O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiYevropada qurilgan ayrim tematik parklarning qiymati
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. Bu sayr-tomosha muassasini turizm industriyasida «og‘ir» sektorga qo‘shilishi ham tasodifiy emas. Ayrim yirik zamonaviy attraksionlar ularning egalariga o‘n millionlab amerika dollariga tushadi. Misol uchun, nemis tematik parki «Fantazialand»da 1994 yilda ko‘rilgan «Galaktika» attraksioni 20,8 mln. Amerika dollari turadi, «Kolarado Edvenchur» parkidagi attraksion esa 17,6 mln. dollar. Ularning qiymati uncha katta bo‘lmagan tematik parklar harajatlariga teng. Tematik parklar yuqori raqobatbardoshligiga oqilona narx siyosati yurgizish orqali erishiladi. Avalgi dam olish ob’ektlaridan farqli ravishda ularga yagona kirish bileti (chipta) joriy etilgan. Unga parkni tomosha qilish ovqatlanish, yashash, xohlagan tomoshasini ko‘rish qiymatlari qo‘shilgan. 207
«Disneylend» yangi tip biletlar – «Fleks Pasport» («Egiluvchan pasport») taklif etib, yana oldinroqqa qarab ketdi. U parkka keluvchilarga katta imkoniyatlar yaratdi. Uning egalari «Disneylend» da uzluksiz besh kun dam olishlari mumkin, yana rasmiy ochilishidan 1,5 soat oldin parkka bemalol kirish mumkin. Bundan tashqari, egiluvchan pasport bilan qo‘shimcha to‘lovlarsiz Janubiy Kaliforniya basseynlari va plyajlariga borishlari mumkin. Yaqinda Florida shtatining uch yirik tematik parklari «Si Uorld», «Yuniversal Styudios» va «Ueti Uayld» mijoz uchun kurashda o‘z kuchlarini birlashtirishda va umumiy ko‘p kunlik pekijlar joriy etishdi. Ular bir yo‘la bemalol uchala parkda ham besh kun bo‘lishga biletlar sotishadi. Boshqaruvchilarning fikrlaricha, ko‘p parklikka yagona bilet joriy etilishi tashrif buyuruvchilarga qulayligi bilan manzur bo‘layapti, ularning sayr-tomosha ob’ektlariga keluvchilar soni ko‘payapti. Tematik parklar faqat xizmatlarga to‘lov tizimigagina, xizmatlar hajmini ham qayta ko‘rib chiqdilar. Narxning to‘g‘ri belgilanishi har qanday ishda muvaffaqiyat garovidir. U juda ham tushirib yuborilmasligi kerak. Aks holda AQSH dam olish sohasidagi an’anaviy parklarda bo‘lgan singari inqirozga olib keladi. Boshqa holat – narxni haddan tashqari oshirib yuborishdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday vazitdan oldin korxonaga daromad kela boshlaydi, keyinchalik esa doimiy mijozlarni yo‘qotadi va inqirozga yuz tutadi. Shu o‘rinda Parijning «Yevro Disneylend»i ko‘rsatkichlari yaxshi misol bo‘la oladi. 1993 yilda u ochilganda har yili zarar ko‘ra boshladi, 1994 yilda bu 1,8 mlrd. frankni tashkil qildi va «Yevro Disney» guruhini moliya - narx siyosatini o‘zgartirishga majbur etdi. Birinchi navbatda ko‘rilgan chora-tadbirlardan biri kirish biletlari va park otellarida yashash narxlarini tushirish bo‘ldi. Natijada 1995 yilda «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar soni 21 % ga ko‘paydi va rekord kattalikka – salkam 11 mln. kishiga yetdi. Mehmonxona bazasining yuklanishi 68,5 % gacha o‘sdi.Fransiya bo‘yicha bu sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan o‘zib ketdi. Tashkil etilganidan buyon birinchi marta park (23,3 mln. Amerika dollari) daromad olishga erishdi.. Har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha harajatlari 10 % ga qisqartirildi. «Yevro Disney» guruhlari prezidentining e’trof etishicha, park o‘z kelajagiga diqqat – e’tiborni qaratish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Tematik parklar daromadlari biletlar, (barcha tushumlarning asosiy statiyasining 70 % gacha), ovqatlanish, suvenir mahsulotlar va o‘yinchoqlar sotishdan hosil bo‘ladi. Parklarda katta miqdorda suvinerlar sotiladi va ular albatta park ramzlari bo‘ladi. «Disneylend» ramzi baland minorali go‘zal ertaksimon qasr hisoblanadi. Bavariyadagi dunyoga mashhur Noyshvanteyn qayeri uning prototipi bo‘lib xizmat qiladi. Uning go‘zalligiga asir bo‘lgan U. Disney bu yodgorlikni sotib olib, bo‘laklab Amerikaga olib ketmoqchi edi. Ammo mahalliy hokimiyat bunga rozi bo‘lmadi. Kinorejissyor esa orzusini amalga oshirish uchun o‘zining amerikacha Noyshvanshaynini o‘ylab topish va qurishga to‘g‘ri keldi. Ertaksimon qayer ko‘rinishidagi suvenirlardan tashqari, «Disneylend»ga tashrif buyurayotganlarga mashhur Disney qahramonlari bo‘lgan o‘yinchoq sichqoncha Mikki Mausa va 208
boshqalar ham juda manzur bo‘layotir. Dunyoning hamma burchaklaridan tashrif buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi. Tematik parklarni bozorga dosh berishi va ulgurishi shunindek uni tashkil etishning har tomonlama xilma-xil loyihalari ishlab chiqilishi tufayli hamdir. Taklif qilinadigan xizmatlarning soddaligi, turistlarni qoniqtirishi, marketing, menejerlik izlanishlarning izchilligi, a’lo darajada xizmat ko‘rsatish, saranjom – sarishtalik, malakali xodimlarga e’tibor – bularning hammasi mijozlarni ko‘proq jalb etishga yordam bermoqda. U.Disneyning uning boshlovchilariga qarata aytgan quyidagi so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering, ideal ozodlikni saqlang. Do‘stona munosabatda bo‘ling, bu joyni dunyodagi eng quvnoq maskanga aylantiring. Birinichi tematik parklarning mashhurligini ta’minlangan yangi yo‘nalish (konsepsiya), ish shakllari va usullari keng yoyildi. Birinchi parklar boshlang‘ich tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi. Hozirgi paytda faqat AQShning o‘zida 600 dan ko‘proq tematik parklarni sanash mumkin. AQShda «Mo‘’jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu shtatda na faqat Amerikadagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi tematik parklar joylashgan: «Disney Uorld», «Yuniversal St’yudios» shular jumlasidandir. Ular bir necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli mukofatlarga sazovar bo‘lishgan. Amerika tematik parklari dunyoda eng mashhurlari hisoblaanadi. Har yil 90 mln. dan ziyod tashrif qayd etilgan. Kanzas – Sitidagi (Missuri shtati) «Uorlds ov Fan» tematik parki Amerikaning barcha 50 shtati va dunyoning 65 davlatidan mehmonlarni qabul qiladi, «Uorld Disney» parkida esa har qanday xorijiy tildagi so‘zlarni eshitish mumkin. Yevropada ham eng yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, bir necha o‘nlab yirik tematik parklar qurilgan. Ko‘p sonli akvo parklar bu hisobga kirmaydi. Ulardan ko‘proq mashhurlari yiliga 2 mln.dan 10 mln. gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bu avvalo o‘sha eslatilgan «Yevro Disneylend», u o‘zining amerikalik birodarlari singari U Disney konserni tomonidan qurilgan va «Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan. Navbatdagi tematik parkni joylashtirish uchun Yevropaning tanlanishi bejiz emas. Potensial mijozlar bozori juda keng -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam 1,2 marta ko‘p. Qisqa sayohatlarga talab kattaligi, hududga keluvchi sayyohlar ko‘pligi, yevropaliklar o‘rtasida tematik parklarning mashhurligi – bularning hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi. Yevropa «Disneylend»ini joylashtirishga Fransiyadan tashqari, Ispaniya va Buyukbritaniya ham da’vogarlik qiladi. Boshqa ikki mamlakatga qaraganda Buyukbritaniyani qit’adan geografik ajralgani, aytib bo‘lmas iqlim sharoiti omadini choptirmadi. Ispaniya qulay iqlimi yil davomida quyoshli kunlarining ko‘pligi bilan farq qiladi. U Yevropaning kontinental qismida joylashgan, ammo uzoqda. Bu tematik parkni bu yerda joylashtirishga to‘sqinlik qildi. Fransiya esa bu nuqsonlardan xoli. Parkni mamalakatning qoq yuragi, Parijdan uncha uzoq bo‘lmagan, G‘arbiy Yevropada aholining yuqori darajada gavjum rayonida qurishga qaror qilindi. Yana boshqa afzalligi – bu joy Shimoliy va Janubiy Yevropa chegarasida edi. U yerdan ikki subregionni tutashtiruvchi muhim tranzit 209
yo‘llar o‘tgandi. U. Disney kompaniyasi yana Fransiya poytaxti dunyo ahamiyatiga ega turistik markazlardan ekanligini ham hisobga oldi – har yili 20 mln. tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bundan tashqari Parij taraqqiy etgan infratuzilmaga ega, bu esa tematik parkni bir me’yorda ishlashi uchun juda muhimdir. U. Disney korporatsiyasi Yevropa «Disneylend»ining original g‘oyasini olg‘a surdi. Shunga o‘xshash nomdagi Amerika tematik parki singari bolalar ertaklaridagi sevimli qahramonlar harakatlanadigan joyga aylantirildi. Kompaniya «Oqqor va yetti alvasti» syujetlarini oddiygina qayta takrorlashdan voz kechdi. U organik ravishda sinovdan o‘tgan, ko‘p asrlik Yevropa madaniyatiga tayangan tematik park konsepsiyasiga asoslandi. Shu maqsadda yevropa ertaklari va adabiy asarlari («Mahluq va sohibjamol», «Suv parisi», V.Gyugoning «Bibimaryamning Parij sabori» va boshq.) tanlab olindi va ular asosida «Yevro Disneylend» - da hayotiy quvnoq, optimistik tomoshalar qo‘yila boshladi. Tanqidga qaramasdan «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘paydi, Fransiyada tematik parklar tarmog‘i kengaymoqda. Eng mashhur Fransuz parklariga kino havaskorlari uchun Makko hisoblangan «Fyutyuroskop», «Valibi Frans», va «Asteriks» kabi bolalar multfilmlari ishlab chiqaruvchilar kiradi. Download 0,65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |