1.2. O„zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari
O‗zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida
turizm sohasining markazlashgan ma‘muriy boshqaruv tizimi 1971–
1991-yillar davriga to‗g‗ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham
ko‗zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maq-
sadidagi obyektlar sonining ko‗payishi, mavjudlarida esa mijozlarga
ko‗rsatilgan xizmatlarning sifati bo‗yicha ko‗plab e‘tirozlar paydo
bo‗la boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‗ra, mehmonxonalar, turba-
zalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilina-
digan 50 foizgacha bo‗lgan barcha xizmatlar fuqarolarning norozi-
ligini keltirib chiqargan. Joylashtirish va ovqatlanish xizmatlari
bilan birga, hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko‗rsatish talab
darajasida bo‗lmagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va
sifatsiz bo‗lgan. Bugungi kunda O‗zbekistonning turizm sohasidagi
rivojlanishini shartli ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |