Amaliy va seminar mashg’ulotlari
223
tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil
etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan
iboratdir.
Bu ishlarni olib boorish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi
Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish
masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi
ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat
organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-
estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga
bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar
sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar,
sog’lomlshtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning ahamiyati va asosiy vazifalari.
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-
tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan
o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda
o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun
ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan
bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish
mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar
bo`yicha
71darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda
hal qilish mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga
eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish,
bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni
ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy
tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra
o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish,
o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish
ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan
bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning printsiplari, tashkiliy shakllari va usullari.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson
tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning
tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi. Bundan tashqari