Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini
yanada chuqurroq o‗rganish, terminlar yaratish va ularni qo‗llashni til
qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga
aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada
teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‗yicha
atroflicha
tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e‘lon qilingandan keyin, bu sohadagi
ahvol butunlay o‗zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi.
Dunyoning juda ko‗p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‗l
ochildi. Bu omillar o‗zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‗lishiga
sabab bo‗ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham
o‗ziga xos o‗rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining
hozirgi bosqichida iq tisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan
tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
―Termin‖ tushunchasiga yuklangan mazmun
quyidagicha belgilarga
asoslanadiki, bular terminlarni umumiste‘moldagi so‗zdan farqlash uchun
yetarli deb o‗ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‗lmish
ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‗z yoki
birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo,
mavhum tushunchalarning
maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta‘rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida
tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini
ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma‘lum
tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‗l qo‗yuvchi, farqlovchi
belgilarni ravshanroq ko‗rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning
tushunchalar tizimi bilan
o‗zaro munosabatda bo‗lgan terminlar jami sifatida ta‘riflanadi. Har qanday
tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‗g‗ri keladi. Terminologik
tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar
umumiste‘moldagi so‗zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‗llanishi
ma‘lum darajada nazorat ostida bo‗ladi. ―Terminlar paydo bo‗lib qolmaydi‖,
aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda ―o‗ylab topiladi‖, ―ijod
qilinadi‖. Masalan, bo‗lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‗zaki nutqida kartel,
kliring, tovar oboroti,
mayda mulkchilik, mablag‗ ajratish, renta kabi tor
doiradagina qo‗llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‗z-o‗zidan
ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida
ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki,
ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi:
Bozor, mol, savdo,
savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi
kabilar shular jumlasidandir.
Ta‘kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab
chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya‘ni yig‗indisi
terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi,
tibbiyot
terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
―Maqollar zanjiri‖ metodi. Maqollardagi nuqtalar o‗rniga tushirib qoldirilgan
so‗zlarni qo‗yib chiqing.
Maqollar Javob
1. Dilni dilga ... yaqinlashtiradi.
2. Intizomli lashkar ...mas.
3. Sarishtali uy - ... uy.
4. ... kurashga to‗ymas.
5. ... topsa, bo‗lib yer, ... topsa bosib yer.
6. Rejali ish – hamisha ....
7. Shoshganda ... topilmas.
8. ... yaltiroqning ... qaltiroq.
9. Qoqilsang ...dan o‗pkalama.
10. ... bilan ... egizak.
Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari:
1.Grammatika
darajasida,
so‗zning
muayyan
shakllari
va
so‗z
kombinatsiyalarini va jumlalarni barpo qilish bilan ilmiy matnning mavhumligi
yaratilgan: bu
...
va hokazolar.
2. Ilmiy matn kontekstidagi fe'llar abadiy, umumlashtirilgan ma'noga ega.
Va asosan hozirgi va o‗tmishdagi shakllar qo‗llaniladi. Ularning almashinuvi
"tasviriylik" yoki
rivoyatning dinamikasi emas, aksincha, ular tasvirlangan
hodisaning muntazamligini ko‗rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: