O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

5.6. Turistik takliflar mohiyati 
 
Firmalar maqsadi.
 Iste’molchini tanlashni tahlil etganimizdek, butun firmalar 
tadbirkorlik  xulqini  yutuqqa  erishish  yo‘lida  ular  duch  keladigan  to‘siqlar  va 
cheklanishlarni o‘rganishni boshlaymiz. Barcha firmalar – suvenirlar laryoki, restoran 
yoki yirik mehmonxonalar korporatsiyasi bo‘lsin, bitta yoki bir nechta egalar xususiy 
mulklari  hisoblanadi.  Ularning  moddiy  manfaatdorligi  firmalar  daromadlariga 
bog‘liqdir. Turgan gap, har bir korxona egasi maksimal foyda olish va o‘z boyligini 
ko‘paytirishga 
harakat 
qiladi. 
Daromad 
bozor 
iqtisodiyotida 
qudratli 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Tadbirkor unga intilar ekan, yangi ish boshlaydi 
yoki  mavjud  ishini  kengaytiradi,  bir  xizmat  va  tovar  ishlab  chiqishdan  boshqasiga 
o‘tadi.  Daromad  bosh  iqtisodiy  raqbat  sifatida  korxonalar  boshqaruvchilarini  va 
iqtisodiy  rag‘bat  sifatida  korxonalar  boshqaruvchilarni  va  egalarini  ishlab  chiqarish 
samaradorligini  oshirish,  resurslarni  tejovchi  ilg‘or  texnologiyalarni  joriy  etish, 
iste’molchi  uchun  boshqa  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  raqobatga  kirishishga  majbur 
etadi. 
Korxonalar  ko‘proq  daromad  olishga  intilayotgani  amalda  oydin  bo‘lsada, 
unga hamma  mutaxassislar ham  qushilmaydi. E’tiroz mohiyati shunga olib keladiki, 
bu  yo‘l  quyilish  inson  tabiatini  juda  toraytirib  quyadi.  Ishbilarmon  qarorlari  qabul 
qilish  jarayonida  juda  ko‘p  motivlarni  nazardan  chetda  qoldiradi.  Adabiyotlarda 
bunga  albternativ  sifatida  ko‘pincha  firmalarning  notijoriy  maqsadlari  tilga  olinadi: 
nufuzini oshirish, xayriya tadbirlar va boshq. 
Iqtisodchilar  yo‘l  qo‘yilganni  himoya  qilish  uchun  ikki  xulosani  dalil 
keltirishadi:  
Birinchidan,  kutilayotgandan  kelib  chiqish  –  bu  o‘ziga  xos  ixchamlashtirish, 
har  qanday  nazariy  qurilish  uchun  zarur,  bu  holda  tadbirkorlik  xulqi  iqtisodiy 
modelini  yaratish  uchun  kerak.  U  firmalar  qanday  qilib  takliflar  hajmini  tanlaydi 
degan bosh savolga javob beradi. 
Ikkinchi  dalil  «Jon  saqlab  qolish  prinsipi»ga  tayanadi.  Unga  ko‘ra,  raqobat 
kurashida  o‘z  faoliyatini  maksimum  daromad  olishga  qaratgan  firmalar  yutib 
chiqishadi.  Daromad  investitsiyalash  kapitalni  ko‘paytirish  va  nihoyat 
kompaniyaning turg‘un rivojlanishi uchun mablag‘ manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar 
firma  boshqa  qandaydir  maqsadni  ko‘zlagan  bo‘lsa,  bankrot  bo‘lishga  mahkum. 
Daromad  o‘rniga  o‘z  ishlab  chiqarish  hajmini  maksimallashtirishga  urinish  sotish 


                      
125 
imkoniyatidan ko‘proq tovar (xizmat) ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi va moliyaviy 
zarar keltiradi. 
Ko‘pgina  yirik  transport  kompaniyalari  va  xalqaro  mehmonxonalar  zanjiri 
o‘zlarining  uncha  yuqori  bo‘lmagan  normada  barqaror  daromadga  ega  bo‘lish 
mo‘ljalllarini bir necha marta bayon qildilar. Misol uchun, ularni qo‘yilgan kapitalga 
10  %  lik  norma  to‘liq  qanoatlantirar  ekan.  Biroq  bu  firmalar  ham  xonavayron 
bo‘lmaslik uchun bozor qonunlariga buysinishlari kerak. 
1980  yillarda  Buyukbratiniyada  denatsionalizatsiya  to‘lqinida  hatto  klassik 
«qoniqarli» ham o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Agar ilgari 
«Britaniya temir yo‘llari» kompaniyasi daromadning 1 % lik erishuv tamoilini e’lon 
qilgan  bo‘lsa,  endi  u  yo‘lovchilarga  xizmat  ko‘rsatish  sifatini  yaxshilash  evaziga 
Yevropada  ko‘proq  daromad  olayotgan  transport  kompaniyasiga  aylandi.  Endilikda 
uning faoliyati daromadni maksimumga yetkazishga buysindirilgan. 
Daromaddan  maksimallashtirish  haqida  boshlang‘ich  holat  shunda  o‘z 
tasdig‘ini  topadiki,  agar  korxona  egasi  yoki  boshqaruvchisi  ongli  ravishda  hech 
narsani  maksimallashtirmaydi  va  umuman  real  xo‘jalik  qarorlari  qabul  qilishda 
notijoriy  maqsadlarni  ko‘zda  tutadi.  Turizmda  uning  o‘zi  uchun  xos  bo‘lgan 
harakterdagi  kichik  biznes  shakllarida  shunday  shaxslar  uchraydiki,  ular  individual 
yoki  oilaviy  xususiy  tadbirkorlik  bilan  ko‘ngilxushlik  uchungina  shug‘ulanadilar. 
Ular o‘z ishlarini unchalik kuch-g‘ayratisiz olib boradilar, uni kengaytirilishini ham, 
diversifikatsiya  qilishini  ham  o‘ylamaydilar,  buning  ustiga  bozordagi  ulushini 
ko‘paytirishga qaratilgan agressiv marketing siyosati yuritiladilar. 
Misol uchun, er va xotin mehmon qabul qilishni yaxshi ko‘rgani uchun uncha 
katta  bo‘lmagan  otel  yoki  restoranga  egalik  qilishadi.  Fransiyada  qishloq  joylarda 
xotin-qizlar  turizmni  rivojlantirishning  faol  tarafdorlari  hisoblanadi.  Turistlarni 
firmalarda  qabul  qilish  va  xizmat  ko‘rsatish  ularning  hayotini  butunlay  o‘zgartirib 
yubordi. Turizm daromad manbai sifatida ularga mustaqillik berdi, eng muhimi u ular 
uchun  «dunyoga  darcha»  ochdi.  Ilgari  xotin-qizlarning  yagona  sayr-tomoshasi  dam 
olish kunlari bozorga borish edi. Endi ular Fransiyaning boshqa burchaklari, xorijdan 
dam  olishga  keladigan  odamlar  bilan  muloqat  qilishi  imkoniga  ega  bo‘ladilar.  Ular 
uchun turistik biznes o‘ziga xos xobbiga aylandi. Ammo biroq bu tadbirkorlik xulqi 
iqtisodiy nazariyasi qonunchiligini rad etmaydi. 
Aytaylik,  bir  necha  badiiy  iste’dodga  ega  odamlar  o‘zlarini  ruyobga 
chiqarishni izlab, individual xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildilar 
va turistlar uchun suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Turgan gap, ularning 
har  biri  o‘z  ishini  turlicha  tashkil  qilishga  o‘rinadi.  Omadlisi  eng  yaxshi  usulni 
tanlaydi  va  gullab  yashnab  ketadi.  Boshqalari  katta  harajatlarga  duch  kelishadi. 
Xonavayron  bo‘lish  tahdidi  ostida  ular  omadliroq  daromad  keltiruvchi  suvenirlar 
ishlab chiqarishning optimal usullariga o‘tadilar. 
Iqtisodchilar  ko‘p  ta’kidlashadi,  raqobat  ishlb  chiqaruvchilarni  daromadni 
maksimallashtirish  uchun  harakat  qilishga  majbur  etadi.  Vaholanki  ongli  ravishda 
ularning hech biri hech narsani maksimallashtirishmaydi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish