O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi rosulov R. X. Tarmoq mashinalarini ta‘mirlash



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana14.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#800367
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Росулов Р Тармоқ машиналарини таъмирлаш 2014 09803




50 
Detallarni metallash usuli bilan tiklash 
Metallash usuli quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 
- dastlabki material erishi tiklanayotgan detalga to‘xtovsiz yetarli miqdorda 
purkaladi va qoplanadi; 
- erigan materialning to‘xtovsiz purkalishi siqilgan havo oqimining kichik 
bo‘lakchalari hisobiga amalga oshiriladi; 
- tiklanayotgan detalga asosiy materialning kichik bo‘lakchalari bilan qoplab 
shakllantirish yuza notekisligi va unga molekulyar ta‘siri ostida amalga oshiriladi. 
Metallashda metall elektr yoyi, gaz alangasi, yuqori chastotali tok va 
siqilgan havo hisobiga detal yuzasiga purkaladi. 
Mos ravishda elektr yoyi, gazli, yuqori chastotali tok va plazmali qoplash 
turlariga bo‘linadi. Metallash jarayoni detal sirtiga havo yoki gaz oqimi yordamida 
suyuqlantiradigan metall zarralari purkashdan iborat (9.2-rasm). 
Purkalgan qatlamning qalinligi 0,03-10mm va undan ortiq bo‘ladi. (odatda, qiyin 
suyuqlanadigan metallar uchun 2,5-3mm).
Metallashning qo‘llanilish sohasi: aylanish jismlari, o‘tkazish 
teshiklari sirtlarining o‘lchamlarini tiklash, korpuslardagi nuqsonlarni (g‘ovaklar, 
o‘yiqlar, darzlar, kemtiklar) bartaraf etish, detallar sirtiga yeyilishga chidamli 
antifriksion, olovbardosh, korroziyaga chidamli va ko‘rkam qatlamalar qoplash. 
Surtilgan qatlam murt va asosiy metall bilan ilashish mustahkamligi chekli 
bo‘lganligi sababli zarbli va o‘zgaruvchan yuklanishlar tushadigan detallar 
(g‘ildirak tishlari, shtamplar va hokazo) uchun metallashni qo‘llab bo‘lmaydi. 
Silindrik detallar tokarlik datgohida metallanadi:
Buyum diametri, mm 10-30 30-60 60-100 100-200 200-300 
Buyumning aylanish chastotasi, min 
– 1
160 80 60 30 15
Supportning metallizator bilan birga 
uzatilishi, mm/ayl 2,5 1,5 1,5 1,2 1,2


51 
9.2-rasm. Materialni gazotermik qoplash sxemasi. 
A-dastlabki materialning purkalishi; B-purkalish; V-mash’ala bo‘lakchalari hosil 
bo‘lishi; G-qoplangan material qatlamining hosil bo‘lishi;
1-eng ko‘p qoplangan qism; 2-o‘rtacha qoplangan halqa; 3- eng kam qoplangan
halqa; D
h
-havo qatlami diametri; L
o‘
-erish o‘chog‘i uzunligi;
∆-erish o‘chog‘ini havo oqimi bilan qoplash miqdori. 
Metallashning texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Detalni metallashga tayyorlash:
Sirtni tozalash (cho‘tka, jilvir qog‘oz bilan, qumotar qurilmasi yordamida); 
Sirtni moysizlantirish (benzin, kerosin, erituvchi bilan); 
Sirtiga to‘g‘ri geometrik shakl berish maqsadida unga mexanik ishlov berish; 
silindrik sirtlar uchlarida bo‘rtiklar qoldiriladi va halqasimon ariqchalar shaklida 
qulflar yo‘niladi, ular qoplamaning yon tomonidan boshlab yemirilishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. 
Purkash zonasi 
Siqilgan havo 
Purkash zonasi 
Dastlabki 
material 
Havo oqimi 
Dastlabki 
material 
Erish o’chog’i
Qo
p
la
n
a
yo
tg
a
n
 ma
h
su
lo

 




52 
Qoplamaning metall asos bilan yaxshi ishlashi uchun sirtni g‘adir-budur qilish 
(nitra purkab ishlov berish, detal o‘qidan 3-6mm pastda o‘rnatilgan keskich bilan 
0,75-1,25mm qadamli rez’ba qirqish, yirik tishli egov bilan egovlash, zubilo bilan 
urib chiqish, qattiqligi HRC 350 dan ortiq bo‘lgan detallar uchun elektroyoy yoki 
anod mexanik usulda ishlov berish); detalning metallanmaydigan sirtlarini karton, 
tunuka, izolyasiya lentasi bilan, pazlar va teshiklarni yog‘och tiqinlar bilan berkitib 
quyish. 
2. Metall qatlami detal qizdirilgandan kamida 1 soat o‘tgandan so‘ng purkaladi. 
Metallizatorlarning vaziyati detal sirtiga purkalayotgan metall oqimining 
perpendikulyar bo‘lishini ta‘minlashi lozim. Metallizator soplosidan detalgacha 
bo‘lgan masofa 100-150mm. (9.1-rasm). Dastlab metall keskin o‘tish joylari 
(burchaklar, galtellar, chiqiqlar) bo‘lgan uchastkalarga purkaladi, keyin esa hamma 
sirtga bir tekis kilib purkaladi. Qoplamaning qalinligi yeyilish izining bartaraf 
etilishini va ishlov berishga keyin esa hamma sirtga bir tekis qilib purkaladi. 
Qoplamaning qalinligi yeyilish izining bartaraf etilishini va ishlov berishiga quyim 
qoldirilishini (yunish uchun 0,6-1mm, jilvirlash uchun 0,4-0,6mm) ta‘minlashi 
lozim. 
3. Metall kukini changitilgan sirtlarga mexanik ishlov berish: T15K6 
qotishmasidan ishlangan keskichlar bilan (sovitib turib) yunish; yunish tezligi 10-
30 m/min; O‘rtacha yumshoqlikdagi korund doiralar bilan jilvirlash: yo‘nish tezligi 
25-30 m/s; yuqori qattiqlikdagi qoplamalar vulkaning asosli olmos doiralari bilan 
jilvirlanadi. 
9.1 – jadvalda metallash turlari haqida asosiy ma‘lumotlar, 9.2 – jadvalda esa 
Metallashda ishlatiladigan elektrod sim materiallari to’grisida ma’lumotlar 
keltirilfan. 


53 
9.1 – jadval
Metallash turlari haqida asosiy ma‘lumotlar 
Metal-
lash 
turlari 
Metalliza-
torlar 
Payvandlash 
materiali 
Afzalliklari 
Kamchilik-lari 
Gaz
alangasida 
Dastaki: 
MGI-2
MGI-5 
Diametri 1,5-25 
mm li (MGI-2 
uchun) va 5-6 mm 
li (MGI-5 uchun) 
elektrod sim 
Metall kam 
oksidlanadi va 
legirlovchi 
elementlar kam 
yonadi 
O‘rnatilishi 
murakkab, 
ish unumi 
past 
Yoy 
yorda-
mida 
Dastgohda: 
EM-6, EM-
12, MES-1; 
dastaki: EM-
3, EM-3A, 
EM-9, EM-10 
1-2 mm dia-metrli 
elektrod sim 
Ish unumi nisbatan 
yuqori, o‘rnatilishi 
odiy 
Metall ko‘p 
oksidlanadi 
va legir-
lovchi 
elementlar 
ko‘p yonadi 
Yuqori 
chastota-
li tokda 
MVCh-1,
MVCh-2 
3-6 mm diametrli 
sim 
Legirlovchi 
elementlar kam 
yonadi, bir jinsli va 
mustahkam qatlam 
hosil qiladi, ish 
unumi yuqori 
Jihozlash 
murakkab 
Plazma 
vositasi-
da 
UPU-3,
UPU-4,
UMP-4,
UMP-5 
markali uni-
versal plazma 
qurilmalari 
PG-XN80SR2 
PG-XN80SR3 
PG-XN80SR4 
PG-
UZOX28N4S4 
KXB boshqa va 
kukun 
qotishmalari 
Qiyin suyuqla-
nadigan va yeyi-
lishga chidamli 
materiallar, shu 
jumladan, qattiq 
qotishmalardan 
ham qoplama hosil 
qilish mumkin 
Payvandlash 
materiali 
kamyob, 
narxi 
nisbatan 
qimmat 


54 
9.2 – jadval
Metallashda ishlatiladigan elektrod sim materiallari 
Jarayonning vazifasi 
Simning materiali yoki markasi 
Qo‘zg‘almas qilib o‘tkazish uchun 
mo‘ljallangan yuzalarni tiklash 
8, 10, 15, 20 po‘latlari 
Yeyilishiga chidamli qoplama hosil 
qilish 
45, U7, U7A, U8, U8A, U10 
po‘latlari; 
N
p
-40, 
N
p
30 
XGSA, 
N
p
3X13 turidagi sim 
Yuqori 
temperaturalarda 
ishlaydigan 
detallarni metallash 
Xrom-nikelli po‘latlar 
Sirpanish podshipniklarini tiklash 
Quyidagi 
tarkibli 
antifriksion 
qotishmalar: 
alyuminiy 
50% 
qo‘rg‘oshin 50%; po‘lat-75%; mis 
25% po‘lat 75%, latun 25% mis 75%, 
qo‘rg‘oshin 25% 
Antifriksion qatlamalar qoplash 
LS59-1 markali latun 
Darzlar, o‘yiqlarni berkitish va cho‘yan 
detallar sirtini antikorrozion qatlamlar 
bilan qoplash 
S1, S2 markali rux 
Alyuminiy qotishmalaridan ishlangan 
detallardagi darzlarni berkitish 
AD, AMS, AMG qotishmalari 
Nazorat savollari: 
1.
Plazma jarayoni qaysi temperaturada o‘tadi? 
2.
Plazmatron sxemasini chizib bering? 
3.
Metallash jarayoni isbot qiling? 
4.
Metallash turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari? 
5.
Detallarni metallashga tayyorlash texnologiyasi nimadan iborat? 


55 
10. DETALLARNI ELEKTROLITIK O‘STIRISH USULIDA TIKLASH 
Elektrolitik o‘stirish jarayoni 
Elektrolitik o‘stirish quyidagicha amalga oshiriladi. Elektrolit (eritma) orqali 
elektrodlarni elektr tokiga ulansa, elektrolit ionlari kationlar katodga, anionlar 
anodga harakatlanadi. Elektrodlardagi ionlar neytral atomlar ko‘rinishida ajralib 
zaryadlarini yo‘qotadi yoki zaryadini almashtiradi va yangi birikma hosil qiladi. 
Agar katod tiklanayotgan detal xizmatini bajarsa, unda ma‘lum sharoitda yuzada u 
yoki bu metalning talab etilgan qalinligi hosil bo‘ladi. 
Metalni elektrolitik o‘stirish jarayoni miqdoriy nisbatda Faradeyning ikkita 
qonuniga bo‘ysinadi: 
- elektroliz paytida ajralib chiqqan modda miqdori eritma orqali oqib o‘tgan 
elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsional; 
- bir yoki boshqa elektr miqdori ta‘sirida elekrodda hosil bo‘lgan moddalar 
miqdori ularning ekvivalent og‘irligiga proporsional. 
Bu qonunlar asosida qoplangan moddaning nazariy massasi grammlarda 
quyidagi tenglikdan topiladi; 
G
H
=cit
bu yerda: c - elektrokimyoviy ekvivalent, g/(A 

soat); 
i - tok quvvati, (A); 
t - vaqt (soat); 
Qoplangan metalning haqiqiy massasi (G
h
) nazariy massasidan kam
shunday qilib, katodda bir vaqtning o‘zida metall oqadi va boshqa jarayonlarda 
(masalan, vodorod ajralishi) elektr miqdori sarflanadi: 
G
f
= cit/100= G
H

/100 
bu yerda: 

- tok bo‘yicha elementning chiqishi (%)

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish