2
.
Tashkilotchi
: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida
imkoni boricha ko‗p bilishga harakat qiling.
3
.
Tadbir
: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni
bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
4. Mavjud vaqt:
sizga mo‗ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni
tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo‗ladi.
5. Boshqa notiqlar:
yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan
kimlardir bo‗ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo‗lishi
yoki bo‗lmasligidan qat‘i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor
bo‗ling.
6
.
Tinglovchilar
: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos
bo‗lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq
bo‗ladi. Taqdimotda foydalangan so‗zlaringizga e‘tibor qarating, mos bo‗lmagan
hech narsaga murojaat qilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |