1. NxOy birikmasining 1 molida N atomlarining massasi, uning nisbiy atom massasidan 2 marta katta, O atomlari soni esa N atomlari sonidan Avogadro sonicha kam bo`lsa, birikma formulasini aniqlang. A) N2O B) NO C) N2O3 D) N2O5
2. X va Y atomlaridan hosil bo`lgan X2Y3 va X2Y5 birikmalarining 0,01 moldan olinganda massalari mos ravishda 1,98 gr va 2,3 gr bo`lsa, X va Y ning nisbiy atom massalarini aniqlang. A) x=75; y=22 B) x=75; y=16 C) x=58; y=44 D) x=64; y=62
3. 0,05 mol noma`lum oddiy modda yonganda 67,2 litr (n.sh) gaz ajraldi. Hosil bo`lgan gaz metandan 2,75 marta og`irligi ma`lum bo`lsa, oddiy moddaning formulasinin aniqlang. A) C50 B) C60 C) C70 D) C80
4. Etalon massa sifatida C-12 izotopining qismining o`rniga, qismi olinadigan bo`lsa, kislorodning nisbiy atom massasi nechaga teng bo`ladi? A) 2,22 B) 3,16 C) 1,86 D) 2,84
5. Yer po`stlog`i tarkibidagi kaliy va natriyning foiz miqdori taxminan barobar. Yer po`stlog`ida kaliy atomlari ko`pmi yoki natriy atomlarimi? Taxminan necha marta ko`p? A) K; 1,7 B) Na; 1,7 C) Na; 1,5 D) K; 0,6
6. Hajmi 1000 m3 suv gazini olish uchun tarkibida 0,95 massa ulush uglerod tutgan ko`mir massasini (kg) toping. A) 290 B) 282 C) 262 D) 580
7. Davriy sistemaning IV gruppa elementi hosil qilgan sulfidi va bromiding molekulyar massalari nisbati 23:87. Bu qaysi element? A) kremniy B) qalay C) germaniy D) uglerod
8. Tarkibida massa ulushi 31,84% bo`lgan bir valentli metall, 39,18% kislorod va qolgani xlordan iborat moddaning formulasini toping. A) LiClO3 B) KClO4 C) NaClO2 D) KClO3
9. MeOH→MeCl→MeNO3 reaksiya tenglamalari bo`yicha 57,6 gr MeOH dan 267,6 gr MeCl va MeNO3 aralashmasi olingan bo`lsa, Me2SO3 molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 126 B) 94 C) 208 D) 158
10. Quyidagi berilgan jadvaldan foydalanib, II birikmaning formulasini toping.
Birikma
|
Birikma formulasi
|
A ning massasi
|
Birikmaning massasi
|
I
|
A2B3
|
7
|
12,4
|
II
|
?
|
3,5
|
8,9
|
A) AB2 B) A2B3 C) AB3 D) A2B
11. Quyidagi berilgan ifodalardan noto`g`rilarini tanlang. 1) kislorod atomi; 2) sirka kislota atomi; 3) malaxit atomi; 4) olmos uglerod atomlaridan tashkil topgan; 5) vodorod peroksid (H2O2) vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan; 6) osh tuzi natriy va xlor molekulalaridan tashkil topgan. A) 1,4 B) 1,4,5 C) 2,3,5,6 D) 2,3,6
12. Metall va nitrat ionlaridan iborat o`rta tuz kristallogidrati tarkibida massa jihatdan 3,13% vodorod va 75,0% kislorod bo`lsa, shu kristallogidratning 0,3 mol tarkibidagi atomlar sonini aniqlang. A) 505,68∙1022 B) 252,84∙1022 C) 171,57∙1022 D) 104,748∙1023
13. Massasi 1,287 gr bo`lgan kristall holdagi sodaga mo`l miqdorda vodorod xlorid ta`sir ettirilganda, 100,8 ml (n.sh) gaz ajralib chiqdi. Dastlabki kristallogidratning formulasini aniqlang. A) Na2CO3 ∙10H2O B) Na2CO3 ∙2H2O C) Na2CO3∙5H2O D) Na2CO3∙7H2O
14. Qalay va misning qotishmasida har bir atom qalayga 5 atom mis to`g`ri kelishi uchun shu qotishmada necha foiz qalay bo`lishi kerak? A) 27 B) 30 C) 25,5 D) 28
15. Massasi 15 gr bo`lgan modda yonganda, 2,8 gr azot, 17,6 gr uglerod(IV) oksid va 9,0 gr suv hosil bo`ladi. Boshlang`ich modda tarkibi qaysi element atomlaridan tashkil topgan? 1) azot; 2) vodorod; 3) kislorod; 4) uglerod A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2,3,4 D) 1,2,4
16. X, Y va Z elementlarida atomlar nisbati 4:2:1 bo`lganda, ularning massa nisbati 1:1:1 bo`ladi. Agar shu elementlar 4:2:1 massa nisbatda olinsa, atomlar nisbati qanday bo`ladi? A) 8:4:2 B) 1:1:1 C) 1:2:4 D) 16:4:1
17. Hasharotlarga qarshi kurashishda 1m3 hajmga 50 gr SO2 gazi ishlatiladi. Balandligi 4m, yuzi 20m2 bo`lgan xona uchun kerak bo`ladigan oltingugurtni yoqish uchun necha m3 (n.sh) kislorod kerak bo`ladi? A) 2,9 B) 1,4 C) 1,7 D) 0,8
18. Berilgan aralashmalardan qaysi birini filtrlash usuli orqali ajratish mumkin? A) osh tuzi va suv B) ohak suti C) spirt va suv D) benzin va suv
19. Oddiy moddalar soni elementlar sonidan ko`p bo`lishiga asos bo`luvchi kimyoviy elementlar juftligini belgilang. A) C; Br B) N; F C) H; O D) S; P
20. Teng massada olingan sulfit angidrid va kislorod reaksiyasidan 20 gr sulfat angidrid hosil bo`ldi. Ortib qolgan gaz takror reaksiyaga kirishishi uchun qaysi gazdan qanday massada (g) talab etiladi? A) m(SO2) = 48gr B) m(O2) = 12 gr C) m(O2) = 3 gr D) m(SO2) = 24 gr
21. Quyidagi genetik o`zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan moddalar qatorini ko`rsating. K→KOH→K2CO3→KCl→KNO3 A) H2O, CO2, BaCl2,AgNO3 B) LiOH, CO2, Cl2, AgNO3 C) NaOH, H2CO3, NaCl, Ba(NO3)2 D) H2O, CO2, BaCl2, HNO3
22. x mol MeOH dan 60% unum bilan 38,25 gr MeNO3, 80% unum bilan esa 35,1 gr MeCl olingan bo`lsa, “x” ni aniqlang. A) 0,8 B) 0,75 C) 0,5 D) 1
23. Quyidagilar orasidan asosli oksidlarni ko`rsating. 1) marganes(II) oksid; 2) marganes (III) oksid; 3) marganes(IV) oksid; 4) marganes(VI) oksid; 5) marganes(VII) oksid; 6) xrom(II) oksid; 7) xrom(III) oksid; 8) xrom(VI) oksid. A) 1,4,6 B) 3,6,7 C) 1,2,6 D) 4,5,8
24. KOH + H3PO4 →K2HPO4 + H2O reaksiyada olingan mahsulotlar yig`indisi va sarflangan ishqor massasi farqi 58,8 gr bo`lsa, nordon tuz massasini (g) aniqlang. A) 130,5 B) 78,3 C) 156,6 D) 104,4
25. Kislota va ishqor eritmalarida eriydigan d-elementlar birikmalarini ko`rsating. 1) Zn(OH)2; 2) Al(OH)3; 3) Cu(OH)2; 4) Cr(OH)2; 5) Mn(OH)2. A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 1
26. 1 mol alyuminiy digidroksosulfat va 1 mol sulfat kislota reaksiyasi natijasida qanday tuz(lar) hosil bo`ladi? A) alyuminiy sulfat B) alyuminiy gidroksosulfat C) kaliy gidrosulfat D) alyuminiy gidroksosulfat va alyuminiy sulfat
27. Nordon tuzni toping. A) NaH2PO3 B) KH2PO2 C) CaOCl2 D) A va B
28. Zn ZnCl2 ZnS o`zgarishlar sxemasida birinchi reaksiya o`rin olish, ikkinchisi almashinish reaksiyasi bo`lsa, X va Y reagentlarini aniqlang. A) xlorid kislota va mis(II) sulfid B) xlor va bariy sulfid C) mis(II) xlorid va kaliy sulfid D) magniy xlorid va simob(II) sulfide
29. Temperatura 273 K, hajmi 5,6 l bo`lgan idishda 1 gr H2, 8,5 gr NH3 va 28 gr N2 bor. Idishdagi bosimni (atm) toping. A) 2 B) 4 C) 6 D) 8
30. Oltingugurt (VI) oksidni nisbatan yuqori temperaturada ushlab turish natijasida uning yarmi oltingugurt (IV) oksid va kislorodga parchalandi. Hosil bo`lgan gazlar o`rtacha massasini hisoblang. A) 70 B) 80 C) 60 D) 64
Do'stlaringiz bilan baham: |