O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi rosulov R. X. Tarmoq mashinalarini ta‘mirlash



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana14.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#800367
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Росулов Р Тармоқ машиналарини таъмирлаш 2014 09803





82 
Yaxshi payvandlanadigan kam uglerodli va konstruksion uglerodli 
po‘latlarni (15X, 20X, st30X, st40) oldindan qizdirmasdan va keyin ishlov 
bermasdan (E-34,E-38, E-42A, E-46 (GOST 9466-75, GOST-9467-7) elektrodlar 
bilan o‘zgaruvchan tokda yordamida payvandlanadi. Ko‘p uglerodli va ko‘p 
legirlangan vallar odatda payvandlashda ichki kuchlanishlarni hamda nuqsonalarni
kamaytirish maqsadida detal 250-300
0
S gacha qizdiriladi. Payvandlangandan keyin 
detal toblanadi va bo‘shatiladi. 
Yorilgan, singan va 1m uzunligida 0,25
0
dan ortiq buralgan vallar, odatda 
ta‘mirlanmaydi. 
Ko‘p yeyilgan valarni payvandlash elektroshlak usulida o‘tkaziladi (13.3- 
rasm). G‘ovak sovituvchi polzun 2 shakllanayotgan qoplanayotgan qatlamni 3 
qo‘zg‘almas tiklanayotgan valga 1 nisbatan yuqoriga siljitadi. Polzun va val 
orasidagi tirqish ichida aylana bo‘yicha elektrodlar 4 mundshtuk bilan birgalikda 
tebranma harakatlandi. 
Vallarni vibrokontaktli qoplash quyidagicha amalga oshiriladi. Elektrod 
joylashishi va qoplanayotgan val 13.4,a-rasmda keltirilgan. Val aylanish yo‘nalishi 
magnitning puflash yo‘nalishi bilan birga tushsa harakat o‘ng (13.4,b-rasm), aks 
holda chap (13.4,v-rasm) hisoblanadi. 
Paydvanlash unumdorligini oshirish uchun 2-4 ta elektrod bir vaqtda 
ishlatiladi. 
Detallarni plazma yordamida qoplash avvalgi boblarda keltirilgan. Yoyilgan 
vallarni tiklashda plazma yordamida purkab va sirtini eritsa, ayniqsa payvand 
qatlami qalinligi 0,1-1,0mm gacha bo‘lsa (13.5- rasm) samara ko‘payadi. Qatlami 
strukturasi bir xil, mustahkam, eritilgan sirtlari tekis, mexanik ishlov talab 
qilmaydi.
Qoplash 
UMP-7 
rusumidagi 
plazmatronli 
qoplash 
qurilmasidan 
foydalaniladi, u porshokni puflash qobiliyatiga ega (13.5,a – rasm) va dastgohga 
o‘rnatilgan. Tiklanayotgan detal 2 dastgohga 1 o‘rnatiladi va unga aylanma, 
plazmatronga esa bo‘ylama harakat beriladi. Bunday harakat hisobiga detal yuziga 
vintli qoplama hosil bo‘ladi. 


83 
Agar val ustiga qoplanayotgan qatlam qalinligi 0,1-1,0mm ni tashkil etsa, 
plazmali qoplash 13.5,b – rasmda ko‘rsatilgan qurilmada amalga oshiriladi. 
Yeyilgan detal 8 ta‘minlagichdan 3 truba 7 bo‘yicha kelib tushayotgan granulali 
poroshok yordamida plazmatron orqali plazma bilan qoplanadi. Elektr yoyi 
vrolframli erimaydigan elektrod va suv sovituvchi kanal vositasida amalga 
oshiriladi. Ballastli reostat elektr ta‘minoti manbai zanjiriga ulanadi. 
Agar plazmatronga qo‘shimcha gorizontal tekislikka tebranish harakat 
berilsa, unda paydvand qatlamini 50mm gacha kengaytirish mumkin, detalni bir-
ikki aylanishida payvand jarayonini tugatiladi. 
Oddiy payvandga nisbatan plazma purkash va eritish jarayoni bilan 
tiklangan vallar xizmat muddati ikki-uch marta oshadi. 
Plazmali toblash yo‘li bilan vallarning mustahkamligini ham oshirish 
mumkin (13.6- rasm). Bunda dastgoh karetkasiga o‘rnatilgan plazmatrondan 3 
foydalanilib, tiklanayotgan detal 1 dastgoh markaziga o‘rnaltiladi va unga aylanma 
harakat beriladi. Karetkaga plazmatron bilan birgalikda suv 2 purkagichi 
o‘rnatiladi, u qizdirilgan detal yuzasini sovitadi va toblaydi.
Eritilgan qatlami qattiqligi (poroshok-sormayt) NRC =45-60. 
13.1-jadvalda plazma purkash va eritish jarayoni tartibi keltirilgan. 
13.1-jadval. 
Plazma purkash va eritish jarayoni tartibi 
Opera-
siya 
Tok 
kuchi, A 
Poroshok 
sarflash 
kg/ch 
Gaz 
sarflash 
l/min. 
Valning aylan-ma 
tezligi, 
m /min 
Soplo va val 
masofasi, 
mm 
Purkash 
Eritish 
320 
310 
1,5 
--- 
30 
30 
13 
9-9,5 
100 
60-70 


84 
13.3- rasm. 
Valni elektroshlak bilan 
payvandlash; 
1 - Val (detal) 
2 - Sovutish sig‘im 
3 - Payvandlangan qotishma 
4 - Elektrod simi 
13.4- rasm.
Valni vibroyoy bilan tiklash sxemasi; 
α = 25-65
0
– valni yuzasi elektrod bilan urinish 
nuqtasi 
β = 35-75
0
– magniy puflash oqimi 
γ = 65-125
0
– NN normalga nisba-tan elektrod 
oxiri vibratsiya tutilgan yo‘li 
φ = 55-90
0
– gorizontal tekislik-ka nisbatan 
elektrod yotiqligi. 


85 
a) 
b) 
13.5- rasm. Yeyilgan vallarni plazma usuli bilan tiklash; 
a) purkash yo‘li bilan qoplash va sirtini eritish (1 dastgoh; 2-tiklanayotgan detal; 3-
plazmatronning tashqi soplosi; 4-mis soplo; 5-plama hosil qiluvchi gaz; 6-
volframli katod; 7- – poroshok uzatish uchun ta‘minlagich; 8-tashuvchi gaz; 9-
himoya gazi; IP – elektr quvvati bilan ta‘minlash qurilmasi; R
1
, R
2
– reostatlar;
D
r
- drossel) 
b) plazma usuli bilan payvandlash (1-elektr ta‘minoti manbai;
2 –ballastlt reostat; 3- poroshok uzatish uchun ta‘minlagich;
4- plazmatron; 5,6sovitilgan suvni chiqarish; 7-truboprovod;
8-ta‘mirlanayotgan val. 
13.6- rasm. Ta‘mirlanadigan valni plazma yordamida mustahkamlash sxemasi; 
1 – detal; 2 – suv beruvchi tizim; 3 – plazmatron. 


86 
Nazorat savollari: 
1.
Val va o‘qlarni vazifasi nimadan iborat? 
2.
Val va o‘qlarda ishlatiladigan materiallar. 
3.
Egilgan vallarni mexanik usulida to‘g‘rilash texnologiyasini aytib bering. 
4.
Egilgan vallarni qizdirib to‘g‘rilash usuli qachon ishlatiladi? 
5.
Kam va o‘rta uglerodli po‘lat vallarni payvandlashda qanday markali 
elektrodlar ishlatiladi? 
6.
Ko‘p uglerodli va ko‘p legirlangan vallarni payvandlashdan oldin necha 
gradusga qizdiriladi va uni maqsadi? 
7.
Elektroshlak usulida vallarni tiklashdan yutug‘i va kamchiligi. 
8.
Vibroyoy usulida vallarni tiklashda yutuqlari nimadan iborat? 
9.
Vallarni tiklashda mustahkamligini va puxtaligini oshirish yo‘larini isbot qiling. 
14. PODSHIPNIKLARNI TA‘MIRLASH 
Sirpanish podshipniklari turlari 
Sirpanish podshipniklari konstruktiv xususiyatiga ko‘ra quyidagilarga 
bo‘linadi: 
1. Rostlanmaydigan, qismlarga ajramaydigan sirpanish podshipniklari (14.1, 
a-rasm). Vtulka devorning qalinligi 2-10mm, 10-100mm diametri vallar uchun. 
Vtulka bronza, babbitlar, cho‘yan, plastmassalar, matallolkeramika va boshqa 
materiallardan tayyorlanadi.
2. Ichki korpusi rostlanadigan qismlarga ajralmaydigan sirpanish 
podshipniklari (14.1, b-rasm). Podshipnikda gaykalari uchun ikkala ichida rez’basi 
bor, bronza yoki antifriksion cho‘yandan tayyorlanadi. 
3. Tashqi konusi rostlanadigan qismlarga ajralmaydigan sirpanish 
podshipniklari. Ular tashqi konusli silindrik teshikli va parron kesikli vtulkadan 
iborat (14.1, v-rasm). 


87 
4. Qismlarga ajraladigan sirpanish podshipniklari (14.1, g-rasm) korpus va 
qopqoqdan iborat bo‘lib, ularning ichiga bronza antifriksion cho‘yan yoki 
bimetalldan ishlangan vkladishlar o‘rnatilgan. 
5. O‘zi o‘rnatiladigan yaxlit sirpanish podshipniklari (14.1,d-rasm) 
ko‘pincha ko‘p tayanchli vallar uchun ishlatiladi. 
6. Segmentli, o‘zi o‘rnatiladigan sirpanish podshipniklari. Podshipniklar 
uzelning tebranmasdan ishlashini ta‘minlaydi. 
7. Ko‘p ponali rostlanadigan yaxlit sirpanish podshipniklari. Bunday 
podshipnikning vkladishi konussimon tashqi sirtga ega. 
Sirpanish podshipniklarining nuqsonalari va ta‘mirlash usullari 
Sirpanish podshipniklarining nuqsonalari: ish sirtining yeyilishi va 
shaklining buzilishi; babbitning qatlamlanishi, uvalanishi yoki qisman erishi, 
sirpanishi, sirtidagi tirnalishlar, tor tirqishni kattalashishi, singan joylar, o‘yiqlar, 
moylash 
ariqchalari 
profilining 
buzilishi; 
tor 
tirqishni 
rostlanadigan 
podshipniklarda rostlash uchun g‘amlagan detallar yo‘qligi; vkladish yon 
tomonlarining yeyilishi; vtulkalar va vkladishlar mahkamlanishining buzilishi; 
korpus va qopqoq detallarining sinishi; moy keluvchi teshiklar va truboprovodlar 
rez’basining uzilishi, ularning ifloslanishi va shikastlanishi. 
Podshipnik ish sirtlarining yeyilishi oqibatida tor tirqish kattalashganda ish 
sirtlari ovalsimon, konussimon va bochkasimon bo‘lib qoladi. Tor tirqish kattaligi 
shup yordamida, qismlarga ajraladigan podshipniklarda esa ikki- uchta qo‘rg‘oshin 
sim yoki plastinkalar qismlarga ajratilgan podshipnikning vali va vkladishi 
orasiga qo‘yiladi. 


88 
14.1- rasm. 
Sirpanish podshipniklarning turlari; 
a-rostlanmaydigan, qismlarga ajramaydigan sirpanish podshipniklar; b- ichki 
korpusi rostlanadigan qismlarga ajralmaydigan sirpanish podshipniklar; v-tashqi 
konusi rostlanadigan qismlarga ajralmaydigan sirpanish podshipniklari; g-
qismlarga ajraladigan sirpanish podshipniklar; d-o‘zi o‘rnatiladigan yaxlit 
sirpanish podshipniklar. 
Teshikni val diametriga solishtirish va shu yusinda tor tirqishni, shuningdek 
teshik shakldagi xatolikni aniqlash uchun teshikning o‘lchami mikrometrli yoki 
indikatorli ichki o‘lchovlar topiladi. Qismlarga ajralmaydigan, rostlanmaydigan 
sirpanish podshipniklaridagi vtulka yeyilganda u almashtiriladi yoki ta‘mirlanadi.

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish