ishlatiladi: Yurgan daryo, o‗tirgan bo‗ryo (hozir bo‗yra tarzida ishlatiladi;
daryoning dayra shakli ham shevali holat sifatida saqlangan). Ko‗rinadiki, bunday
yozuv tarixiy-an‘anaviy tamoyilga asoslangan. Bu tamoyilga ko‗ra, so‗zlar tarixiy
taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan o‗zgarishlari e‘tiborga olinmay,
asli qanday
bo‗lsa, shundayligicha yoziladi. Masalan: navqiron, xavf, Said, rais. Tarixiy-
an‘anaviy tamoyil hozirgi o‗zbek orfoepiyasi va orfografiyasi uchun yetakchi o‗rin
egallamasa-da, tarixiy davr ruhini jonlantirishda, tarixiy asarlardagi obrazlarning til
xususiyatlarini, uslubini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak,
orfografiya bilan orfoepiya adabiy tilimizni takomillashtirishda, uni muntazam bir
shaklga solishda muhim ahamiyatga ega. Orfoepiya bilan orfografiya og‗zaki va
yozma nutqni bir-biriga yaqinlashtirishga, milliy-adabiy tilning birligini yaratishga
xizmat qiladi. Shuning uchun ham, ular adabiy tilning muhim amaliy qismi sifatida
nazariy asos qismlari bo‗lmish fonetika, grammatika (morfologiya) bilan
chambarchas bog'liq holda o‗rganiladi.
Shunday qilib, o‗zbek
tili tovush tizimi, fonologik tahlili, ishlatilish
marotabasi, tovushlar tavsifi va tasnifi, miqdoriy xossalari, so‗z ichidagi
o‗zgarishlar, o‗zlashgan so‗zlaming strukturasidagi o ‗zbek tiliga moslashuv uchun
yuzaga kelgan o‗zgarishlar, urg‗u
va uning vazifalari, nutq bo‗laklari, qisman
intonatsiya ustida to‗xtalib o‗tdik.
Mashq.
0‗qing. Fonetik va morfologik tamoyil asosida yozilgan so‗zlami
ikki guruh qilib ajratib yozing. Nasihatlarning mazmuniga amal qiling. Luqmoni
hakimning aziz farzandiga qilgan yuz nasihatidan: 1. Ey, farzandim, ulug‗ va
qudratli yaratuvchini tani. 2. So‗zni o‗z qadringga loyiq gapir. 3. Do‗stni qiyin
kunda sina. 4. Dono va ziyrak do‗stni tanla. 5. Yaxshi ishga qattiq kirish. 6. So‗zni
isboti bilan gapir. 7. Do‗st-dushmaningga yuzingni ochiq tut. 8. Ota-onani
g‗animat bil. 9. Ustozni otangdek aziz deb bil. 10. Xarjni kirimga qarab qil. 11.
Birovning uyiga kirganda ko‗z va tilingga ehtiyot bo‗l. 12. Libosingni va
badaningni toza tut. 13. Etik va kavush kiyishni o‗ng
oyoqdan boshla, yechishni
esa - chap oyoqdan. 14. Oz yeyish va oz gapirishni odat qil. 15. Ishni avval o‗ylab,
chora-yu tadbir bilan qil. 16. 0‗qimay ustozlik qilma. 17. Qilinmagan ishni
qilingan hisoblama. 18. 0‗tgan janjalni eslama. 19. Aytgan so‗zigni yana qaytarma.
20. Hamma odamni hurmatlashni unutma. 21. G‗azabing kelganda so‗zni tanlab
gapir. 22. Kattalardan oldinda yurma. 23. Mehmonga ish buyurma. 24. Manman va
takabbur bo‗lma. 25. Xudodan qo‗rqish, xalqqa insof qilish, ulug‗larga xizmat,
kichiklaiga shafqat, darveshlarga saxovat, do‗st-u yor,
yoshlarga nasihat,
dushmanlarga yumshoqlik, johillarga jimlik, olimlarga tavoze qilish bilan yasha.
Birovning moliga ta`ma ko‗zi bilan boqma.
Mashq.
Matnni ifodali o‗qing va yod oling. Tarixiy-an‘anaviy tamoyil
asosida yozilgan so‗z va grammatik shakllarni ko‗chiring, ularni hozirgi adabiy til
me‘yori bilan taqqoslab, izohlang. Yurt qayg‗usi Ey, ulug‗ Turon, arslonlar
o‗lkasi! Senga ne boldi? Holing qalaydur? Nechuk kunlarga qolding? Ey,
Temurlaming, 0‗g‗uzlar oilalarining shonli beshiklari!
Qani sening yuksak
o‗rinlaring? Qullik chuquriariga nedan tushding? Dunyoni ―urho‖lari bilan
titratadurgan yo‗lbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprog‗ini ko‗klarga
uchiraturg‗on tog‗ gavdali o‗g‗lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydur? Yer
yuzining bir necha polvonlari bo‗lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar?
Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini o‗zgalarga nechun qo‗ydilar? Nechun...
Nechun... Nechun? Gapir menga, ey, ulug‗ Turon, arslonlar o ‗lkasi, senga ne
bo‗ldi? Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning,
Eronning, Ovro‗poning ulug‗ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar
o‗chog‗i! Ey, qahramonlar to‗g‗oni! Qani u, chaqmoq chopishli botir xoqonlaring?
Qani avval o‗q yurishli otli beklaring? Nechun ―urho‗lari eshitilmaydur?
Dunyo
xalqini bo‗ysundurgan saltanatlaring nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari
ostiga olgan xoqonlig‗ing kuchi nechun o‗ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi
qolding? Yo‗q... yo‗q... Tangri haqi uchun yo‗q!.. Sen kuchsiz emassan, sen
kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida 80 million bolang bor. Bularning
tomirlaridagi qon Temurlarning qonidur! Bularning kuchlari sening kuchingdur!
Ey, ulug‗ Turon, arslonlar o‗lkasi! Qayg‗urma! Eski davlating,
eski saltanating,
eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech bin yo‗qolmamishdur!
Yolg‗iz... Oh, yana yolg‗iz,..