O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

Disko-barlar 
– kunduz kunlari kafe sifatida ish olib boradi, 
kechqurun esa bar xizmatini o‗taydi. Bu yerlarda doimo diskoteka 
uyushtiriladi. Disko-barlar alohida binolarda yoki mehmonxo-
nalarning yarim yerto‗lalarida faoliyat ko‗rsatadi. Disko-bar zallari 
zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. 
Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‗rinishga 
mos yorug‗lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‗rsatish 
uchun katta ekran o‗rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, 
yorug‗likni har xil qilib ko‗rsatish uchun asboblar, shuningdek, 
televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni 
disko-bar xodimi boshqarib boradi. Bu barlarda orkestrlar, 
ashulachi, aktyorlar ishtirokida yoshlarning dam olish kechalari 
o‗tkaziladi. Tavsiya etiladigan mahsulotlar assortimenti turlichadir: 
odatda, yengil, sovitilgan, aralash ichimliklar, gazaklar, buterbrod, 
issiq taomlar bo‗lishi ham mumkin. Qandolat-shirinliklar va 
muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi.
Ekspress-barlar
(bir zumda xizmat qilish) – savdo markazla-
rida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‗rsatadi. Mahsulotlar 
assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, par-
chalangan, qiymalangan go‗shtlar non betiga qo‗yilgan taomlar, har 
xil qandolat va sut mahsulotlari. Tikka turib ovqatlanib ketadigan 
barlarda taom assortimenti cheklangan bo‗ladi. Bular – bifshtekslar, 
langetlar, parranda go‗shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqovbosdi 
ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofe. 
Pivo barlari
– maxsus joylarda pivo quyib sotiladi yoki 
shishalarda beriladi. Quyib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan 
yoki ishlab chiqargan zavod avtotsisternasidan bevosita avtomatlar 
orqali quyib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar 
bo‗lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‗z-
o‗ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‗lanadi. 
Pivo barlari pivo sotish bilan birga, issiq va sovuq gazaklar ham 
sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, 
har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovu-
rilgan kartoshka, quritilgan qora non, sho‗rdanak, sho‗r bodom va 
boshqalar kiradi. 


157 
Vino barlari 
– mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida 
faoliyat ko‗rsatadi. Yengil ovqatlanish ham mumkin, vaqti 
cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda 
qulay. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‗lsa, 
do‗stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilish 
mumkin bo‗ladi. Xotirjamlik bilan bir piyola choy yoki kofe ichib 
ketish mumkin. 
Gril-barlar 
– savdo markazlarida, shahar mavzelarida, dam 
olish zonalarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda 
joylashgan bo‗ladi. Gril-barda xo‗randa tanqis, noyob ovqatlarni 
olishi mumkin. Bu yerdagi taom assortimenti xo‗randaning tezlik 
bilan ovqatlanishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‗p tarqalgan 
ovqatlardan qovurilgan baliq, jo‗ja, kabob, bifshteks bo‗ladi. Gril-
barlarda taom xo‗randaning ko‗z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda 
bar peshtaxtalari ro‗parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‗yiladi. 
Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish