Amaliy va seminar mashg’ulotlari
225
- San’at yo’nalishidagi to’garaklar.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni yaxshi yo`lga qo`yishda maktab jamoasi
va o`qituvchilarining vazifalari. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni
ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita
bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy
mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va
«Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har
tomonlama foydalanish kerak.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni
o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni
o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. Maktabning yangi
vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada
bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi
ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har
tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning
muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining
oliy burchidir.
Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu
ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.
Sinfdan tashqari ishlarning metodlari va vositalari tarbiya metodlari hamda
vositalaridan iboratdir. Ularni tanlash sinfdan tashqari ishning mazmuni, shakli bilan
belgilanadi. Masalan, pedagog bolalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, ong-bilim
doirasini kengaytirishga qaratilgan va „Inson va fazo“ deb nom-langan sinf
mashg‘ulotini tanladi deylik Shunda u quyidagi metod-lardan foydalanishi
mumkin: bolalar bilan suhbat (ularning qiziqishlari, mazkur masala yuzasidan
xabardorligini aniqlash maqsadida); bolalarga axborot tayyorlash bo‘yicha topshiriq
(o‘ziga xos hikoya metodi); o‘yin metodi turli variantlarda qo‘llaniladi (sujetli
rollarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin elementlari - bunda maxsus o‘yin anjomlari
yordamida bolalardan biri „kosmos“ga yuboriladi va undan ko‘rayotganlarini
tavsiflash so‘raladi); „parvoz rejasi“ni tuzish - bunda bolalar kosmonavtlar
bajaradigan ish turlarini aytib o‘tadilar; uzoq sayyoralarda qoldirilgan sirli xatlarni
rasshifrovka qilish va hokazo.
Tarbiyaning maqsadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda,
uning aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga
ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya
muhim va yetakchi o’rinda turar ekan. Haqli savol tug’iladi: tarbiyaning maqsadi
nima? Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?
Tarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to’g’ri javob topishga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |