O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


texnologik  – u yoki bu tip rekratsion faoliyat uchun resurslarning funksional  yaroqligi  bo‘yicha,  fizilogik



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

texnologik 
– u yoki bu tip rekratsion faoliyat uchun resurslarning funksional 
yaroqligi  bo‘yicha, 
fizilogik
  –  shinamlik  darajasi  bo‘yicha, 
psixologik
  –  estetik 


                      
118 
sifatlarga  bog‘liqligi.  Bunda  antropogen  zo‘riqish  va  turli  xil  tabiiy  sinovlarga 
bardoshlik hisobga olinadi. 
Tabiiy  turistik  resurslarni  baholashni  nisbatan  ko‘proq  tarqalgani  texnologik 
usul  hisoblanadi.  Uni  tog‘-chang‘isi  turizmini  rivojlantirishda  relefga  baho  berish 
misolida ko‘rib chiqamiz. 
Jahon tajribasida tog‘ chang‘isi kurortini tashkil etish trassa qurish uchun joy 
relfini,  uning  o‘tkazish  qobiliyatini  o‘rganishdan  boshlanadi.  Shundan  keyin  kurort 
hajmi  belgilanadi,  ko‘targichlar  loyihalashtiriladi,  osma  yo‘l  quriladi,  otelni 
joylashtirish uchun yer tanlanadi. 
Tog‘  chang‘isining  o‘ziga  jalb  etishi  trassaning  xilma-xilligi  va 
cho‘zilganligiga  bog‘liqdir.  Bu  omillar  toq  chang‘isi  kompleksiga  joy  tanlashda 
yordam  beradi.  Trassalar  uzoq  va  qisqa,  oson  va  qiyin  bo‘ladi.  Rayonda  hamma 
tipdagi  trassalar  bo‘lgani  mahsul:  o‘quv,  sayyohlik  va  sport  trassalari.  Har  qanday 
toq-chang‘isi kurorti o‘quv va turistik trassaga ega bo‘lishi kerak. Sport trassasining 
bo‘lishi  esa  yanada  ko‘proq  odamlarni  jalb  qiladi,  chunki  turistlar  professional 
chang‘ichilar musabaqalarini tomosha qilib dam olish imkoniga ega bo‘lishadi. 
Rossiyada tezkor qiyalik eng yaxshi sport trassasi Dombay kurortida qurilgan. 
U  uzoq  masofaga  cho‘zilganligi  va  turli  uchastkalariga  mo‘’tadil  nisbatdaligi  bilan 
ajralib  turadi.  Chegetidagi  tezkor  tushish  qiyaligi  trassasi  esa  o‘ta  murakkab 
kategoriyaga kiradi. Unda kichik qiyaliklardan iborat uchastkalari yo‘q. 
Kurortlardan  foydalanishda  toq-chang‘isi  mavsumining  davomiyligi  muhim 
ahamiyatga  ega.  Uni  (tog‘  yonbag‘ri  qiyaliklarida  trassa  tanlash,  shimol  manzarasi 
ko‘zga tashlanib turadigan qiyaliklarda qishda foydalanish orqali uzaytirish mumkin. 
Ya’ni  qishda  janubiy  qiyaliklardagi  trassadan,  bahorda  qor  kechiroq  eriydigan 
shimoliy qiyalikdagi trassalardan foydalaniladi. Harorat ta’sirida trassa, qor qoplami 
erib  ketmasligi  uchun  uni  bir  tekis  muzlashi,  qor  uzoq  turishi  choralari  ko‘riladi. 
Bunda trassani qiyaliklardagi qalin o‘rmonzor – butazorlar orasidan o‘tkazish yaxshi 
samara  beradi.  Trassa  qurilishida  asosiy  e’tibor  chang‘ichilar  xavfsizligini 
ta’minlashga  qaratiladi.  Keskin  burilishlarda  to‘sqinlik  qiladigan  dov-daraxtlar 
kovlab tashlanadi, ko‘rinish ochiladi. 
Tog‘ chang‘isi turizmi uchun relfni baholash – murakkab va mehnat talab ish. 
Ammo  u  hali  hududning  rekratsion  majmua  ta’rifini  (harakteristikasi)ni  tuzish 
bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bir kichik bo‘lagi xolos. 
Turizmni  rivojlantirish  uchun  hududning  jozibadorligini  oshirish  eng  avvalo, 
uning  tarixiy  –  madaniy  potensialini  bilishga  qiziqishni  kuchaytirishga  bog‘liq.  U 
tarixiy  yodgorliklar,  memorial  ziyoratgohlar  va  boshqa  ma’naviy-madaniy 
yodgorliklar,  xalq  hunarmandchiligi,  muzeylarni  o‘z  ichiga  oladi.  Tarixiy-madaniy 
meros  barcha  ijtimoiy-madaniy  muhitni  bor  an’analari  va  urf-odatlari,  maishiy 
turmush xususiyatlari bilan birga qamrab oladi. Deyarli barcha ziyoratgohlar turistlar 
uchun bilishga qiziqish uyg‘otadi. 
Tarixiy  –  madaniy  resurslarni  turistik  xizmatlar  tizimiga  qo‘shishning  turli 
usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan shakllari - muzeylar tashkil qilish va sayyohlik-
ekskursiya yo‘nalishlari ochishdir. 
Madaniy majmualarning attraktivligi ularni badiiy va tarixiy qimmatiga, moda 
va kirish  qulayligiga  bog‘qliqdir.  Rekratsion  resursshunoslikda  turistik  maqsadlarda 


                      
119 
madaniy  komplekslarga  baho  berishning  usullari  ishlab  chiqilgan.  Turizm  xo‘jalik 
tarmog‘i  sifatida  tarixiy-madaniy  va  tabiiy  resurslardan  foydalanishga  qaratilgan 
mo‘ljallarda  yorqin  aks  etgan.  U  ko‘pincha  yangi  hududlarni  o‘zlashtirishda 
birinchilardan  bo‘lib  maydonga  chiqadi.  Xo‘jalik  oborotiga  ilgari  qo‘l  urilmagan 
tabiiy komplekslar jalb etiladi va ulardan intensiv foydalanishga kirishiladi. Tabiiy va 
madaniy  potensiallardan  uquvsizlik  bilan  foydalanish,  antropogen  normalarga  amal 
qilmasdan  zo‘riqtirish  uni  xonavayron  bo‘lishiga  olib  keladi.  Yaqin  o‘tmishda 
turistlarni  nazoratsiz  Kamchatkaning  noyob  issiq  suv  manbalariga  tashrif  byuurishi 
oqibatida  harorat  muvonzanati  buzildi,  fontan  bo‘lib  otilishlari  izdan  chiqdi  va 
geyzerlar vodiysi turistik tashriflar uchun yopib qo‘yildi. 
Gaaga  turizm  bo‘yicha  dekloratsiyasida  buzilmagan  «tabiiy,  madaniy  va 
insoniy  muhit»  turizmni  rivojlantirishning  asosiy  shartlari  hisoblanishishi 
ta’kidlangan. 
Dekloratsiyada (III pirinsipial) quyidagi tavsiyalar ifodasini topgan: 

 
mamlakat ichkarisida ham, xorijga sayohat qilishda ham turistlarni ma’rifiy 
xabardorligini  ta’minlash,  ularni  borgan  joylarida  tabiiy,  madaniy  va 
insoniy muhitni hurmat qilish va saqlashga o‘rgatish; 

 
turistlar tashrif buyuradigan joyning o‘tkazish qobiliyati darajasini aniqlash 
va  unga  amal  qilishni  ta’minlash,  hatto  u  yerga  borish  davri  va  mavsumi 
cheklangan bo‘lsa ham». 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish