Rasmiy tashkilotlar, ular aniq quyilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga biznesning barcha tashkilotlari, davlat va halkaro institutlar va idoralar kiradi. Ushbu o'rganishning predmeti asosan rasmiy xo'jalik tashkilotlari-yuridik shaxslardan iboratdir;
Norasmiy tashkilotlar, ular aniq ma'lum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar; ularga oila, do'stlik, odamlar o'rtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi.
Iqtisodiy faoliyatning turlari bo'yicha. 5.1. - jadvalda O'zbekiston korxonalari va tashkilotlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi berilgan.
Mulkchilik shakllari bo'yicha tashkilotlar odatda xususiy, davlat, oilaviy va h.k. bo'linadilar. 5.1. - jadvalda O'zbekiston korxonalari va tashkilotlarini mulkchilik shakllari bo'yicha taqsimlanishi berilgan.
jadval
O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki maxsulotining mulkchilik shakllari bo'yicha tarkibiy o'zgarishi* (foizda)
|
1995 y
|
2000 y
|
2005 y
|
2010 y
|
Davlat sektori
|
41,6
|
27,4
|
23,6
|
18,3
|
Nodavlat sektor
|
58,4
|
72,6
|
76,4
|
81,7
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
* Almanax O'zbekiston 2011, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Toshkent 27-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |