264
modda bo’yicha mansabdor shaxs o’zi bajarishi lozim bo’lgan xizmat vazifalariga
kirmaydigan harakatlarni qasddan amalga oshiradi. Ushbu jinoyatda ham
fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga ko’p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon
yetkazilishi majburiy shart sanaladi.
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda)
avvalgi har ikki
jinoyatdan farq qilib, ehtiyotsizlikdan sodir etiladi. Mansabga sovuqqonlik bilan
qarash o’z xizmat vazifasini bajarmaslik yoki lozim
darajada bajarmaslikda
ifodalanadi. Mazkur jinoyatda ham ko’p miqdordagi zarar yoki jiddiy ziyon jinoiy
oqibat sanaladi hamda majburiy shart sanaladi.
Mansabga sovuqqonlik bilan qarash natijasida giyovandlik vositalari yoki
psixotrop moddalarni mamlakatimizga chegaralar orqali qonunga xilof ravishda
olib o’tilishi jazoning og’irlashuviga olib keladi.
Hokimiyat harakatsizligi mansabga sovuqqonlik
bilan qarash jinoyatiga
o’xshab ketadi. Ularning farqli jihati shundaki, mansabga sovuqqonlik bilan qarash
ehtiyotsizlik tufayli sodir etilsa, hokimiyat harakatsizligi mansabdor shaxsning o’z
xizmat vazifasini qasddan bajarmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Mansab soxtakorligi jinoyatini mansabdorlik jinoyatlarining boshqa
turlaridan ajratib turadigan xususiyati rasmiy xujjatlarga soxta ma’lumotlar
kiritilishi, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish hamda
taqdim etishda namoyon bo’ladi. Mazkur jinoyat ko’p
miqdorda zarar kelib
chiqishini zaruriy shart sifatida belgilamaydi. Jinoyat g’arazgo’ylik yoki boshqa
past niyatlarda amalga oshiriladi.
Mansabdorlik jinoyatlari ichida jamiyatda yeng ko’p uchraydiganlaridan biri
pora olish (210-modda) jinoyati bo’lib, ushbu qilmish ijtimoiy-iqtisodiy tizimga,
bozor
munosabatlariga,
fuqarolik
jamiyatining
rivojlanish
an’analariga,
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga jiddiy zarar yetkazadi.
Pora olish tufayli jamiyatda korruptsiya avj oladi. Islohotlarning boshi berk
ko’chaga kirib qoladi. Sog’lom ijtimoiy muhitni izdan chiqaradi. Poraning
predmeti pul, qimmatbaho taqinchoqlar, spirtli ichimliklar, moddiy qimmatga ega
ashyolar, turistik yoki sanatoriyga yo’llanma shaklidagi moddiy naf ko’rish
265
imkonini beruvchi boshqa shakldagi imkoniyatlardan iborat bo’lishi mumkin.
Porani aybdorning o’zi yoki vositachi orqali olinishining ahamiyati yo’q. Muayyan
g’arazli maqsadlarda sodir etilishi motivlari jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda
ahamiyatga ega bo’lmaydi. Pora olish jinoyatining mohiyatini quyidagi sxema
orqali osonroq anglab olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: