Amaliy va seminar mashg’ulotlari
224
o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga
tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini
belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi
ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalar
jamoasi yordamiga suyangan holda olib boriladi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shaklsi quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy
tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
To`garak ishlari. To`garak ishlarini tashkil qilish sinfdan tashqi ishlarning eng ko`p
tarqalgan shakllaridan biridir. To`garak – sinfdan tashqi havaskorlik ishlarining biror
turiga umumiy maqsad va intilish bilan birlashgan o`quvchilar gruppasidir.
To`garak, odatda, bir sinf yoki parallel sinflarning yoki bo`lmasa aralash sinflarning
10 tadan 20 tagacha bo`lgan o`quvchilarini o`z ichiga oladi. To`garak sostaviga
haddan tashqari ko`p o`quvchilarni jalb qilishga intilish ma`qul emas, chunki bu
to`garak ishini qiyinlashtiradi. To`garakka yozilish ixtiyoriy ravishda olib boriladi.
To`garakka birinchi majlisda to`garak a`zolaridan saylab ko`rsatilgan to`garak
boshlig`i boshchilik qiladi. Agar to`garak a`zolari ko`p bo`lsa, bunday hollarda,
odatda, uch o`quvchidan iborat to`garak burosi saylanadi. To`garakka maxsus
tayinlangan pedagog rahbarlik qiladi. To`garaklar o`z ishlarini to`garak a`zolari bilan
birgalikda ishlab chiqilgan reja asosida olib boradilar.
Har bir to`garak o`zining taxminiy ish rejasiga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu
rejada to`garakning o`z oldiga qo`ygan vazifalari ko`rsatilgan bo`ladi. Ushbu reja
asosida to`garakning konkretlashtirilgan kalendar rejasi tuziladi. To`garakning
faoliyati va ish sharoitiga qarab uning reja va ish rejasi o`zgartirilishi mumkin.
To`garaklarning mashg`ulotlari o`qishdan tashqi vaqtda, muntazam ravishda
o`tkazilishi lozim. Har bir to`garakning qilgan ishi albatta to`garakning
kundalik jurnaliga to`garak boshlig`i yoki uning bironta a`zosi tomonidan yozib
borilishi kerak.
O`quvchilar to`garaklari xilma-xil bo`lishi mumkin.
Fan to`garaklarining vazifasi to`garak a`zolarining ushbu fanga bo`lgan
qiziqishlariga tayanib o`quvchilarning bilimi va ongini har tomonlama Kengaytirish
va
72chuqurlashtirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, ularni mustaqil
ishlashga o`rgatib borish, ularda amaliy ko`nikma va malakalarni hosil qildirishdan
iboratdir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi; -
Fan to’garaklari;
- Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar; - Sport to’garaklari;
Do'stlaringiz bilan baham: |