O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi rosulov R. X. Tarmoq mashinalarini ta‘mirlash



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana14.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#800367
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Росулов Р Тармоқ машиналарини таъмирлаш 2014 09803

b) 
a) 
v) 
g) 
d) 
e) 


104 
17. MASHINA QISMLARINI TIKLASHNING SLESAR-MEXANIK 
USULLARI 
Detallarni individual o‘lcham va ta‘mirlash o‘lchamiga moslab tiklash 
Detalni dastlabki o‘lchamlarini o‘zgartirib tiklashda avval tutashmaning 
asosiy ancha qimmat detalni to‘g‘ri geometrik o‘lchamlar hosil bo‘lguncha 
mexanik ishlov berib ta‘mirlanadi. U bilan tutashuvchi ikkinchi ancha oddiy detal 
qaytadan tayyorlanadi yoki o‘zaytiriladi va ishlov berish vaqtida zarur o‘tkazish 
hosil bo‘lguncha birinchi detal o‘lchamiga moslab to‘g‘rilanadi. 
Tortqilar quloqlari, krestovinalar hamda rostlagich o‘qlari va boshqalar ana shu 
usulda ta‘mirlanadi. Yeyilgan teshiklar individual kattalashtirilgan o‘lchamga 
moslab razvyortkalanadi, shu teshiklarga tushadigan barmoq yoki o‘qlar qaytadan 
yasaladi. Asosiy detalni tiklashning oddiyligi va uning xizmat muddatini uzaytirish 
bu usulning afzalligi hisoblanadi. Biroq individual moslash juda sermehnat bo‘lib, 
tutashma detallarining o‘zaro almashinuvchanligini butkul buzadi. Bu usuldan 
foydalanish sohasi uncha katta bo‘lmagan ta‘mirlash dasturida mashinalarni bir 
marta ta‘mirlash bilan cheklanadi. 
Detalni ta‘mirlash o‘lchamiga moslab tiklash ancha keng tarqalgan usuldir. 
Uning mohiyati asosiy, ancha murakkab detalga ixtiyoriy (individual) 
o‘lchamgacha emas, balki me’yordagi (zavod) o‘lchamdan farqlanuvchi oldindan 
belgilangan 
o‘lchamgacha mexanik ishlov berishdan iborat. Ikkinchi 
tutashtiriluvchi detal yangi detal ijozatlarini saqlagan holda shu o‘lchamga 
muvofiq tayyorlanadi. Ta‘mirlash o‘lchamlari oldindan belgilanganligi va 
ma‘lumligi sababli ikkinchi detalni birinchi detalga bog‘liq bo‘lmagan holda 
boshqa korxonada ham tayyorlash mumkin. Detallarning o‘zaro almashinuv-
chanligi birmuncha murakkablashsa ham, biroq ta‘mirlash o‘lchamlari chegarasida 
saqlanadi. Bu hol sanoatda qo‘llaniladigan usullarni ta‘mirlashda qo‘llash imkonini 
beradi, ta‘mirlashni arzonlashtiradi va uning sifatini yaxshilaydi. 


105 
Detalni ta‘mirlash o‘lchamiga moslab tiklash usuli tirsakli vallarni 
ta‘mirlashda qo‘llaniladi. Tirsakli vallarning shatun va o‘zak bo‘yinlari navbatdagi 
ta‘mirlash o‘lchamigacha silliqlanadi. 
Ta‘mirlash o‘lchamli vkladishlarni esa sanoatda ehtiyot qismlar sifatida ishlab 
chiqariladi. 
Detallarni ularga qo‘shimcha element qo‘yib tiklash 
Mashinalar ta‘mirlanayotganda ko‘p detallar qo‘shimcha element qo‘yish 
usulida tiklanadi. Detallarning yeyilgan yoki shikastlangan qismlari olib tashlanib, 
ularning o‘rniga yangi tayyorlangan qismlar qo‘yiladi va ularga normal o‘lchamga 
moslab ishlov beriladi.
Detal qismlarini almashtirib tiklash jarayoni birmuncha murakkab bo‘lib, uni 
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. 
Nuqsonli qismini olib tashlash va biriktirish sirtini tayyorlash. Ko‘pincha 
murakkab detallar (uzatmalar qutisi, shesternalarining karetkalari hamda bloklari 
va boshqalar) termik ishlanadi (sementitlanadi yoki toblanadi) va nuqsonli 
elementni olib tashlash oldidan shu joy gaz vositasida payvandlash gorelkasi yoki 
yuqori chastotali tok (YuChT) yordamida bo‘shatiladi. 
Darzlarni tiklash usullari 
Mashina qismlaridagi darzlarni tiklash tortqichlar yordamida bajariladi 
(17.1-rasm). Bu usul darz ketgan joyning ikki tomonidan teshiklar ochilib, shtirlar 
o‘rnashtiriladi va ular bir-biriga tortilgan holatda tortqichlar kiygiziladi. Tortqilar 
joylariga qarab planka yoki halqa ko‘rinishidagi har-xil konstruksiyalardan iborat 
bo‘lib, ular mexanik va boshqa usullar (payvandlash) orqali mahkamlash mumkin. 


106 
17.1-rasm. Darz ketgan qismlarga anker-tortqichlar qo‘yish sxemalari; 
1-yorilgan qismlar, 2-anker-tortqichlar, 3-yoriqlar; T-darzlar. 


107 
Detal va yig‘ma birliklarini muvozanatlash 
Muvozanatlash - nomuvozanatlik kattaligini va joyini, ya‘ni muvozanati 
buzilgan tez aylanuvchi detallar va yig‘ma birliklarini aniqlashdan iborat. 
Nomuvozanatlik materialning bir jinsi mosligi, tayyorlanishdagi va yig‘ish 
paytidagi xotolar tufayli paydo bo‘ladi hamda detallarni qo‘shimcha zo‘riqishiga, 
titrashiga, mashinaning aniqligi va resursi kamayishiga olib keladi. 
Muvozanatlashning statik va dinamik muvozanatlash turlari mavjud. Statik 
nomuvozanatlikda detal yoki uzelning og‘irlik markazi aylanish o‘qiga mos 
kelmaydi. Bu kamchilik diametri uzunligidan katta bo‘lgan detallar uchun xosdir. 
Dinamik nomuvozanatlik uzunligi diametrdan ancha katta bo‘lgan detallar va 
uzellarga xosdir. Detallar yoki uzellar aylanganda muvozanatlanmagan massalar 
o‘qlarga perpendikulyar bo‘lgan turli tekisliklardan yotadi, bu esa mashinada 
titrash va dinamik yuklanishlarni hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar jufti 
paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Statik muvozanatlash, odatda, ta‘mirlash ishlarida qo‘llanilib, prizmalar yoki 
disklarda bajariladi (17.2-rasm). Prizmalarda muvozanatlashda detal opravkaga 
zich o‘tkiziladi, opravkaning uchlari ikkita gorizontal prizmaga joylashtiriladi. 
Keyin detal sekin aylantiriladi va u to‘xtatgandan keyin detalning og‘irlashgan 
qismiga mos keluvchi pastki vaziyati bur bilan belgilab qo‘yiladi. Jarayonni ko‘p 
marta takrorlab detalning muvozanatlanmagan (og‘irlashgan) qismi aniqlanadi. 
Disklarda muvozanatlashda opravka sharikli podshipniklarda o‘rnatilgan, 
o‘qlari parallel bo‘lgan ikki juft disklar orasiga joylanadi. Bunday muvozanatlash 
aniqroqdir, chunki bunda detal dumalamasdan aylanadi. Prizmalar yoki disklar ish 
sirtlarining g‘adir-budurligi kam va qattiqligi yuqori bo‘lishi hamda vaterpas 
bo‘yicha aniq gorizontal vaziyatda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim (1metr uzunlikda 
0,1mm chetlashishga yo‘l qo‘yiladi). 
Detalni muvozanatlash uchun yoki uning og‘irlashgan tomonining ishda 
qatnashmaydigan sirtidan ortiqcha material parmalab, egovlab olib tashlanadi, yoki 
detalning qarama-qarshi (yengillashgan) tomoniga (agar yuk uzelning ishlashiga 
halaqit bermasa) yuk mahkamlanadi.


108 
Detallar va uzellar maxsus muvozanatlash dastgohlarida yoki o‘z 
podshipniklarida (pastroq aniqlikda) dinamik muvozanatlanadi. Natijada detalga 
qo‘yilishi (yoki olinishi) lozim bo‘lgan yuk massasi va vaziyati aniqlanadi. 
Muvozanatlanmagan aksariyat detal va yig‘ma
birliklari aylanganda katta 
markazdan qochma kuch paydo bo‘lib, bu kuch shu element tayanchlariga 
tushadigan qo‘shimcha katta yuklanishni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, 
aylanganda muvozanatlanmagan yuklanish yig‘ma birligi, agregat yoki butun 
mashinani qo‘shimcha ravishda titratadi, natijada detallarning yeyilishi va 
yemirilishi ortadi, mahkamlangan joylari bo‘shashadi, mashinaning ishonch-liligi 
va uzoq xizmat qilishi kamayadi. Shu sababli ko‘p detallar yoyilishdan oldin 
muvozanatlilikka tekshiriladi, ya‘ni muvozanatlanadi. Aylanayotgan massalar 
og‘irlik markazining detal va yig‘ma
birligi aylanish o‘qiga nisbatan siljishi 
ularning muvozanatlanmaganligini bildiradi. Bunga detal materiali zichligining bir 
xil emasligi, ishlov berishda o‘xshashlikning buzilishi, notekis yoyilish va 
boshqalar sabab bo‘ladi.
17.2-rasm. Detallarni statik muvozanatlash sxemasi: 
a-prizmalarda; b-disklarda; 1-opravka; 2-muvozanatlanadigan detal;
3-prizma; 4-disklar. 
Detal maxsus qurilmalarda va gorizontal prizmali yoki aylanuvchi rolikli 
moslamalarda statik muvozanatlanadi. Detal maxovik 2 maxsus opravkaga 
mahkamlanib, qurilma prizmasi 3 ga yoki roliklarga 4 o‘rnatiladi. Agar detal 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish