8
«Turizm: nazariya va amaliyot» fanining vazifalari sifatida
quyidagilar
belgilab olingan:
-
xorijiy turizm bozorini rivojlantirish tendensiyalarini o‗rga-
nish;
-
turizm sohasining tasniflanishi va turlari haqida ma‘lumot-
larni yoritib berish;
-
turizm sohasining resurslari haqida tushuncha berish;
-
turizm sohasini rivojlantirishda O‗zbekistondagi tarixiy
shaharlarning o‗rni va ulardagi turistik
salohiyatdan foydalanish
imkoniyatlari haqida ma‘lumotlar berish;
-
turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlarning farqini
aniqlash hamda ularni tayyorlash texnologiyasini o‗rgatish;
-
turizm sohasida joylashtirish, ovqatlantirish hamda transport
xizmatlarining o‗rni va rolini tushuntirib berish;
-
turizmda gid-ekskursiya xizmatlarining mohiyati, ahamiyati
va ekskursiya xizmatlarini amalga
oshirish jarayonlari haqida
ma‘lumotlar berish;
-
turizm industriyasi va infratuzilmasining ahamiyatini hamda
ulardagi muammolarni yoritish;
-
ekologik, gastronomiya va qishloq turizmlarini rivojlan-
tirishning zamonaviy tendensiyalarini o‗rganish;
-
turizm sohasini davlat tomonidan boshqarishning yo‗nalish-
lari va mexanizmini yoritib berish;
-
turizmni rivojlantirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilot-
larning o‗rnini aniqlash;
-
turizm xizmatlarini litsenziyalashtirish, sertifikatlashtirish va
standartlashtirish tartibini tushuntirish;
-
turizm sohasida xalqaro huquqiy va me‘yoriy hujjatlar haqi-
da ma‘lumot berish va b.
Mazkur fanni o‗rganish «Ekskursiya xizmatlarini tashkil
qilish», «Xalqaro turizm: tajriba va amaliyot», «Mintaqaviy
turistik
resurslar», «Restoran servisini tashkil qilish», «Ekoturizm», «Tu-
rizmda transport xizmatlari», «Turizmda mehmonxona xizmatlari»,
«Iqtisodiy va turizm geografiyasi» kabi
fanlar bilan uzviy aloqada
olib boriladi.
Fanni o‗zlashtirish jarayonida Samarqand, Buxoro, Xiva
shaharlariga turistik ekskursiya, ekspeditsiya va maxsus turlar
9
tashkil etish, har yili Toshkentda o‗tkaziladigan an‘anaviy ―Buyuk
Ipak yo‗lida turizm‖ Xalqaro turizm
yarmarkasida ishtirok etish,
mehmonxonalar va turistik firmalar faoliyati bilan yaqindan tani-
shish, ekologik, tarixiy-madaniy yodgorliklarni namoyish etuvchi
multimediya
slaydlaridan foydalanish, turistik marshrutlar xarita-
larini ishlab chiqish lozim bo‗ladi.
«Turizm: nazariya va amaliyot» fani «Turizm (faoliyat yo‗na-
lishlari bo‗yicha)», «Mehmonxona xo‗jaligini tashkil etish va
boshqarish» ta‘lim yo‗nalishlarining I bosqich bakalavrlari uchun
mo‗ljallangan. Unda xorijiy davlatlar
va respublikamizda nashr
etilgan turizm sohasiga oid ilmiy, o‗quv, uslubiy qo‗llanmalardan
hamda jurnallardagi maqolalardan, internet saytlardan, turistik
firmalarning namunaviy marshrutlari, bukletlar va GPS yo‗l ko‗rsat-
kichlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: