Amaliy va seminar mashg’ulotlari
217
qiladi. U о‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok
etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali
о‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat
о‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning
tengdoshlari va о‘zini о‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola о‘z xulqi, xatti-
harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki
umumiy ishning faol qatnashchisi bо‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yо‘lga qо‘yish
uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va
hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-
qarshiliklardan iborat. Tarbiyada о‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham
hisobga olish kerak bо‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga
keladi. Faoliyat jarayonida hosil bо‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya
qilishni yengillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri –
о‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (о‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar,
о‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks
holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs
ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bо‘lib qolishi
mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi.
Tarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak.
Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning
mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. U Markaziy Osiyo
faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy
manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining
o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun
tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish
jarayonidir».
Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz?
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan
qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va
tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi.
Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni –o’qituvchi-o’quvchi faoliyatini o’z
ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ingi shakllana boradi, his tuyg’ulari va
turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy estetik xislatlari
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-
Do'stlaringiz bilan baham: |