Ma’ruza mashg’ulotlari
64
jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga
taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini
maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish
tizimi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar
yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning
quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi:
bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik
va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi
muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash;
asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir
faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik, chidamlilik,
chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi;
hayotiy muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus
harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir
tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlarni
tarbiyalash. Sog‘lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda o‘z-o‘zini
jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanish va bolalarning jismoniy mashg‘ulotlarga faol munosabati
natijasida yuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy
bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida, jismoniy
madaniyat
va
sportning
salomatlikni
mustahkamlashdagi
ahamiyati
aniq
tasavvurlarga ega bo‘lishi zarur.
B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
rivojlantiruvchi - bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘
zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’ minlash;
tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarkibiy topishiga erishish.
Boshqacha aytganda, «Sog‘lom tanda - sog‘ aql»;
ta’limiy - bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish,
uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish;
sog‘lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, ularning
baquvvat va tetiklashuviga ko‘maklashish;
umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish.
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning
Do'stlaringiz bilan baham: |