so‗zlashuv uslubida vaziyat talabi
bilan bog`liq ravishda ilmiy atamalar ham, kasb-hunarga oid so‗zlar ham, adabiyot
san‘at, madaniyat va musiqaga oid so‗zlar ham, sodda so‗zlashuv bo`yog`i bilan
farqlanuvchi erkalash, qarg`ashni ifodolovchi so`zlar ham, obrazli, emotsional
buyoqdor so‗zlar ham qo`llaniladi. So‗zlashuv uslubini lug`aviy jihatdan
xarakterlovchi vositalar so‗zlashuv bo`yog`iga ega bo`lgan dag`al, qo`pol
so‗zlardir. Bunday so‗zlar asosan jonli so‗zlashuv hutqiga xos bo`lib, turli
emotsional bo`yoqlarga ham ega. Masalan, mahmadana (sergap), barzangi
(gavdali) ochofat, (yeb to`ymaydigan), ofatijon (go`zal), daroz (uzun) kabilar
so‗zlashuv uslubini tayanch uslubiy ijobiy va salbiy emotsional so‗zlarga
boyligidadir. By holat so‗zlashuv uslubinng tub mohiyatidan kelib chiqqan. Bu
holat so‗zlashuv uslubi turli fikr va mulohazalarni tinglovchilarga ta‘sirli tarzda
yetkazish vazifasini o`z oldiga qo`yadi. Bunda tildagi turli emotsional bo`yoqdor
so‗zlardan keng foydalaniladi.
So‗zlashuv uslubi morfologik jihatdan ham muayyan xususiyatlarga ega.
Chunonchi, so‗zlashuv uslubi qisqalikka ixchamlikka tayanuvchi uslub bo`lganligi
uchun bu uslubda so‗zlarni qisqartirib qo`llash holatlari ko`p uchraydi. Ana
shunday qisqartirilgan holda qo`llash morfologik vositalarga ham to‗g'ri keladi.
Binobarin, so‗zlashuv uslubi qaratqich va tushum kelishiklarining qo`shimchalari
ko`pincha tushirib qoldiriladi
;
kitob varag`i, olma bargi, uy yig`ishtirmoq kabi
so‗zlashuv uslubida qo`shimchalar yoki so‗zlarni qisqartirib qo`llash fe‘l
turkumida yaqqol ko`rinadi. Masalan, emas, ekan, to`liqsiz fe‘llari qisqargan
shaklda
o`zidan
oldingi
so‗zga
qo`shilgan
holda
ishlatiladi:
borganmas
,
ko`rganmas, bo`ldimikan, aytdimikan kabi.
Fe‘lning sifatdosh shakli -gan qo`shimchasi shakllanadigan so‗zlar
so‗zlashuv uslubida -yotuvdi shaklida aytiladi: Masalan, borayotuvdi, o`qiyotuvdi,
chopayotuvdi kabi.
Felning adabiy tildagi - (b) edi ravishdosh shakli so‗zlashuv uslubida uvdi -
ovdi
shaklida
talaffuz
qilinadi.
Boruvdi,
keluvdi,
o`tiruvdi
kabi.
So‗zlashuv uslubida erkalash, hurmatlash ma‘nolarida -jon, -xon, -lok
qo`shimchalarini olgan otlar ham qo`llaniladi.
Biroq bunday holatlar so‗zlashuv uslubini morfologik jihatdan alohidaligini
belgilamaydi. Qo`shimchalar nutqning barcha uslublarida bir xilda qo`shiladigan
yagona vositalardir. Ayrim qo`shimchalarning farqli jihatlar asosan so‗zlashuv
uslubining qisqalikka, ixchamlikka asoslanishining natijasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |