28
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, sotish va sotib olish mumkin emas. DAF
hujjatlari muassasa va tashkilotlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan
tartibda faqat vaqtincha foydalanish uchun beriladi.
Nodavlat arxiv fondlarining hujjatlari nodavlat yuridik shaxslar – fond
egalarining mulki hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari shu shaxslarning xususiy mulkidir.
Vafot etgan fuqarolarning hujjatlari ularning merosxo’rlari tasarrufiga o’tadi.
Qonun bo’yicha yoki vasiyatnoma bo’yicha merosxo’rlar bo’lmasa, shuningdek
arxivning egasini aniqlashning imkoni bo’lmasa, bu holda hujjatlar davlat mulkiga
o’tadi.
Davlat arxiv fondini turkumlashtirish deganda
ularni eng muhim belgilariga qarab guruhlarga
bo’lish tushuniladi. Hujjatlarni turkumlashtirish
arxiv ishini to’g’ri tashkil etish hamda ulardan
hartomonlama foydalanish uchun zarurdir.
DAF hujjatalrining turkumlashtirish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) DAF
hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash; 2) hujjatlarni arxiv doirasida turkumlash; 3)
hujjatlarni arxiv fondi doirasida turkumlash.
Birinchi bosqchida DAFning barcha hujjatlari turkumlanadi va qaysi hujjat
qaysi arxivda saqlanishi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda har bir arxivga taalluqli
hujjatlar turkumlanib, har bir hujjatning qaysi fondda saqlanishi aniqlanadi. Uchinchi
bosqichda har bir fondga taalluqli hujjatlar turkumlanadi va ularning fond ichida
saqlanish tartibi belgilanadi.
DAF hujjatlarini umumiy tarzda turkumlash ularni davlat arxivlariga to’g’ri
taqsimlash maqsadida amalga oshiriladi. Arxivshunoslikda hujjatlarni umumiy tarzda
turkumlash chog’ida quyidagi asosiy belgilar hisobga olinadi:
1.
hujjatlarning ma’lum bir davrga
mansubligi;
2.
hujjatlarning respublika yoki mahalliy muassasalar faoliyati bilan
bog’liqligi;
3.
hujjatlarning davlat va jamiyat hayotining ma’lum sohasiga mansubligi;
4.
hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasi.
Hujjatlarning tarixiy davrlarga mansubligini e’tiborga olib, ularni uch guruhga
– 1917 yildan oldingi hujjatlar, sovet davri hujjatlari va mustaqillik davri hujjatlariga
bo’lish mumkin.
DAF hujjatlari turli idora va muassasalarda yaratilgan. Shuni e’tiborga olgan
holda ularni umumdavlat (respublika) va mahalliy (viloyat, tuman va shaharlar)
ahamiyatiga molik hujjatlar guruhiga bo’lish mumkin. Respulika idoralari hujjatlari
markaziy davlat arxivlarida, viloyat ahamiyatiga ega hujjatlar viloyat davlat arxivlari
va ularning filiallarida saqlanadi.
Hujjatlarning davlat va ijtimoiy faoliyatning ayrim sohalariga mansubligi
ularning mazmunini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Lekin O’zbekistonda
davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yo’q. Boshqa
davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiya federasiyasida Xalq xo’jaligi
arxivi, Xarbiy-tarixiy arxiv, Adabiyot va san’at arxivlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: