13-rasm. Ijro muddati o’tib ketganligi uchun jazodan ozod qilish
Yuqorida ko’rsatilgan muddatlarda hukm ijro etilmagan bo’lsa, asosiy va
qo’shimcha jazolar mahkumga nisbatan qo’llanilmaydi. Bunda ikki omil,
birinchidan, aybdorning jazoni o’tashdan bo’yin tovlamasligi va ikkinchidan,
belgilangan muddat ichida yangi jinoyat sodir etilmasligi zarur.
Ushbu muddatlar tugamasdan turib, shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir
etishi muddatlar o’tishini avtomatik ravishda uzib qo’yadi. Yangi jinoyat sodir
etilgan paytdan boshlab, muddatlarni o’tishini hisoblash yangidan boshlanadi.
Bo’yin tovlash tushunchasi sud tayinlagan jazoni ijro etishdan qochishga
qasddan
harakat
qilishni
anglatadi.
Bo’yin tovlash jinoyat tarkibi
hisoblanmaydigan xatti-harakatda namoyon bo’ladi. Xususan, qamoqdan yoki
qo’riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish (222-modda) jinoyati jazoni ijro
etishdan shaxsning bo’yin tovlashi harakati deb topilmaydi.
•
3 yil
3 yil
dan ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq
bo’lmagan jazoga hukm qilinganda
•
5 yil
5 yil
dan ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilinganda
10 yil
dan ortiq bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilinganda
•
15 yil
10 yil
dan ortiq bo’lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilinganda
10 yil
98
Jazoni ijro etishdan shaxsning bo’yin tovlashi harakati ongli ravishda amalga
oshirilishi asosida yuzaga keladi. Bunda yashash, ish joyini o’zgartirish, boshqa
tuman yoki viloyatlarga ketish, hujjatlarini o’zgartirish kabi harakatlar amalga
oshiriladi. Bunda hukmda belgilangan jazodan qutulishga intilish asosiy maqsad
hisoblanadi. Sud jazoni o’tashdan bo’yin tovlash harakatini aniqlashda
mahkumning har bir harakatni sinchiklab o’rganishi zarur bo’ladi. Mahkumning
xatti-harakatlarida ob’ektiv sabablar mavjud bo’lsa, uning xatti-harakatini jazoni
ijro etishdan shaxsning bo’yin tovlashi deb topib bo’lmaydi.
Mahkumning jazoni o’tashdan bo’yin tovlashi jazoni ijro etish muddatini
ko’paytiradi va muddatning o’tishini boshlanishi bo’yin tovlangan kundan
boshlanadi, ammo bu muddat
25 yil
dan ortib ketishi kerak emas.
25 yillik muddat juda uzoq muddat hisoblanib, buncha vaqtning o’tishi va
oraliqda mahkumning yangi jinoyat sodir etmaganligi mahkumni tuzalish yo’liga
o’tganligini anglatadi. Shuningdek, uning jinoyati tufayli kelib chiqqan oqibatlar
o’zining xavflilik xususiyatlarini yo’qotadi. Vaqt odamlarning qalbiga yetkazilgan
jarohatlarni davolaydi. Insonga xos bo’lgan g’azab va adovat kabi tuyg’ular davr
o’tishi bilan pasayib boradi. Shuni inobatga olib, agar jazo tayinlangan kundan 25
yil o’tgan bo’lsa, jazoning ijro etilishiga yo’l qo’yilmasligi Jinoyat kodeksida
belgilangan.
Jazoni ijro muddati o’tib ketganligi uchun mahkumni jazodan ozod qilish
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan bog’liq bo’lsa, bu masalani sud hal
qiladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish qasddan odam o’ldirishning
og’irlashtiruvchi holatlari (97-modda ikkinchi qismi) va terrorizm (155-modda)
uchun qo’llaniladi. Bunda jazoni ijro muddati o’tib ketganligi uchun jazodan ozod
qilish qoidasi qo’llanilmaydi. Kodeksda sudga umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazosi o’rniga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo’llash vakolatini beradi. Bunda
shaxsning jinoyatdan so’ng xulq-atvorining o’zgarishi, jamiyatga xavf solish-
solmasligi, yangi jinoyat sodir etmaganligi kabi omillarga e’tibor qaratiladi.
Jazoni ijro muddati o’tib ketganligi uchun mahkumni jazodan ozod qilish
qoidalari JKning 150-157-moddalari, 158-modda birinchi qismi, 159-modda
99
uchinchi va to’rtinchi qismlari, 160, 161 va 244
2
–moddasidan o’rin olgan
jinoyatni sodir etgan shaxslar uchun qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |