Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi O‘quv jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda. Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys-stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. Keys-stadi texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi, bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi. Keys-stadi texnologiyasi asosini ta’lim jarayoniga joriy etishda, o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi. Bo'lg'usi kasbiy faoliyat bilan bog’liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligini ta’minlaydi. O‘quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg’ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil o‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlari bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalariga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlashlari davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar. Mazkur bitiruv malakaviy ishidan kelib chiqqan holda keys-stadi texnologiyasining afzalliklari va imkoniyatlarini ilmiy pedagogik jihatdan o’rganilib, tahlil qilindi. - Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fiklarash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishlarni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi O‘quv jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak har bir dars jarayoni o‘z navbatida ma’lum bir texnologiyalarga asoslangan holda o‘tkazilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘qituvchi va talaba faolliyatini yanada jadallashtirmoqda va mustaqil faoliyatga undamoqda. Aynan bu jarayonlarni amalga oshirishda amaliy vaziyatlarni hal qilishda keys-stadi texnologiyasi ham muhim ahamiyatga egadir. Keys-stadi texnologiyasi muammoli vaziyatlarning yechimini topishga asoslangan texnologiya hisoblanadi. Keys-stadi texnologiyasi asosan amaliy darslarni o‘qitishda qo‘lanilib boriladi va talabalarni shaxsiy va kasbiy faoliyatda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oldindan tayyorlaydi, bilim, ko‘nima, malakalar hosil qilishga o‘rgatadi. Keys-stadi texnologiyasi asosini ta’lim jarayoniga joriy etishda, o‘quvchilarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi. Bo'lg'usi kasbiy faoliyat bilan bog’liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligini ta’minlaydi. O‘quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg’ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil o‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlari bilan taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalariga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlashlari davomida qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar. Mazkur bitiruv malakaviy ishidan kelib chiqqan holda keys-stadi texnologiyasining afzalliklari va imkoniyatlarini ilmiy pedagogik jihatdan o’rganilib, tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |