3.20- rasm.
12 t sanoat chastotali
induksion tigel pechi (qopqog‗i
ochilgan)
3.21- rasm.
ИЧТ- 6 induksion tigel
pechi
181
3.22- rasm.
Induksion elektrpechda metall temperaturasining va tarkibining o‗zgarishi (1-5 larni
3.18- rasmdan qarab oling).
182
Agar induksion pechda tarkibida kremniy kam bo‗lgan va uglerod miqdori ko‗p
bo‗lgan cho‗yan suyuqlantirilsa, C va Si ning berilgan konsentratsiyalari uchun
muvozanat temperaturaga erishilganda tigel reaksiyasi boshlanadi, bu esa pech
tigelining ko‗p yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun futerovkasi kislotali pechda
suyuqlantirishning temperatura rejimini o‗ta qizdirilayotgan suyuq cho‗yanning
kimyoviy tarkibiga qarab tanlash zarur.
Induksion
pechda
suyuqlantirish
texnologiyasi.
Induksion pechda
suyuqlantirishning texnologik jarayoni shixtani yuklash, uni qizdirish va
suyuqlantirish, o‗ta qizdirish, uglerodlash va cho‗yanning kimyoviy tarkibini
berilgan tarkibgacha yetkazish, shuningdek, termovaqtli ishlov berish (saqlab
turish) ni o‗z ichiga oladi. Yuklanadigan shixta qisman suyuqlanmaga botirilib
elektr o‗tkazadigan uzluksiz muhit yaratadi va bu muhitda induktor bilan uyurmaviy
toklar hosil qilinadi. Suyuq metallga (oldingi suyuqlantirishdan qolgan zumpf yoki
«botqoq» deb ataladigan qoldiq) yuklash shuning uchun ham bajariladiki, sanoat
chastotali elektr tokidan foydalanilganda shixtaning diskret elementlarida
uyurmaviy toklar hosil qilish kam samarali bo‗ladi, chunki ular metallni qizdiradi va
u suyuqlanadi.
Zumpf massasi pechdagi metall umumiy massasining 50%ini tashkil qiladi va
mos ravishda, suyuqlantirish davrlarining davomiyligiga ta‘sir qiladi. «Botqoq»qa
yuklash bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, sig‗imi 12 t
bo‗lgan pechda va sig‗imi 5 t bo‗lgan zumpfda suyuqlantirishda quyidagi ketma-
ketlikka va davrlarning davomiyligiga rioya qilinadi: 5—6 t ni yuklash
(qaytarishdan tashqari) — 15 min, suyuqlantirish — 1 soat 5 min, kimyoviy tarkibni
me‘yoriga yetkazish — 40 min, qaytarilgan metallni (2 t) yuklash — 10 min,
qaytarilgan metallni suyuqlantirish — 15 min, temperatura bo‗yicha me‘yoriga
yetkazish va shlakni nasos bilan chiqarib tashlash — 25 min. Shunday qilib,
pechning soatlik unumdorligi uning sig‗imining taxminan 1/3 qismini tashkil qiladi.
Ba‘zan suyuqlantirish sikli bayon etilganidan sezilarli farqlanadi. Masalan,
sig‗imi 65 t bo‗lgan tigelli induksion pechlarda suyuqlantirishda hajmi 58 t ni tashkil
qiladigan «botqoq»qa yuklash har biri 7 t bo‗lgan porsiyalar bilan amalga oshiriladi.
183
Yuklanadigan 7 t qattiq metal 500 °C gacha qizdirilganda tez suyuqlanadi va 10
minut o‗tgach 1550 °C temperaturali 7 t suyuq metal chiqarib beriladi.
Shixtani qizdirish va suyuqlanirish vaqtida temirning oksidlanish jarayonlari
sodir bo‗ladi. Havo kislorodi temir aralashmalarini ham oksidlaydi. Temir, kremniy
va marganes oksidlari shlak hosil qiladi.
Induksion pechlarda cho‗yanni suyuqlantirishda FeO dan temirni qaytarish
uchun karburizator ishlatish va ferroqotishmalarni tejash maqsadga muvofiq
bo‗ladi. Suyuqlantirishni suyuqlanmadagi kremniy va marganes miqdori kam va
uglerod miqdori ko‗p bo‗lganda bajarish lozim. Buning uchun karburizatorni tigel
tubidagi uyumga kiritish, suyuqlangan va o‗ta qizdirilgan suyuq cho‗yanga esa
ferrosilitsiy va ferromarganes kiritish zarur. Tarkibida uglerod bo‗lgan ФС 75 va
ФМн5 qo‗shilmalarni yuklagichga yuklaganda C, Si va Mn larning kuyindilari,
tegishlicha, 18—25, 30—32 va 52—55% ni tashkil qiladi. Agar yuklash joyiga
karburizator kiritilsa, ФC75 va ФМн5 esa pech 1550 °C gacha qizdirilib, 1440—
1460 °C gacha sovitilgandan keyin qo‗shilsa, C ning kuyindisi 30—35% gacha. Si
va Mn ning kuyindisi esa, tegishlicha, 5—7% hamda 13—24% gacha kamayadi.
Shu boisdan, shuningdek, komponentlarning erish issiqlik effektlarini (3.8- jadval)
hisobga olib, birinchi navbatda, karbyurizator va po‗latning temir- tersaklarini, ular
suyuqlangandan va erib ketgandan keyin esa cho‗yanning temir- tersaklari hamda
qaytarmani yuklash lozim. Ferroqotishmalar eng oxirida (me‘yoriga yetkazishda)
kiritiladi [8].
Induksion pechda suyuqlantirishda shlaklar katta qovushoqlikka ega bo‗ladi,
chunki ularning tarkibida 60—70% SiO
2
bo‗ladi (3.16- rasmga q.) va past
temperaturaga ega bo‗ladi, bu esa shlak bilan birgalikda metallning ko‗p
yo‗qolishiga olib kelishi mumkin. Ularning tarkibi suyuqlantirish rejimi,
elementlarning kuyishi va oksidlarning futerovkaning sirt qatlamidan shlakka
o‗tishiga bog‗liq. Shlaklarning kislotaliligi suyuqlantirish boshidagi 0,9—1,1 dan
1500 °C temperaturaga erishilganda 6—8 gacha ortadi, shlakdagi temir
oksidlarining miqdori 40 dan 10% gacha kamayadi. SiO
2
ning miqdori esa 40 dan
70% gacha ortadi. Qolgan komponentlarning miqdori deyarli o‗zgarmaydi (2—3%
184
CaO; 0,5—2,5% Mn; 7—14% Ai
2
O
3
). SiO
2
miqdorining ortishini past suyuqlanish
temperaturasiga ega bo‗lgan (SiO
2
∙ nFeO ∙ mMnO) tipidagi murakkab
birikmalarning hosil bo‗lishi hisobiga uning futerovkadan o‗tishi, shuningdek, FeO
ning kamayishi hisobiga uning shlakdagi solishtirma ulushining ortishi bilan
tushuntirish mumkin. FeO yuqori temperaturada, asosan, cho‗yan uglerodi bilan
qaytariladi.
Cho‗yanning uglerodlanishi va uni ma‘lum kimyoviy tarkibgacha yetkazish —
induksion pechda cho‗yan suyuqlantirish operatsiyalaridan eng muhimidir.
Kimyoviy tarkibi ma‘lumotnomalarda keltirilgan hisob ma‘lumotlari bo‗yicha
korrektirovka qilinadi. Induksion pechda cho‗yan suyuqlantirishni yakunlovchi
operatsiyasi
termovaqt
ishlov
berishdir.
Bit
operatsiya
suyuqlanmani
gomogenizatsiyalash va dastlabki shixta materiallarining zararli irsiy ta‘sirini
kamaytirish maqsadida bajariladi. Termovaqt ishlov berish tigel reaksiyasining
muvozanat temperaturasidan 50 °C ortiq temperaturada tutib turishdan iboratdir.
Tutib turish СЧ 18 cho‗yan uchun 5 min dan 20 min gacha (СЧ 45 cho‗yan uchun)
davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |