Kirish
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar raxbarlari, ishchi-xodim, mutaxassislari oldida turgan bosh vazifalardan biri mavjud resurs, imkoniyat va salohiyatdan oqilona foydalanish hisoblanadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2021 yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-son Farmonida ham sanoat korxonalari salohiyatidan oqilona foydalanish zaruriyatiga alohida ta'kidlab, “So‘nggi yillarda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish, shahar va viloyatlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga aholini ish bilan band qilishni kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirildi”.
Sanoat korxonalarida iqtisodiy salohiyatini oshirish - bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Shuni ta'kidlash kerakki, «Iqtisodiy salohiyat»tushunchasi ko‘plab xorijiy iqtisodchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Jumladan, G.B.Kleykor, R.M.Kachalov, V.L.Tambovsevlar va mahalliy olimlarimizdan Sh.Shodmonov, M.R.Rahimova, A.E.Ishmuxamedov, U.G‘afurov, M.N.Ravshanov, I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev, B.I.Isroilov, Sh.S.Jo‘raev, M.F.Mahmudov, Sh.S.Egamberdiev, G.Shanazarova kabilarning ishlari sanoat korxonalari salohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarini 1-rejada o‘rganib chiqamiz.
Kurs ishining asosiy maqsadi: Korxona foydasini oshirishning amaliy yo’llarini o’rganish
Kurs ishining vazifalar quyidagilardan iborat:
iqtisodiy salohiyat tushunchasi, mohiyati va mazmuni bo‘yicha xorijiy hamda mahalliy olimlarimiz fikrlarini o‘rganish;
“Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taxlil qilish;
Sanoat korxonalarini iqtisodiy salohiyatini oshirishning amaliy yo‘llarini ochib berishdan iborat.
Ikkinchi rejada ob'ekt sifatida tanlab olingan “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyatining yillik statistik ma'lumotlaridan foydalaniladi. Ular asosida tegishli jadvallar tuziladi. Bu jadvalda maxsulot sotishdan tushgan tushum, ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxi, asosiy vositalarni o‘rtacha qiymati, aylanma mablaglarni o‘rtacha qiymati, nomoddiy aktivlarni o‘rtacha qiymati, mehnat salohiyati kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni tegishli yillar bo‘yicha raqamlar keltirilishi ko‘zda tutilgan.
Kurs ishining uchinchi rejasida ob'ekt sifatida tanlab olingan “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy salohiyati oshirish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni amalga oshirish yo‘llari keltirilishi nazarda tutiladi. Unda xorijdagi ilg‘or tajribalarni qo‘llash maqsadga muofiqdir.
Kurs ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |