Ma’ruza mashg’ulotlari
210
mavzulari
bo'yicha metodik tizimni yaratadi, o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan
bilim, ko'nikma, malakalar mazmunini ishlab chiqadi. Yaratilgan metodik tizim va
ma'lumotlar mazmuni yordamida o'quvchi tasavvur qilishi
lozimlilarning o'quv-
biluv faoliyatini tashkil etadi va o'quv mashg'ulotlari uchun bilish faoliyatining
tashkiliy shakllari (nazariy dars, amaliy mashg'ulot)ni maqsadga mos tanlaydi va uni
echishga yo'llaydi.
O'qitish yoxud o'rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar faoliyatlarini boshqar
ish, ya'ni o'quvchilarning o'quv ishlarini uyushtirish, ularning bilish jarayonlariga
rahbarlik qilish, nazorat
uyushtirish,
ma'naviy
axloqiy
sifatlarini
tarkib
toptirishni nazarda tutadi.
O'qitish jarayonining bu ikki elementi bir maqsad: ta'limning xilma-xil
vositalari va
metodlaridan foydalanib, o'quv
tarbiya ishlarini takomillashtirish,
ijtimoiy buyurtmani hal etishga qaratilgan. Shunga ko'ra bu jarayonda shaxsning
qobiliyatlari, fazilatlari, ma'naviy axloqiy sifatlari, bilish qobiliyatlari rivojlanadi,
bo'lajak kasb egalarida tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik,
ishbilarmonlik
rivojlanadi va o'quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi.
Mazkur jarayonning samarali bo'lishi, ijtimoiy buyurtmaning aniq hal
bo'lishi va ko'zlangan maqsadga erishish uchun, o'qitish jarayonini loyihalash, y
a'ni ta'lim jarayoniga
pedagogik
texnologiyani
tadbiq
etish
talab
qilinadi. Zero, “Pedagogik texnologiya metodining o'ziga xos xususiyati shundaki,
unda ta'limning rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o'quv bilish
jarayoni loyihalashtiriladi.
Xo'sh loyiha nima? O'quv loyihasi, o'qitish jarayonini loyihalashtirish deg
anda nima nazarda tutiladi ?
Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob
kitob,
chizmalar
shaklida
aks
ettirilgan
g'oya,
ma'lumotning
mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga
oshirishning
aniq
yo'llarini belgilab
beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir.
O'quv loyihasi – ahamiyatga
molik
nazariy
yoki
amaliy
muammolarni ta'lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik,
izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir.
O'qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi, mazmuni o'quv maqsadlari o'qi
sh, o'qitish, o'zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.
Demak, o'qitish
jarayonini
loyihalash
uchun
ijtimoiy
buyurtma
sifatida ta'limning umumiy maqsadlari asosida, o'quv maqsadlarini, buning uchun
o'qish va o'qitishni, o'zlashtirishni
rejalashtirgan
holda,
o'qish
natijalarini
kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Shunday qilib, pedagogic texnologiyada
o'quv mazmuni asosida o'zlashtirish natijalarini kafolatlash
Do'stlaringiz bilan baham: |