120
Turizm sohasida mehnatning bosh xususiyatlari, uning nokvalifikatsion
harakteridan iborat. Mexanizatsiya va avtomatizatsiya xizmati bu sektoriga sust joriy
qilingan. Ishlab chiqarish jarayonlari xuddi avvalgidek qo‘l mehnatiga asoslangan va
xizmat ko‘rsatuvchi xodimni bevosita mijoz bilan aloqasida amalga oshadi. Turizmda
band 80 % ni malakasiz ishchi kuchlari tashkil qiladi. Ularning katta qismi xotin-
qizlardir. Ko‘pincha ular, ma’suliyatli lavozimni band qila turib, murakkab
bo‘lmagan binoni yig‘ishtirish, uy yuritish, ovqat va ichimlik tayyorlash kabi
mehmonxona va restoran xo‘jaligi ishlarini boshqarishadi. Avstraliya, Belgiya,
Fransiya, Shveysariyada turizmdagi barcha yumushlarning yarimidan ko‘prog‘i
ayollar ulushiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, iqtisodiyotning boshqa sektorlarida
ishning
uchdan birigina xotin-qizlar zimmasida.
Turizm industriyasida xorijiy ishchilar va ishchilar mehnatidan keng
foydalaniladi. YEI mamlakatlarida har uchinchi yosh kishi 16 yoshigacha turistik
xizmat ko‘rsatish va ekskursantlikka jalb etilgan.
Turistik sektordagi mehnat bozori boshqa xususiyatlari orasida yuqori
bo‘lmagan mehnat haqi ko‘zga tashlanadi. Ish rejimi va maxsus grafikli ish haftasi
nisbatan uzun, mehnat jamoalari hayotida kasaba uyushmalari ishtiroki sust. Misol
uchun, Isroilda mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida jamoatchilik mehnat faoliyati
eng past haq to‘lanadigan soha hisoblanadi. Xizmatkorlar, ofitsiantlar, tikuvchilar,
shveysarlar ish haqi mamlakat o‘rtacha darajasidan ikki martadan past. Turizm
tizimida amaldagi mukofatlash, qo‘shimchalar, vaqtdan tashqari ishga haq to‘lash,
dam olish kunlari va boshqalar iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridagidek ancha farq
qiladi va mehnat bozoridagi ahvolni tubdan o‘zgartira olmaydi.
Ish haftasining davomiyligi kattaligi turistik kasb nufuzini oshirish va
mustahkamlashga imkon bermaydi. Keyingi o‘n yilliklarda u asta-sekin qisqara
boshlagan bo‘lsa-da, G‘arbda mehnatni tashkil qilish tamoillari avvalgidek qolayapti.
Ishning nisbatan yengilligi va oddiyligi, faqat tashrif buyurilgandagina xizmat
ko‘rsatilishi ish soatlarining katta miqdori bilan qoplanishi lozim deb sanaladi.
Turizmda ayrim hollarda ish haftasi 40 soatdan oshadi, vaxolanki iqtisodiyotning
boshqa sektorlarida bir qator mamlakatlarda ishchilar uni 35 soatgacha
qisqartirilishiga erishganlar.
Bularning hammasi kadrlarni yuqori qo‘nimsizligiga olib keladi.
Buyukbritaniyada mehmonxona va restoran xo‘jaliklarida 40 % band kishilar bir yil
ishlagandan keyin bo‘shatiladi, Fransiyada esa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
o‘rtasida vaqtincha shartnoma bilan ishlayotgan ishlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) turizmda bandlikning uchta asosiy shaklini
ajratib ko‘rsatadi:
mavsumiy ish, faol ishchanlikning o‘zgarib turish sikli bilan bog‘langan.
Odatda ishchi kuchiga qo‘shimcha talab yoz oyida, dam oluvchilar
ko‘paygan davrda namoyon bo‘ladi. Avj mavsumda otellar xodimlari
Gresiyada 3 marta, Irlandiyada 1,5 marta, Ispaniyada 30 % ga ko‘payadi.
Turistik oqimlar kamayishi bilan ularni ommaviy bo‘shatish ruy beradi va
ishsizlik muammosi yanada yangi o‘tkir
tus oladi;
to‘liq bo‘lmagan ish kuni – rivojlangan mamlakatlar mehmonxona va
restoran xo‘jaliklarida bandlikni keng tarqalgan shakli. Ular bir tomondan
122
bo‘lsalarda, bu bandlik o‘sishini cheklab qo‘yayotgan bo‘lsada, hozircha ko‘zlangan
maqsadga erishilayotgan yo‘q.
Ishlab chiqarish va mehnatning tegishli bozor qiymati (ish haqi) ma’lum
darajada inson kapitalida sarmoyalar bilan belgilanadi. Turgan gap va
ehtimol bunday
yo‘nalishda eng muhim quyilish ma’lumot hisoblanadi.
Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash ta’lim standartlariga muvofiq amalga
oshiriladi, uning asosiga turistik kasb va malaka talablari (professional standartlar)
turistik industriya mansabdor xodimlari uchun asosiy mezon qilib qo‘yilgan. 1999
yilda Rossiya Mehnat Vazirligi qarori bilan turizm va yangi professional standartlari
tasdiqlandi. Bu hozirgi zamon xalqaro talablariga javob beradi. Ularni ustida ish
«Turizm industriyasi uchun o‘quv bazasini mustahkamlash» YES / TASIS loyihasi
doirasida olib borildi. Unda mutaxassislar katta guruhi ishtirok etadi: mazkur sohada
g‘arb yetakchi ekspertlari, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi ixtisoslashgan o‘quv
muassasalari va turistik biznes vakillari shular jumlasidandir.
Professional standartlar ustida ishlashda turistik firmalar, mehmonxona va
turizm boshqaruv organlari rahbarlarini ekspert so‘rovlarga jalb etilishi muhim
bosqich bo‘ldi. Bu amaliyotlar fikrlarini bilish va xo‘jjatlar tuzishda ularning
istaklarini hisobga olish, shu bilan ta’limni turizm industriyasi bilan aloqasini
ta’minlash imkonini beradi.
Yangi standartlar turistik xodimlar va mehmonxonalar biznesiga qo‘yiladigan
barcha kompleks talablarni belgilaydi. Yevropa formatida ishlab chiqilgan bu
standartlar o‘z ichiga nafaqat mansab majburiyatlarini, balki ularni bajarish uchun
zarur bilim va ko‘nikmalarni ham qamrab olgan.
Tuzilgan va qabul qilingan «Turistik industriya asosiy mansabdor xodimlariga
kvalifikatsion (professional standartlar) talablar» hujjati turistik kadrlar tayyorlash
normativ bazasini yaratish yo‘lida olg‘a tashlangan muhim qadam bo‘ldi. U RFda
mehnat bozorining real ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: