O'yin nomi - "Qurilishga sayohat"
Maqsadi - O'quvchilarni misolni to'g'ri va aniq yechishga o'rgatadi.
O'yin qoidasi-O'yin bosqichma-bosqich holda bajariladi.
Mazmuni -Magnit taxtachaga uyning poydevoridan tortib to uy to'liq tayyor bo'lgunga qadar bo'lgan jarayonni aks ettiruvchi tasvir yopishtirib qo'yiladi.
Uyning yonidan o'tuvchi yo'lga yengil mashina qo'yiladi. Uyning poydevori qurilishdan tomi yopilguncha bo'lgan 5ta bosqichning har biriga bittadan - jami 5ta kartochkaga yozilgan topshiriqlar bilan tanishtiriladi. Eng avval doskaga chiqqan o'quvchi 1-rasm ostidagi kartochkani olib o'qiydi va uni sinf o'quvchilari bilan birgalikda yechadi. 1-topshiriq bajarilgach, o'qituvchi uyning poydevori qurilganini aytib o'tadi . O'qituvchi uyning poydevori qurilganini e’lon qilgach , 2-topshiriq bajariladi, 2- o'quvchi doskaga chiqib mashinani 2- bosqich tagiga surib qo'yadi. 2-bosqich o'quvchining kartochkasini olib topshiriq o'quvchilar bilan birgalikda bajariladi. Topshiriq bajarilgach, o'qituvchi uyning devori bitganligini e’lon qiladi, 3-o'quvchi chiqib mashinani 3-bosqich tagiga surib qo'yadi, o'yin shu tariqa 5 bosqichda davom etadi . Oxirgi bosqichda mashina 5-bosqichga surib qo'yilgandan keyin o'qituvchi uyning bitganligini e’lon qilib, uyning bitishiga yordam bergan faol o'quvchilar rag'batlantiriladi .
O'yin jihozi: Magnit taxtacha uyning poydevoridan
tortib to uy to'liq tayyor bo'lganga qadar bo'lgan jarayonni
aks ettiruvchi tasvir, yengil mashina tasviri.
Didaktik topshiriq: O'quvchilarning matemetika darslarida faolligini oshirish.
O'yin topshirig'i: O'quvchilarning topqirlikka, chaqqonlikka, ziyraklikka oid bilim, malaka va ko’nikmalarini mustahkamlash.
O'yin bayoni: Bu o'yin uchun quyidagi jihozlarni tayyorlash lozim: magnit doska, qalin qog'ozdan yasalgan qayiqchalar, ularning cho'ntakchasiga solib qo'yish uchun misollar yozilgan varaqlar. O'qituvchi o'yinning sharti bilan tanishtiradi. Kim quyidagi misolni birinchi yechsa, o'sha o'quvchi oldinda suzib ketayotgan bo’ladi, g'oliblar shu tariqa ketma-ket aniqlanadi.
O'yinda kim misolning javobini tez topsa, o'sha o'quvchi
ning kemasi
oldinda suzib ketayapti deb o'quvchilarni rag'batlantirib borilsa, o'quvchilarda qiziqish shuncha ortadi. Mehnat darsida turli xildagi ko'rsatmali ko'rgazmalar (kema) yasatish ayni muddao bo'ladi. O'qituvchining o'yin musobaqa darslarini yil fasllariga moslab tashkil qilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Dars jarayonida bir xil o'yindan ko'p marta foydalanish o'quvchilarni zeriktiradi, shuning uchun ko'p va har xil o'yinlardan unumli foydalanilsa, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlari va faolliklari shunchalik ortadi. «Estafeta» o’yinini «Doiraviy misollar» o'yini tarzida ham o'tkazib borish katta ahmiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |