v
b
g
d
89
Yangi vtulkaning tashqi diametri uni korpusga presslab mos bo‘lishi, ichki
diametri esa keyin zarur o‘lchamgacha razvyortkalash yoki yo‘nib kengaytirishga
yetadigan darajada bo‘lishi kerak.
Vtulka presslar, vintli moslamalar yordamida yoki qo‘lda bolg‘a bilan urib
kiritiladi. Presslab kiritilayotganda vtulka qiyshiq o‘rnatilib qolmasligi va
deformatsiyalanmasligi uchun moslama (14.2,a rasm) yoki yo‘naltiruvchi
halqlardan (14.2, b- rasm) foydalaniladi.
Korpusga presslab kiritilgan vtulka buralib ketmasligi va o‘qda siljimasligi
uchun vintlar yoki shtiftlar (14.2 v, g, d- rasm) yordamidagi qotirib qo‘yiladi,
keyin kerakli o‘lchamgacha yoyiladi yoki yo‘nib kengaytiriladi.
Bir o‘qda joylashgan bir nechta vtulka teshiklarining o‘qdoshligini
ta‘minlash maqsadida bitta yoyishi bilan yoki bir galda o‘rnatiladigan yoyiladigan
asbob to‘plami bilan yoyiladi
a b
v g d
14.2- rasm. Vtulkani korpusga presslab kiritish va stopirlash usullari;
a-presslab kiritilayotganda vtulka qiyshiq o‘rnatilib qolmasligi va
deformatsiyalanmasligi uchun moslama; b-yo‘naltiruvchi halqlardan;
v, g, d -korpusga presslab kiritilgan vtulka buralib ketmasligi va o‘qda
siljimasligi uchun vintlar yoki shtiftlar.
90
Vtulkani korpusga presslab kiritish va stopirlash
Yeyilgan vtulkalar quyidagi usullar bilan ta‘mirlanadi:
1. Vtulka yoyilanadi yoki yo‘nib kengaytiriladi, keyin ta‘mirlash
o‘lchamigacha shaberlanadi.
2. Vtulkaning ichki diametri cho‘ktirish bilan kichiklashtiriladi. Keyin
yeyiladi.
3. Bimetall vtulkalarga quyidagi tartibda qayta babbit quyiladi: vtulka
babbitning suyuqlanish temperaturasigacha qizdiriladi, suyultirilgan mettal
to‘kiladi, vtulka babbit qoldiqlari va kirdan tozalanadi, sirtni moysizlantirish uchun
vtulka kaustik sodaning 70-80
0
S gacha istilgan eritmasiga botiriladi, issiq suvda
yuviladi, ichki sirti POS-30 yoki POS-50 kavshari bilan oqartiladi va shu zahoti
quyiladigan darajagacha isitilgan babbit quyiladi, vtulka ichiga tunuka, truba yoki
yog‘ochdan ishlangan sterjen quyiladi.
Turli markadagi babbitlarning suyuqlanish temperaturasi t suyuq va quyish
temperaturasi t quyida keltirilgan:
B 88
B83
B83
B16
BN
BKA
BK2
t suyuq
320
370
400
400
410
280
440
t quyuq 380-420 440-420 440-460 480-500 480-500 340-380 480-500
4. Sektorni qirqib tashlash va vtulkani siqish yuli bilan vtulkaninig ichki
diametri kichiklashtiriladi, chok payvandlaniladi, tashqi sirti metallanadi yoki
metall suyuqlantirib qoplanadi, unga ishlov beriladi, ichki sirti yo‘nib
kengaytiriladi va tayyorlanadi.
5. Vtulka korpusda bo‘shashib qolganda uning tashqi diametri cho‘ktirish,
metallash va boshqa usullar bilan kattalashtiriladi.
Qismlarga ajraladigan, rostlanadigan sharikli podshipniklar vkladishlari ko‘p
yeyilganda (qolgan rostlash qistirmasining qalinligi 0,5mm dan kam bo‘lganda)
yangisiga almashtiriladi yoki babbit qo‘yib tiklanadi.
91
Nazorat savollari:
1.
Sirpanish podshipniklari qaysi materiallardan tayyorlanadi?
2.
Ishlash jarayonida sirpanish podshipniklarda qanday nuqsonalar uchraydi?
3.
Sirpanish podshipniklarni yeyilish nisbatan qanday tiklash usullari
qo‘llaniladi?
15. TISHLI G‘ILDIRAKLARNI TA‘MIRLASH
Tishli uzatmalarni turlari
Tishli uzatmalar tishli g‘ildiraklarning ilashishi burchakli tezlikning
(momentning) qiymati va yunalishini o‘zgartirgan holda harakat uzatish uchun
mo‘ljallangan. Yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar o‘qlarning o‘zaro joylashuviga
qarab quyidagi uzatmalar bo‘ladi.
Vallarning
o‘qlari parallel joylashgan silindrik tishli uzatmalar.
Uzatmalarning turlari: a) to‘g‘ri tishli uzatma; b) qiya tishli uzatma; v) shevron
uzatma.
Ichki tishlanmali silindrik uzatma.
Shesterna-reykali uzatma.
O‘qlari kesishadigan konussimon uzatma.
O‘qlari kesishadigan gipoid uzatma.
O‘qlari kesishadigan vintli uzatma.
Uzatmalarning aniqligi GOST 1643-81 GOST 1758-81 da belgilangan.
Tishli g‘ildiraklar tayyorlash uchun quyidagi materiallar ishlatiladi: 40…50
markadagi uglerodli sifatli po‘latlar, shuningdek 40X, 45X, 40XN, 30XGT,
40XFA va boshqa markali legirlangan po‘latlar; 45L, 50L, 55L – uglerodlangan
po‘latlar quymalari; SCh30, SCh35 – kulrang cho‘yan; VCh45-2, VCh50-2 –
mustahkamligi yuqori cho‘yan; plastik massalar va hokazo.
92
Tishli g‘ildiriklarni ta‘mirlash
Tishlar yo‘l quyilganidan ortiq yeyilganda g‘ildiraklar yangisiga
almashtiriladi yoki quyidagi usullar bilan ta‘mirlanadi:
Tishlarning faqat bir tomoni yeyilganda tishlar boshqa tomoni bilan ishlashi
uchun silindrik g‘ildirak o‘girib qo‘yiladi. Bunda nosimmetrik g‘ildiraklar
gupchagining bir tomoni qirqib qo‘yiladi, ikkinchi tomoniga vtulka mahkamlab
qo‘yiladi yoki payvanlanadi.
Gardishdagi tishlar qirqib tashlanib, halka tayyorlanadi. Bu halqa
g‘ildirakning qolgan qismiga kiydiriladi va qotirib qo‘yiladi; gardish yo‘niladi va
unda tishlar qirqiladi (15.1, a - rasm).
Tishlarga mis andazalar bo‘yicha gaz yoki elektr yoy yordamida tegishli
chiviqlar suyultirib qoplanadi, keyin mexanik va termik ishlov beriladi (15.1, b -
rasm).
Muhim bo‘lmagan sekin yuradigan uzatmalarda g‘ildirakning tishi singan
qismi turtburchak yoki «qaldirg‘och dumi» shaklida frezalanadi va hosil qilingan
pazga yamoq vintlar bilan yoki payvandlab mahkamlanadi (15.1,v-rasm).
Blok g‘ildiraklarini birinchi almashtirish uchun u kuydirib yumshatiladi
(zarur bo‘lganda) va yo‘niladi, yangi shtiftlar, shponka yordamida yoki payvandlab
qotirib qo‘yiladi.
G‘ildirakning o‘tqazish teshigi yeyilganda, u yo‘nib kengaytirish va
ta‘mirlangan vtulkani urib kiritish yo‘li bilan tiklanadi. Teshikka metall
suyuqlantirib qoplab, keyin yo‘nib kengaytirish ham mumkin.
93
15.1- rasm. Tishli g‘ildiraklarni ta‘mirlash turlari:
a) g‘ildiraklarni halqa yo‘li bilan tiklash; b) g‘ildiraklarni gaz yoki elektr yoy
yordamida tiklash; v) g‘ildiraklarni tishi singan qismini to‘rtburchak yoki
«qaldirg‘och dumi» shaklida mahkamalash.
Shponka pazi va shlisalarni ta‘mirlash
Shponka pazi yoki shlisalarni ta‘mirlash usullari 15.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
G‘ildirak tishlarning yonlari ezilganda uning yoni yo‘niladi yoki jilvirlanadi.
Katta g‘ildirak tugunidagi darzlar yoy payvandlab yo‘qotiladi, yoki tugunga
ikki tomonidan ustquymalar quyib, vintlar bilan tortib qo‘yiladi. Gupchakda kalta
darz paydo bo‘lganda bandaj g‘ildirakli presslab kiritish uchun u yo‘niladi.
Chervyakli uzatmalarni ta‘mirlash
Chervyakli uzatmalar burchakli tezlikni (momentni) o‘zgartirgan holda
ikkita kesuvchi (odatda 90
0
burchak ostida) o‘qlar orasida harakat uzatish uchun
xizmat qiladi. Uzatmaning tutashuvchi elementlari chervyak va chervyakli
g‘ildirakdir (15.2 rasm). Uzatmaning uzatish soni odatda i = 7÷100 (ko‘pincha
10÷80 bo‘ladi). Uzatadigan quvvati 60 kVt gacha.
Chervyak val bilan yaxlit qilib yoki o‘tkazma qilib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |