Topshiriq
Mansabdor shaxsning poraxo’rligini bilib bir ishni bitirib berish uchun kattagina
pul taklif qilishdi. Mansabdor rozi bo’lib, pulni olib kelishni buyurdi. DXX
xodimlari tomonidan ishlov berilgan pulni mansabdor pulni sumkaga solishni
imo qilib ko’rsatdi. Pul sumkaga solingach, pulni olib kelgan shaxsni joyida
o’tirib turishni aytdi va sumka bilan chiqib ketdi. Pulni olib kirgan shaxs yarim
soatlarcha kutib turdi va mansabdor qaytib kelmagach, tashqariga chiqib, DXX
xodimlariga
voqeani
aytdi.
DXX
xodimlari
idoraga
bostirib
kirishdi.
Mansabdorni topishdi, lekin uning qo’llarida bo’yoq izlari ham, butun idorada
pul ham yo’q edi.
- Holatga huquqiy baho bering.
255
zarar yetkazilishiga sabab bo’lsa, aybdor JKning 185-moddasi bo’yicha
javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat kodeksiga elektr, issiqlik, gaz, vodoprovoddan foydalanish
qoidalarini buzish (185
2
-modda) bilan bog’liq jinoyat so’nggi vaqtlarda kiritilgan
o’zgartish bo’lib, mazkur holat avval ma’muriy jazo qo’llanilganidan so’ng kelib
chiqadi. Issiqlik, elektr, gaz, vodoprovod tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan
ulanish, shuningdek hisoblagichlar, plombalarga qasddan shikast yetkazish hamda
ko’rsatkichlarni o’zgartirish mazkur jinoyatning ob’ektiv tomonini tashkil etadi.
Shaxsning birinchi marta jinoyat sodir etgan bo’lsa, jinoyat aniqlangandan
boshlab 30 kun ichida zararni qoplanishi javobgarlikdan ozod qilinishiga asos
bo’ladi.
Xo’jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarga xavfsizlik talablariga javob
bermaydigan tovarlar, etil spirti, alkogol va tamaki bilan bog’liq bo’lgan, chigit,
sifatsiz dori, noqonuniy tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko’rsatish, faoliyat bilan
litsenziyasiz shug’ullanish, raqobatchini obro’sizlantirish kabi jinoyatlardan iborat.
Aholining salomatligi davlat va jamiyat uchun hech qachon o’z ahamiyatini
yo’qotmaydi. Ba’zi insofsiz tadbirkorlarning inson salamatligiga zarar yetkazishi
mumkin bo’lgan xatti-harakatlarini cheklash maqsadida etil spirti, alkogol va
tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish
og’ir oqibatlar keltirib chiqarmasa, ma’muriy javobgarlikka tortilish uchun asos
bo’ladi. Kodeksda belgilangan og’irlashtiruvchi alomatlar mavjudligi to’g’ridan-
to’g’ri jinoiy javobgarlikka olib keladi. Sifatsiz yoki qalbaki dori vositalari bilan
qonunga xilof muomalada bo’lish ham ana shunday asoslarda javobgarlikka sabab
bo’ladi.
Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, savdo yoki xizmat
ko’rsatish qoidalarini buzish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanish jinoyatlari
jamiyat uchun ijtimoiy xavfi o’ta yuqori bo’lmaganligi bois, yengillashtiruvchi
holatlarga ega bo’lib, zararning 30 kunda qoplanishi, birinchi marta jinoyat sodir
etilishi aybdorni javobgarlikdan ozod qiladi. Boshqa hollarda aybdorga ozodlikni
256
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo tayinlash
imkonini beradi.
JKning XIII
1
bobidan o’rin olgan tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli boshqa
jinoyatlar xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik faoliyatiga aloqador
jinoyatlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |