O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Kapital resurslar.
 Ishlab chiqarishning birlamchi omillari – yer  va mehnat – 
o‘zaro  ma’lumot  munosabatga  kirishadi,  kapital  (investitsiya)  resurslarni  yoki 
kapitalni vujudga keltiradi. Unga inson tomonidan ishlab chiqarish uchun yaratilgan 
mehnat  vositalari,  ular  yordamida  esa  boshqa  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish 
kiradi.  Foydalanish  jarayonida  kapital  moddiy  shaklini  saqlagan  holda  uzoq    vaqt 
xizmat  qiladi.  Kapital  qiymati  tayyor  mahsulot  yoki  ko‘rsatiladigan  xizmatlarga 
qismlar bo‘yicha amortizatsiya ko‘rinishida asta-sekin o‘tadi. 

 
Rossiyada  qo‘llaniladigan  kapital  elementlari  klassifikatsiyasi  namunaviy 
hisoblanadi va o‘z ichiga asosiy binolar: otellar, barlar, restoranlar, klublar 
va boshqalarni oladi

 
yordamchi binolar: garajlar, korxonalar, qozonxonalar va boshq;  

 
inshootlar:  arqonli-o‘tirgichlar,  toqqa  chiqiladigan  osma  yo‘llar,  turistik 
poyezdlar to‘xtab turadigan joy, sport maydonchalari va boshq.; 

 
uzatish qurilmalar: elektr tarmoq, turli o‘tkazgich quvurlar, trans missiyalar 
va boshq; 

 
ishchi  va  kuch  mashinalari,  uskunalar:  kuchlanish  transformatorlari, 
elektrodvigatellar, generatorlar, kompressorli sovutgichlar, yuvish – quritish 
uskunalari va boshq.; 


                      
123 

 
o‘lchov  va  rostlash  priborlari,  qurilmalar:  tarozi  apparatlari,  kuchlanishni 
o‘lchagich  datchiklar,  suv  iste’molini  hisobga  oluvchi  hisoblagichlar  va 
boshq.; 

 
hisoblash  texnikasi  va  ularga  dasturlashtirish  vositalari:  kompyuter 
texnikalari, axborot tizimi, ma’lumotlarni ishlash tizimlari; 

 
transport  vositalari:  yengil  avtomobillar,  yengil  yuk  avtotransportlari  va 
boshq.; 

 
asboblar; 

 
ishlab  chiqarish  va  xo‘jalik  inventorlari,  jihozlar:  mebel,  mehnatni 
muhofaza qilish va yong‘inga qarshi kurash buyumlari, vositalari; 

 
boshqa asosiy vositalar. 

 
investitsion resurslarni harakterlash uchun ularning alohida guruhlari nisbati 
yoki kapital strukturasi katta ahamiyatga ega. Investitsion resurslarning bir 
qismi  bevosita  tashrif  buyuruvchilarga  xizmat  ko‘rsatishda  ishtirok  etadi, 
boshqasi  –  turistik  faoliyatni  yengillashtiradi  yoki  mumkin  qiladi.  Kapital 
tarkibi  mehnatning  texnik  qurollanganlik  darajasi  va  investitsion  faoliyat 
samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
U  bir  qator  omillarga  –  tarmoq  xususiyati,  texnologiya  va  xizmatlar  ishlab 
chiqish  hajmi,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  shakli,  korxona  joylashgan  manzil  va 
boshqalarga bog‘liqdir. 
Kapital  tarkibi  darajasi  ko‘p  jihatdan  tarmoq  xususiyatlari  bilan  belgilanadi. 
Otellar  ma’lum  vaqtda  foydalanish  uchun  turarjoy  beradi,  shuning  uchun 
mehmonxona xo‘jaligi kapital resurslari tarkibida bino solishtirma vazni katta – 70 % 
dan ko‘proq. Mebellar ulushiga 3-4 % ga yaqin to‘g‘ri keladi. Mehmonxona kapitali 
mebellar  elementlari  (elektr  jihozlar,  transport  vositalari,  yuvish-quritish  va 
kompressor – sovutgich uskunalari, yo‘lakcha gilamlari va boshq.) solishtirma vazni 
sezilarli emas – 1% dan ko‘p emas. 
Jahon  tajribasida  otellarda  kapitalga  yuqorida  sanab  o‘tilganlardan  tashqari 
xizmat muddati uzoq bo‘lgan boshqa tovarlar: chinnilar, oynalar, kumushlar, oshxona 
va  to‘shak  jihozlari,  shuningdek  xodimlarning  maxsus  formadagi  kiyimlari  ham 
kiritiladi.  Turistik  firmalar  kapital  tarkibi  otellardan  farq  qiladi.  Odatda  ular  o‘zlari 
ishlayotgan  binolar  va  idoralar  egalari  hisoblanishmaydi.  Tartibga  ko‘ra,  binolarga 
taaluqli  investitsion  resurslar  bir  qismi  ularga  ijara  shartlari  bilan  taqdim  etiladi. 
Shuning  uchun  turistik  firmalarning  xususiy  kapitali  mutloq  ifodada  katta  emas, 
uning tarkibida esa hisoblash texnikasi va inventarlar ustunlik qiladi. 
Chiqib 
ketayotgan 
kapitalni 
qoplash, 
uni 
ko‘paytirish  va  texnik 
takomillashtirish (modernizatsiya) yirik kapital qo‘yilmalarni talab qiladi. Turizm va 
sayohatlar  bo‘yicha  Butunjahon  sovetining  baholariga  qaraganda,  1996  yilda 
turizmda  investitsiya  766  mlrd.  amerika  dollarini  tashkil  qiladi.  Uning  umumiy 
hajmining 70 % OESR mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish