Ma’ruza mashg’ulotlari
72
Hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat»,
«Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O‘yla, izla, top!» kabi o‘yinlar ham mazmun,
ham mohiyati, ham metodik jihatdan o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va
vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-
odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy
jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi.
Bunday tarbiya o‘quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, o‘zini real
voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch,
axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror
qabul qilishga yo‘llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik
sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat qilish,
ishontirish, o‘z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo‘ladi.
Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, fikr yuritish
mahorati shakllanadi. O‘z ishiga ma’suliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini
rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko‘ngilochar, tashxisli,
ishchan va harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari
– ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy), rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni
yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik
g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.
12.4. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
Oilada axloqiy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy
axloqsizlik, odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko‘ngli
qoralik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik,
yolg‘onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga
izzat ko‘rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini
olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ota-onalar yoki
shaxs kamoloti uchun ma’sul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni
har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ota-onalar o‘zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga,
uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish,
ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabatlarni
uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og‘ishmay
rioya etish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, o‘z shaxsiy hayotlari mazmunini
belgilashda maqsad, so‘z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama
Do'stlaringiz bilan baham: |