Ma’ruza mashg’ulotlari
65
vazifalari V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan
birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: 1)
tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda axloqiy
sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil
bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar,
gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar.
Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog‘liqni mustahkamlash,
bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini
o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish»
atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni
mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy
sharoitlarning o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
tadbirlar tizimi tushuniladi.
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigienik
shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish
zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigienasidir.
Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining
normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq
davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy
vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining buzilganidan
dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg‘aluvchan bolalar aksariyat yomon uxlashadi.
Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi
kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan
bo‘lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, elastik va
badanni bevzovta qilmaydigan bo‘lishi lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat)
osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning
organizmida ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil
qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik malakalarni, stol
atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng
muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash
muhim ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat
hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |