2. Matnni va ko‗rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O‗zining ko‗rinishi va xatti-harakatlariga e‘tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. O„tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o‗zingizni qulayroq his
qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir
necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo‗lsa, siz xona,
o‗rindiqlar joylashuvi, notiqning o‗rni bilan tanishishga harakat qiling, ko‗rgazmali
qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e‘tibor
qarating.