33
Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish deganda
ularning ilmiy qimmatini aniqlash va davlat
arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq
ishlar
tushuniladi.
Ekspertiza
arxivshunoslikning eng muhim va mas’usliyatli ishlaridan biridir. Ekspertiza
jarayonida hujjatlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda
davlat arxivlariga yangi hujjatlar tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi.
Ma’lumot manbai bo’lgan hujjatlarning nihoyatda xilma-xilligi ularni
ekspertizadan o’tkazishni taqozo etadi. Ayrim hujjatlar jamiyatning siyosiy, ilmiy
va madaniy hayoti haqida, xalq xo’jaligining taraqqiyoti, davlat apparatining
faoliyati to’g’risida va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular
ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy maqsadlar doirasidan chiqmaydi.
Bu hujjatlar ayrim ma’muriy, tashkiliy va xo’jalik masalalarini aks ettirgan holda,
asosan muassasaning operativ faoliyatini ta’minlashga qaratilgandir. Ular tarixiy
manba sifatida muhim ahamiyatga ega emas. Shunday hujjatlar ham borki, ular bir
necha kun davomida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham hujjatlarni
ekspertizadan o’tkazish shart. Ekspetizaning asosiy maqsadi qaysi hujjatlar davlat,
fan, jamiyat hamda fuqarolarni kerakli ma’lumotlar bilan to’laroq ta’minlashini
aniqlashdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarni arxivlarda saqlash
muddatlari ham belgilanadi. Qimmatli ma’lumotlar manbai bo’lgan muhim
hujjatlar muassasa arxivlarida ma’lum muddat davomida saqlangandan so’ng
doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Muhim bo’lmagan hujjatlar
esa belgilangan muddat davomida muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q
qilib yuboriladi.
Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lgan
hujjatlar nisbatan oz qismni tashkil etadi. Ekspertiza chog’ida avvalo ilmiy
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi.
Ekspertizaning birinchi va eng asosiy vazifasi – qaysi hujjatlar qimmatli
ma’lumotlarga ega ekanligini aniqlash va ularni davlat arxivlariga topshirishdan
iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan
to’ldirib borish bilan bog’liqdir. Hujjatlarni saralash chog’ida hujjat qaysi davlat
arxiviga yuborilishi va qaysi fondda saqlanishi ham aniqlanadi. Boshqacha qilib
aytganda, ekspertiza jarayonida har bir davlat arxivining yo’nalishini e’tiborga
olgan holda ular saqlanayotgan fondlarning hujjatlar tarkibi aniqlanadi.
Ekspertizaning ikkinchi vazifasi – hujjatlarni saqlash muddatini belgilashdir.
Bu qiyin vazifa emas. Odatda, hujjatlar uzoq muddat yoki doimiy saqlanishi kerak
bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim bo’lgan guruhlarga bo’linadi.
Hujjatlarni saqlashning aniq muddatlarini belgilash chog’ida tashkilotning
manfaatlari, mavjud nizomlar va yo’riqnomalar hamda arxivlar va muassasalarning
hujjatlardan foydalanish borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi.
Ekspertizaning uchinchi vazifasi – hujjatlarni saqlanish darajasini aniqlash,
ularning ayrimlari yaroqsiz holga kelgan taqdirda arxiv fondidagi bu kemtiklikni
qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi tarkibida qanday
hujjatlar yetishmayotganligi aniqlanadi hamda qaysi fonddagi shunga o’xshash
Do'stlaringiz bilan baham: