O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi rosulov R. X. Tarmoq mashinalarini ta‘mirlash



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana14.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#800367
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Росулов Р Тармоқ машиналарини таъмирлаш 2014 09803

TARMOQ MASHINALARINING 
DETALLARINI TA‘MIRLASH 
TEXNOLOGIYASI VA USULLARI



1. TARMOQ MASHINALARINING ISHLASH QOBILIYATINING 
KAMAYISH SABABLARI 
Tarmoq mashinalarni ishlash qobiliyati 
Tarmoq mashinalarini ishlatish jarayonida sekin-astalik bilan uning ishlash 
qobiliyati pasayib boradi. Tarmoq mashinalarining me’yorda ishlash qobiliyati 
pasayib ketishi uning ish unumdorligining pasayishi, mahsulot sifatining pasayishi, 
elektr energiyasining oshib ketishi, shovqin va urilishlar, detal va uzellarda 
titrashlar, ishqalanuvchi juftliklardagi qizishlar oshishiga, mashinaning F.I.K. ning 
pasayishiga olib keladi.
Tarmoq mashinalarining holatini tashqaridan ko‘rish, ishchilardan so‘rov, 
mahsulot birligiga elektr energiyaning sarfi va o‘z-o‘zidan to‘xtab qolish vaqti 
orqali aniqlash mumkin. 
Tashqaridan ko‘rish orqali boltli birikmalarning, birikmalardagi detallar, 
ishqalanuvchi 
juftliklardagi 
ko‘rinadigan 
tirqishlarning 
oshishi, 
tishli 
ilashmalarning, o‘qlarning va vallarning urishi holatini bartaraf etish mumkin.
Ishchilardan so‘rov orqali, turli rejimlarda ishlaydigan detal va ba‘zi 
uzellarning ishqalanish darajasini bilish mumkin. 
Mashina va uzellarning ko‘rinadigan tirashlari, aylanadigan detallarning 
(shkivlar, barabanlar, qanotli ventilyatorlar va hokazolar) nomuvozanatligidan 
hosil bo‘ladigan inertsion kuchlarni zaif birikma joylarida qo‘l bilan aniqlash 
mumkin. 
Ishqalanuvchi juftliklarning qizishini qo‘l yoki temperatura ta‘siri ostida 
termik bo‘yoqning o‘zgarishi natijasida termojuftlik bilan aniqlash mumkin. 
Elektr energiyaning sarfini birlik vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori orqali aniqlanadi. 
Mashinaning o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishini aniqlash uchun mashina salt 
yurishida yurgiziladi va taxometr yordamida mexanizmning aylanish chastotasi 
aniqlanadi, undan so‘ng elektrodvigatel ishga tushiriladi va o‘chirilgandan so‘ng 



mashinaning aylanuvchi uzellarining to‘liq to‘xtashini sekundomer yordamida 
o‘lchanadi. 
Tarmoq mashinalarini samaradorligi ko‘pincha mashinaning texnik holatiga 
bog‘liq. Mashinalarning ishlash qobiliyati unga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta‘mirlash yordamida hisobga olinib, detal va mexanizmlar sinishi, tezda yeyilishi, 
nosozliklar sodir bo‘lganini ogohlantirish, rejalashtirilgan profilaktik tadbirlarga 
asoslangan texnik tarmoq mashinalar va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta‘mirlashga ketadigan material va moliyaviy sarflar juda katta hisoblanadi. 
Texnik 
xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash 
samaradorligini oshirish 
rasionallashtirish bilan amalga oshiriladi. 
Bosh mexanik rahbarlik qiladigan ta‘mirlash ishlab chiqarish xizmati tarmoq 
mashinalarini korxonalarning muhim bir bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. 
Tarmoq mashinalarini ta‘mirlash ishlash qobiliyati va tiklash jarayoni 
hisoblanadi. Ta‘mirlash zarur bo‘lgan mashinalar, ya‘ni turli uzel va detallar 
ishlash muddati bir xil emas. Detal va uzellar ishlash muddatining turlicha ekanligi 
quyidagicha tushuntiriladi. 
-
ularning funksiyalarining xilma – xilligi; 
-
detal va uzellar yuklashini xarakteri va miqdorining keng miqyosdaligi; 
-
birikmalardagi ishqalanish turining xilma - xilligi; 
-
materialning fizik - mexanik xossalarining xilma - xilligi; 
-
detal va uzellarni yig‘ishda tayyorlash aniqligining ko‘rsatkichlari va 
ijozat miqdordagi titrashlar. 
Jihozni ishlatish sharoiti ba‘zi hollarda texnik hujjat ko‘rsatkichlari, usta va 
ishchilarning malakasiga bog‘liq. 
Ta‘mirlash quyidagi sabablarga ko‘ra maqsadga muvofiqdir. 
-
material tiklanayotgan detalni takroran ishlatish hisobiga moliyaviy 
vosita va mehnat sarfi iqtisod qilinadi. 
-
tarmoq mashinalarini kapital ta‘mirlashda mashinaning umumiy narxiga 
nisbatan 40-50% dan oshmaydi, yangi mashina tayyorlashga nisbatan 
material sarfi ularni ta‘mirlash 10-15 marta past. 



Ta‘mirlash ishlab chiqarish asosi detallarni tanlash hisoblanadi. 
Mashinani tiklash usulini to‘g‘ri ta‘mirlashning iqtisodiy va texnik 
ko‘rsatkichini tanlash usulini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.
Mashinani ta‘mirlash vaqtida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: 
mashinani ta‘mirlashga qabul qilish, uzellar bo‘yicha, uzellarni detallar bo‘yicha 
bo‘laklash, detallarni tozalash va yuvish, kerakligi bo‘yicha saralash, nosozlarni 
tanlash va yangi detallarni tayyorlash, uzellarni yig‘ish va detallarni komplektlash, 
ishlatish, mashinani sozlash va mashinani ta‘mirlashdan topshirish. 
Tarmoq mashinalarni ishlash qobiliyatining pasayish sabablari 
Tarmoq mashinalarning ishlash qobiliyatining pasayish quyidagicha 
xarakterlanadi: mahsulot sifati doimiy pasayganda, ish unumdorligi kamayganda, 
shovqin sodir bo‘lganda, titrashni ko‘z bilan ilg‘ash imkoni bo‘lganda va boshqalar 
ko‘pincha bu belgilar bir - biriga bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Detallarning yeyilishi mashinalardagi nosozliklar hisoblanadi. Bunga shuni 
qo‘shish mumkinki, mashinani yomon sozlash, boltli birikmalarning siljishi va 
boshqalar mashinalarning qoniqarsiz holatini chuqurlashtiradi. 
Mashinada sodir bo‘lgan nosozliklar ta‘mirlovchining ishtiroksiz ko‘pincha 
usta yordamchisi yordamida amalga oshiriladi. 
Nazorat savolari: 
1. Tarmoq mashinalarining ishlash qobiliyatining pasayishi nimalarga
olib keladi? 
2. Tarmoq mashinalarining holatini qanday aniqlash mumkin? 



2. TARMOQ MASHINALARINI TEXNIK HOLATI VA
UNI BAHOLASH USULARI
Tarmoq mashinalarining texnik holati 
Tarmoq mashinalarining texnik holati - tarmoq mashinalarining uzellarining 
va mexanizmlarning strukturali parametri bilan baholanadi. 
Srukturali parametrlar – bu, masalan geometrik o‘lchamlar (tizimli, maydon, 
hajm), mexanik (bosim, aylanish chastotasi, tebranish amplitudasi, siqish kuchi), 
akustika (shovqin darajasi), termik (ishqalanish issiqligi, temperatura) va elektrik 
(tok, nurlanish, quvvat) bilan xarakterlanadi. Strukturali parametrlarning (2.1-
rasm): nominal (S
o
), ruxsat etilgan (S
r
) va chegaraviy (S
cheg
) turlari mavjud. 
2.1-rasm. Strukturali parametlarning o‘zgarishi. 
Strukturali parametrning nominal miqdori boshlang‘ich hisoblanib, yangi 
mahsulotga mos keladi. 
Strukturali parametrning ruxsat etilgan miqdori nosozlik chegarasi 
hisoblanadi. Parametr miqdori ruxsat etilgan miqdorida pasaygan ekspulatasion 



xossalar bo‘yicha navbatdagi ta‘mirlashgacha ishlasa, ob’ekt (mashina, mexanizm, 
uzel) nosoz hisoblanadi. 
Obektning qolgan xossalari (I, II, III) 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 
strukturali parametrning chegaraviy miqdori obektning ekspulatasion xossasini 
shunday pasayishiga mos keladi, bundan so‘ng mashinani ishlatib bo‘lmaydi, va 
yana shu bilan birgalikda, mashinaning bir yoki bir necha elementlari 
(detallari)ning inkor qilinganligi uchun mashina ish qobilyatini to‘xtatadi. 
Mashina yoki elementning texnik holatini baholash va sodir bo‘lishi 
diagnostikalash, natijasi esa diagnostika deb ataladi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlashning tarkibiy qismi diagnostikalash 
hisoblanadi. 
Integral va differensial diagnostika turlari mavjud. Integral diagnostikada 
konkret (aniq) nosozlik sodir bo‘lganda mashinaning umumiy texnik holatini 
aniqlaydi. Bu holda, mashinani bo‘laklab, nosozlik haqida xulosa beradi, unda 
ta‘mirlash va profilaktika ishlarini amalga oshirmasdan, uni ishlatish mumkin. 
Differensial diagnostikada bo‘lak mexanizmlar, uzel va detallarning texnik 
holati aniqlanadi. Buning uchun mashina butkul yoki qisman bo‘laklanadi. 
Texnik holat-bu mashinalar, uzellar va detallar xossalarining yig‘indisi bo‘lib, 
unda o‘rnatilgan parametr bilan ma‘lum vaqtda xarakterlanadi. 
Tarmoq mashinalarining texnik holatini baholash usullari 
Tarmoq mashinalarining texnik holatini diagnostikalash uchun priborli va 
asbobli usullari qo‘llanilib, u diagnostikalash deb ataladi. Hozirgi vaqda elektron 
diognostik priborlardan foydalaniladi.
Priborli baholash. STB to‘quv dastgohining xomuza hosil qilish mexanizmi 
misolida texnik holatini priborli baholashni ko‘rib chiqamiz. Ma‘lumki, kulochok 
va rolik orasidagi tirqish oshganda mexanizm zvenosining tebranish amplitudasi 
oshadi. Bu o‘zgarish amplitudasi ostsillografga yoziladi. 2.2,a - rasmda 0,35mmli 
tirqishida, 2.2,b-rasmda 1mmli tirqishda xomuza hosil qilish mexanizmining 
zvenolarining tezlanish ostsillogrammasi ko‘rsatilgan. Shunday qilib 1mmli 


10 
tirqishda qonun buziladi, bu holda remizlar ko‘tarilish uchastkasida ikki karra 
oshadi, natijada kulochok bo‘yicha harakat davrida roliklar urishi sodir bo‘ladi. 
Shunday qilib, ostsillogramma xarakteri bo‘yicha mashinaning texnik holatini 
baholash mumkin. Bunda tirqishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash qiyinroq. 
A
mp
li
tu
d



2.2-rasm. STB to‘quv dastgohining xomuza hosil qiluvchi mexanizmining
0,35mmli (a) va 1,0 mmli (b) tirqishida zveno tezlanishining ossillogrammasi 
Tarmoq korxonalarida mashina va uning elementlarining texnik holatini 
priborli diagnostikalashning zamonaviy usuli keng tarqalgan. 
Avtomatik diagnostika tizimini ishlash printsipini oddiy ko‘rinishi 2.3-
rasmda ko‘rsatilgan. 


11 
2.3-rasm. Tizimni avtomatik diagnostikalash; 
1-mashina; 2-datchiklar; 3-o‘zgartirgich; 4- kuchaytirgich; 5 – analizator.
Datchiklar 2 diagnostikalanayotgan mashinaga 1 o‘rnatilgan bo‘lib, signalni 
o‘zgartirgich 3 va kuchaytirgichga 4 uzatadi. So‘ngra signallar analizatorga 5 kelib 
tushadi, u yerdan diagnostik xulosa tushish elementga yozilgan hujjat ko‘rinishida 
uzatiladi. Oxirgi vaqtlarda shunday tarmoq mashinalari yaratilayaptiki, ular 
mikroprosessorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u mashinaning unumdorligi va ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
sifatini 
oshiradi. 
Mikroprosessorli 
tizimlarida 
diagnostika elementlari mavjud bo‘lib, u datchiklar taromog‘i orqali mashinaning 
javobgar organlarida nosozliklar to‘g‘risida ma‘lumotni berilishini amalga 
oshiradi. 
Vaqtning o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi tekshirish usullari yuritmani 
o‘chirgandan so‘ng salt yurishda mashinaning to‘la to‘xtatishiga sarflanadigan vaqt 
mashinaning holatini xarakterlaydi. O‘z-o‘zidan to‘xtab qolish vaqti qancha ko‘p 
bo‘lsa, mexanik yo‘qotish shuncha kam, demak energiya sarfi kam, va teskarisi, bu 
vaqt qancha kam bo‘lsa, mexanik yo‘qotishlar shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bu usulning maqsadi quyidagicha: 
Mashinaning salt yurishida ishga tushirib, taxometr bilan o‘rnatilgan 
aylanishlar chastotasi aniqlanadi, undan so‘ng mashinani yuritmadan o‘chiriladi. 
Ma’lumot 
chiqishi 


12 
Sekundomer yordamida mashinani o‘chirilgandan so‘nggi to‘la to‘xtashiga ketgan 
vaqtni o‘lchaydi. Salt yurishdagi yo‘qotiladigan quvvat miqdori quyidagi 
formuladan aniqlanadi: 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish